Toshkent davlat yuridik universiteti
-§. Renta shartnomasi shakli va mazmuni
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
2-§. Renta shartnomasi shakli va mazmuni
Renta shartnomasi shakliga nisbatan qonunchilikda muayyan talablar belgilangan. FKning 513–moddasiga ko`ra, begonalashtirilayotgan mol-mulk turidan qat’iy nazar u notarial tasdiqlanishi lozim. Ya’ni, mazkur shartnoma yozma shaklda tuziladi va taraflar uni imzolaydilar hamda notarial tartibda shartnoma tasdiqlanadi. Agar renta to`lash sharti bilan ko`chmas mulk begonalashtirilsa, mazkur shartnoma notarial tartibda tasdiqlanish bilan birga davlat ro`yxatidan ham o`tkazilishi talab qilinadi. Ushbu tartib ko`chmas mulklarni davlat ro`yxatidan o`tkazishga doir umumiy qoidalarga mos keladi. Renta to`lash sharti bilan yer uchastkasi yoki boshqa ko`chmas mulk berilganida, renta oluvchi renta to`lovchi o`z majburiyatlarini bajarishini ta’minlash maqsadida bu mulkka garov huquqini oladi. Bu holda renta shartnomasi bo`yicha renta to`lovchi tomonidan renta oluvchiga renta to`lovini vaqti-vaqti bilan to`lash majburiyati ko`rsatilgan bo`lsa, renta to`lovchi tomonidan majburiyati to`liq bajarilgunga qadar notarius ushbu ko`chmas mulkka taqiq qo`yadi. Renta shartnomasi shakliga doir yuqoridagi talablarga rioya qilmaslik uning 91 haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi. Bunday shartnoma o`z o`zidan haqiqiy sanalmaydi. Renta to`lovchi olgan ko`chmas mulkni tasarruf etish huquqiga ega. Renta to`lovchi mol-mulkni boshqa shaxsga bergan taqdirda renta shartnomasi bo`yicha shartnoma tuzish orqali uning majburiyatlari mol-mulkni oluvchiga o`tadi. Bunda mol-mulkni oluvchilar bir nechta bo`lishi mumkin va bu holat FKning 522– moddasida nazarda tutilgan ya’ni, renta to`lash sharti bilan topshirilgan ko`chmas mulk umumiy mulkka aylanishi yoki bir necha shaxs o`rtasida taqsimlanishi mumkin. Tabiiyki, bunday holda renta to`lovchi oldindan ko`chmas mulk obyektini oluvchi shaxsni renta to`lash majburiyati bilan mol-mulk olinganligi haqida xabardor qilishi lozim. Ta’kidlash lozimki, renta to`lovlarini to`lash majburiyati mol-mulk unda bo`lish-bo`lmasligidan yoki uni sotganligidan qat’iy nazar renta to`lovchi zimmasida qoladi. Masalan, amaliyotda shunday holat bo`lishi mumkin. Jamoat birlashmasi a’zolari ko`pchiligi keksaligi, nogironligi sababli dala hovlidan foydalanish va unga qarash imkoniyati yo`qligi sababli masalan, baynalminal jangchi jamoat birlashmasi renta asosida o`ziga qarashli oromgohni mas’uliyati cheklangan jamiyatiga topshiradi. Renta to`lovini o`rniga FKning 519–moddasi ikkinchi qismiga ko`ra, jamoat birlashmasi a’zolariga xizmat ko`rsatish orqali to`lov amalga oshirilishi belgilab qo`yilishi mumkin. Qonun renta to`lash sharti bilan berilgan mol-mulkni boshqa shaxsga berishda renta oluvchining roziligini talab qilmaydi. Biroq, shaxs renta to`lash sharti bilan berilgan mol-mulkni boshqa shaxsga mulk qilib bergan taqdirda, u renta oluvchining renta shartnomasi buzilgani tufayli kelib chiqqan talablari bo`yicha boshqa shaxs bilan subsidiar javobgar bo`ladi. Shu bilan birga ushbu norma dispozitiv norma bo`lib, subsidar javobgarlik agar qonun yoki shartnoma bo`yicha solidar javobgarlik nazarda tutilmagan hollarda qo`llaniladi (FK 252– moddasi). Renta shartnomasida renta to`lashni ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Renta to`lashni ta’minlashning turli mexanizmlari nazarda tutilgan bo`lib, renta to`lash sharti bilan topshirilgan mol-mulkning ko`char yoki ko`chmas mulkligiga qarab belgilanadi. Agar renta to`lash sharti bilan ko`chmas mulk topshirilgan bo`lsa, renta oluvchi bergan mol-mulkka nisbatan garov huquqini oladi. Ushbu holatda garov qonun asosida renta tuzish fakti tufayli vujudga keladi. Shunga qaramasdan, qonunda belgilangan tartibda ko`chmas mulk garovi shartnomasi – ipoteka shartnomasi (FK 271–moddasi) tuzilishi lozim. Renta to`lovchi tomonidan renta to`lash bilan bog’liq majburiyatlar bajarilmagan taqdirda renta oluvchi o`z talablarini garovga olingan mulk qiymatidan boshqa kreditorlariga qaraganda imtiyozli suratda qanoatlantirishi mumkin. Agar renta to`lash sharti bilan ko`char mulk berilgan hollarda, renta shartnomasining muhim sharti sifatida renta to`lanishini ta’minlashning muayyan usullari bevosita renta shartnomasida ko`rsatib o`tilishi lozim. Aks holda renta 92 shartnomasi tuzilmagan hisoblanadi. Bunda renta to`lash majburiyatini bajarilishini ta’minlash usullari bo`lib, FKning 516–moddasi ikkinchi qismi talablariga ko`ra garov yoxud renta shartnomasi taraflari renta to`lanishini ta’minlash maqsadida shartnomada renta to`lovchining renta oluvchi foydasiga majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik xavf–xatarini sug’urtalashni nazarda tutishlari mumkin. Bunda majburiy sug’urta nazarda tutiladi. Renta to`lovchining renta to`lash bilan bog’liq majburiyatlarni bajarmasligi uning uchun noqulay oqibatlarni keltirib chiqaradi. Renta oluvchi bir tomonlama renta shartnomasini bekor qilish va sud tartibida renta shartnomasini bekor qilish bilan bog’liq zararlarni qoplanishini talab qilish qilishi mumkin. FKning 517–moddasida renta to`lashni kechiktirganlik uchun renta to`lovchi renta oluvchiga foizlarni to`lash nazarda tutilgan. Bunda renta to`lovlari qanday shaklda to`lanishi (pul berish, ashyo topshirish, xizmat ko`rsatish va h.k.)dan qat’iy nazar to`lovni kechiktirish renta to`lovchining har qanday holatda ham pul majburiyatini bajarmaslikka oid javobgarligi bilan bog’liq. Agar renta shartnomasida to`lashni kechiktirganlik uchun foizlar to`lashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo`lmasa, FK 327–moddasida nazarda tutilgan foizlar to`lanadi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling