Toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

 
Nazorat uchun savolllar: 
1. Ko`chmas mulkni sotish shartnomasi tushunchasi va huquqiy belgilarini 
guruhda 1963 yilgi Grajdanlik kodeksi bilan qiyosiy tahlil qiling. 
2. Kichik guruhlarda mustaqil ravishda ko`chmas mulkni sotish 
shartnomasini tuzing va o`zaro muhokama qiling? 


72 
3. 2010 yilda Anvar ismli shaxs otasi Karimov Erkinga tegishli bo`lgan 
Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan uy-joyni ishonchnoma asosida 
Ishmatov Tursun ismli shaxsga sotgan.
Oradan 2 yil o`tgach, 2012 yilda E.Karimovning qizi S.Karimova fuqarolik 
ishlari bo`yicha Zangiota tumanlararo sudiga akasi A.Karimov va T.Ishmatov 
o`rtasida tuzilgan “oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topish to`g’risida” 
da’vo ariza bilan murojaat etgan.
S.Karimova o`z da’vo arizasida voyaga etganligiga hamda doimiy ro`yxatda 
nizoli uyda turishiga qaramasdan, akasi A.Karimov uning roziligini olmasdan uy-
joyni sotganligini qayd etib, oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topishni 
so`ragan.
Javobgar A.Karimov esa o`z navbatida, sudga e’tiroznoma taqdim qilib, 
da’vogarning da’vo talablari asossiz ekanini, da’vogar nizoli uy-joy sotilmasdan 
ilgari 2009 yildayoq turmushga chiqib, turmush o`rtog’ining uyida yashashini, 
uning nizoli uy-joydan foydalanish huquqi allaqachon tugaganini bildirib, da’vo 
talablarini qanoatlantirishdan rad etishni so`ragan.
Mazkur holatda da’vogarning da’vo talablari asoslimi? Javobgarning 
e’tiroznomasidagi keltirilgan holatlar-chi? Keltirilgan muammoviy holatga 
huquqiy jihatdan baho bering? 


73 
8-§. KORXONANI SOTISH SHARTNOMASI 
 
Ko`chmas mulkni sotish shartnomasining alohida turlaridan biri – korxonani 
sotish shartnomasidir. Korxonani sotish shartnomasi predmetining o`ziga xosligi 
bilan ko`chmas mulkni sotish shartnomasining boshqa turlaridan farq qiladi va shu 
munosabat bilan FKda alohida shartnoma sifatida belgilangan. 
Ayrim huquqshunos olimlar (I.V.Eliseev, A.U.To`raev) ning fikricha
fuqarolik huquqi obyekti sifatida korxona o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lgan 
alohida mol-mulk turi hisoblanadi. Birinchidan, korxona tadbirkorlik faoliyatini 
olib borishga xizmat qiluvchi mulk; ikkinchidan, korxona xususiy yoki jamoa 
tadbirkorligining tashkiliy-huquqiy shakli, uning moddiy negizi bo`lib hisoblanadi; 
uchinchidan, korxona iste’mol qilinmaydigan murakkab ashyo, turli xil predmetlar 
jamlamasi bo`libgina hisoblanmasdan, yagona mulkiy kompleks hamdir va 
nihoyat, to`rtinchidan, korxona ko`chmas mulkdir
14

Ushbu fikrlarga qo`shimcha qilib, korxona xususiy alomatlari bilan 
belgilanadigan murakkab ashyo hisoblanishini ham aytib o`tish lozim. 
Korxonaning obyekt sifatidagi bu xususiyati uni muqobiliga almashtirib 
bo`lmasligini anglatadi. 
FKning 489-moddasiga ko`ra, korxonani sotish shartnomasiga muvofiq, 
sotuvchi sotib oluvchiga butun korxonani mulkiy majmua sifatida topshirish 
majburiyatini oladi, sotuvchi boshqa shaxslarga berishga haqli bo`lmagan huquq 
va majburiyatlar bundan mustasno. 
Korxonani sotish shartnomasi konsensual, ikki tomonlama va haq baravariga 
tuziladigan shartnoma hisoblanadi. 
Ma’lumki, korxona bir vaqtning o`zida fuqarolik huquqining obyekti va 
subyekti (unitar korxona, xususiy korxona) hisoblanadi. Shu munosabat bilan 
obyekt sifatida korxonani sotish shartnomasining o`ziga xos xususiyatlari mavjud. 
Bu xususiyatlar shartnoma subyektlari, shakli, predmeti va mazmuni bilan 
xarakterlanadi. 
Korxonani sotish shartnomasining subyektlari sifatida fuqarolik huquqining 
barcha subyektlari ishtirok etishlari mumkin. Davlat va uning organlari, yuridik 
shaxslar va fuqarolar korxonani sotish shartnomasida sotuvchi va sotib oluvchi 
sifatida qatnashadilar. 
Davlatga qarashli korxonalar sotilganda sotuvchi sifatida shu korxona 
tegishli bo`lgan davlat yuridik shaxslari ishtirok etadilar. Odatda, korxonani sotish 
shartnomasining subyektlari sifatida tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan 
fuqarolar va tijoratchi yuridik shaxslar e’tirof etilsa-da, korxonani sotish 
shartnomasini tartibga soluvchi qonun hujjatlarida shartnoma sub’eklariga nisbatan 
bunday cheklashlar belgilanmagan. Bu holat esa, istalgan fuqaroning yoki 
tijoratchi bo`lmagan yuridik shaxsning korxonani sotish shartnomasining subyekti 
14
Гражданское право. Ч.2./Под.ред.А.П.Сергеева, Ю.К.Толстого. -М.: Проспект. 1997. 103-б.; Ўзбекистон 
Республикасининг Фуқаролик ҳуқуқи. 2-қисм./Ҳ.Раҳмонқулов, И.Зокировларнинг умум. таҳр. остида. -Т.: 
Адолат. 1999. 65-б. 


74 
bo`la olishi mumkinligini anglatadi. Korxonani sotib olgan fuqaro tadbirkorlik 
faoliyati bilan shug’ullanish uchun ruxsatnomaga ega bo`lmasdan ham korxonaga 
nisbatan mulk huquqining sohibi bo`lishga haqli. Bu holatda korxonanining 
tadbirkorlik faoliyatini shunday ruxsatnomaga ega bo`lgan mulkdorning vakili 
amalga oshirishi yoki mulkdor korxonani ijaraga berish orqali bu faoliyatini olib 
borishi mumkin. 
Korxonani sotish shartnomasi ko`chmas mulkni sotish shartnomasi kabi 
taraflar imzolagan yozma shakldagi bitta hujjat tarzida tuziladi. Ko`chmas mulkni 
sotishdan farq qilib, korxonanini sotish shartnomasining shakli va uni 
rasmiylashtirishga nisbatan FK quyidagi qo`shimcha talablarni belgilaydi: 
1. Korxona mol-mulki, huquq va majburiyatlarining haqiqiy holatini 
ifodalaydigan hujjatlarni shartnomaga ilova qilish. Bu talab korxonaning huquq 
subyektliligi bilan bog’liq bo`lib, uning uchinchi shaxs oldidagi majburiyatlari va 
mulkiy talablarini aniqlashga va kelajakda taraflar o`rtasida nizo vujudga 
kelmasligiga xizmat qiladi. Shartnomaga ilova qilinadigan hujjatlar jumlasiga: 
inventarizastiya dalolatnomasi, buxgalteriya balansi, mustaqil auditorning korxona 
tarkibi va uning qiymati to`g’risidagi xulosasi, kreditorlar va ular qo`yayotgan 
talablar xususiyati, miqdori va muddatlari ko`rsatilgan qarzlar ro`yxati kiradi. 
2. Shartnomaning notarial guvohlantirilishi. Ba’zi hollarda korxonani sotish 
shartnomasi notarial guvohlantirilish talab qilinmaydi. FKning 490-moddasiga 
muvofiq, vakolatli davlat organining qaroriga binoan tanlov (tender) asosida 
tuziladigan korxonani sotish shartnomasi notarial guvohlantirilishi shart emas. 
Ayni vaqtda qonunning 110-moddasi 2-qismi 2-bandiga ko`ra, taraflardan birining 
talabi bilan ushbu shartnoma notarial tasdiqlanishi shartligini ham aytib o`tish 
lozim. 
Ko`chmas mulkni sotish shartnomasi kabi kolrxonani sotish shartnomasi 
davlat ro`yxatidan o`tkaziladi. Korxona huquq subyekti hisoblanganligi 
munosabati bilan uni sotish shartnomasi adliya organlarida ro`yxatga olinadi. 
Yuqoridagi talablarga amal qilmasdan tuzilgan korxonani sotish shartnomasi 
haqiqiy emas deb topiladi. Bunday shartnoma o`z-o`zidan haqiqiy bo`lmagan bitim 
hisoblanadi, uni bajarishga yo`l qo`yilmaydi va bir tarafni bitimni bajarishi uni 
haqiqiy deb hisoblanishiga olib kelmaydi. Shuningdek, taraflardan birining 
korxonani sotish shartnomasining davlat ro`yxatidan bosh tortishi, ikkinchi 
tarafning sud tartibida shartnomani ro`yxatdan o`tkazdirishiga olib kelmaydi.
Korxonani sotish shartnomasining predmeti shartnomaning asosiy sharti 
hisoblanadi. FKda korxonani sotish shartnomasiga nisbatan qat’iy talablar 
qo`yilgan. Birinchi navbatda, ushbu shartnomaning predmeti mulkiy majmua 
hisoblangan korxona hisoblanadi. Ikkinchidan esa, firma nomi, tovar belgilari
xizmat ko`rsatish belgilari va sotuvchini hamda uning mahsulotini, u bajaradigan 
ish yoki ko`rsatadigan xizmatlarni shaxsiylashtiradigan boshqa vositalardan 
foydalanish huquqlari shartnoma predmetini tashkil etadi.
FKning 85-moddasiga muvofiq, butun korxona mulkiy kompleks sifatida 
ko`chmas mulk hisoblanadi. Mulkiy kompleks bo`lgan korxona tarkibiga uning 
faoliyati uchun mo`ljallangan hamma mulk turlari, shu jumladan yer uchastkalari, 
binolar, inshootlar, uskuna, inventar, xom ashyo, mahsulot, talab qilish huquqi, 


75 
qarzlar, shuningdek korxonani, uning mahsuloti, ishlari va xizmatlarini aks 
ettiruvchi xususiy alomatlarga (firma nomi, tovar belgilari, xizmat ko`rsatish 
belgilari) bo`lgan huquqlar va boshqa mutlaq huquqlar, agar qonun yoki 
shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, kiradi. 
Mulkiy majmua sifatida korxonaning tarkibiga kiruvchi mol-mulklarning 
ro`yxati aniqlanishi lozim. Sotiladigan korxona tarkibi va uning qiymati korxonani 
sotish shartnomasida inventarizastiyalashning belgilangan qoidalariga muvofiq 
o`tkaziladigan korxonani to`liq inventarizastiyalash asosida aniqlanadi. 
Umumiy qoidaga ko`ra, korxonaning predmeti moddiy va nomoddiy 
ne’matlardan tashkil topadi. Korxona predmeti hisoblangan moddiy ne’matlarga 
korxonaning binosi, turli xildagi ishlab chiqarish vositalarini kiritish mumkin. 
Nomoddiy ne’matlarga esa, korxonaning huquq va majburiyatlari, mutlaq huquq 
obyektlari (patent, firma nomi, tovar belgisi, xizmat ko`rsatish belgisi va h.k.) 
kiradi. 
Sotilayotgan korxonaning majburiyatlari xususida sotuvchi o`z kreditorlarini, 
korxona sotib oluvchilarga topshirilgunga qadar uning sotilishi haqida yozma 
ravishda xabardor qilishi lozim.
Qarzning boshqa shaxsga o`tkazilishiga roziligini sotuvchiga yozma ravishda 
bildirmagan kreditor korxona sotilishi to`g’risida bildirish xati olgan kundan 
boshlab uch oy mobaynida yo majburiyatni bajarishni to`xtatishni yoki muddatidan 
oldin bajarishni va sotuvchi tomonidan zarar qoplanishini, yo bo`lmasa korxonani 
sotish shartnomasini butunlay yoxud uning tegishli qismini haqiqiy emas deb 
topishni talab qilish huquqiga ega. 
Korxonaning sotilishi to`g’risida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda 
tutilgan tartibda xabardor qilinmagan kreditor sotuvchi korxonani sotib oluvchiga 
topshirgani to`g’risida xabar topgan yoki xabar topishi lozim bo`lgan kundan 
boshlab bir yil mobaynida ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan 
talablarni qondirish haqida da’vo qo`zg’atishi mumkin. 
Korxona sotib oluvchiga topshirilganidan so`ng sotuvchi va sotib oluvchi 
topshirilgan korxona tarkibiga kiritilgan, sotib oluvchiga kreditorning roziligisiz 
o`tkazilgan qarzlar bo`yicha solidar javobgar bo`ladilar. 
Firma nomi, tovar belgilari, xizmat ko`rsatish belgilari va sotuvchini hamda 
uning mahsulotini, u bajaradigan ish yoki ko`rsatadigan xizmatlarni 
shaxsiylashtiradigan boshqa vositalardan foydalanish huquqlari, agar korxonani 
sotish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, sotib oluvchiga 
o`tadi. 
Sotuvchining tegishli faoliyat bilan shug’ullanishi uchun berilgan maxsus 
ruxsatnoma (litsenziya) asosida olgan huquqlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha 
tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, korxonani sotib oluvchiga berilmaydi. Chunki, 
bunday litsenziyalar ma’muriy huquqiy xarakterga ega bo`lib, faqatgina muayyan 
shaxs nomiga beriladi va boshqa shaxsga to`g’ridan-to`g’ri o`tkazishga yo`l 
qo`yilmaydi.
Agar, sotuvchi shartnoma bo`yicha topshiriladigan korxona tarkibiga maxsus 
ruxsatnoma (litsenziya) ga ega bo`lmagani tufayli sotib oluvchi bajara olmaydigan 
majburiyatlarni kiritsa, u kreditorlar oldidagi tegishli majburiyatlardan ozod 


76 
qilinmaydi. Bunday majburiyatlarni bajarmaganlik uchun sotuvchi va sotib oluvchi 
kreditorlar oldida solidar javobgar bo`ladilar. 
Korxonani sotish shartnomasining bahosi, FKning 491-moddasi ko`zda 
tutilgan hujjatlar asosida aniqlanadi. Bunday hujjatlarni tuzish uchun qilingan 
xarajatlar tarflarning kelishuviga ko`ra qoplanadi va uning qiymati shartnoma 
bahosiga kiritilmaydi. Korxonani sotish shartnomasi taraflarning erki asosida 
tuziladigan shartnoma bo`lganligi sababli, baho taraflarning erk-irodalariga 
muvofiq belgilanadi.
Korxonani sotish shartnomasining muddatini belgilash ham taraflarning 
erkiga muvofiq aniqlanadi. Qonun hujjatlarida korxonani sotish shartnomasining 
muddati to`g’risida ko`rsatmalar berilmagan. 
Korxonani sotish shartnomasiga muvofiq, sotuvchining asosiy majburiyati 
korxonani va unga nisbatan mulk huquqini uchinchi shaxslar huquqlaridan ozod 
holda topshirishdan iborat. Bunda korxona yaxlit holda topshirilishi lozim
15
. Ushbu 
majburiyatni bajarish uchun sotib oluvchi bir qancha harakatlarni amalga oshirishi 
zarur. Birinchi navbatda sotuvchi korxonani sotishga tayyorlashi, shartnomaga 
ilova qilinadigan hujjatlarni va sotib oluvchiga o`tadigan huquq va majburiyatlar 
ro`yxatini tuzishi lozim.
FKning 493-moddasiga ko`ra, sotuvchining korxonani sotib oluvchiga 
topshirishi topshirish dalolatnomasiga muvofiq amalga oshiriladi, unda 
korxonaning tarkibi va kreditorlar korxona sotilishi to`g’risida xabardor 
qilinganligi, shuningdek topshirilgan mol-mulkda aniqlangan kamchiliklar haqida 
ma’lumotlar va yo`qolganligi tufayli topshirish majburiyatlari vujudga kelishi 
mumkin bo`lmaydigan mol-mulkning ro`yxati ko`rsatiladi. 
Korxonani topshirishga tayyorlash, shu jumladan, topshirish dalolatnomasini 
tuzish va imzolashga taqdim etish, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda 
tutilgan bo`lmasa, sotuvchining majburiyati hisoblanadi va uning hisobidan amalga 
oshiriladi. 
Ikkala taraf topshirish dalolatnomasini imzolagan kundan boshlab korxona 
sotib oluvchiga topshirilgan hisoblanadi. Shu paytdan boshlab korxona tarkibida 
topshirilgan mol-mulkning tasodifan nobud bo`lishi yoki tasodifan buzilishi xavfi 
sotib oluvchiga o`tadi. 
Korxonaga mulk huquqi bu huquq davlat ro`yxatidan o`tkazilgan paytdan 
boshlab sotib oluvchiga o`tadi. 
Sotib oluvchining korxonaga mulk huquqini ro`yxatdan o`tkazish, basharti 
korxonani sotish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, 
korxona sotib oluvchiga topshirilganidan so`ng bevosita amalga oshiriladi. 
Korxonani sotish shartnomasida korxona haqi to`langunicha yoki boshqa 
holatlar yuz berguncha sotuvchining sotib oluvchiga topshirilgan korxonaga mulk 
huquqi saqlanib qolishi nazarda tutilgan hollarda sotib oluvchi mulk huquqi o`ziga 
o`tguncha topshirilgan korxona tarkibiga kiradigan mol-mulkni mulkiy majmua 
sifatida korxona faoliyatini ta’minlash uchun zarur darajada tasarruf qilishga, 
shuningdek huquqlardan foydalanishga haqli bo`ladi. 
15
Раҳмонқулов Ҳ.Р. Олди-сотди шартномаси. -Т.: Адолат. 2000. 139-б. 


77 
Topshirish dalolatnomasi bo`yicha sotuvchi tomonidan tarkibi, shu 
jumladan, topshirilgan mol-mulkining sifati, korxonani sotish shartnomasida 
nazarda tutilgan talabga muvofiq bo`lmagan korxonaning topshirilishi va sotib 
oluvchining qabul qilishi oqibatlari, agar shartnomadan boshqacha tartib kelib 
chiqmasa va u ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi va to`rtinchi qismlarida 
nazarda tutilgan bo`lmasa, FKning 393-395, 399, 402, 408, 412-moddalarida 
nazarda tutilgan qoidalar asosida aniqlanadi. 
Korxonani topshirish dalolatnomasiga muvofiq, korxona topshirilgan va 
qabul qilingan bo`lib, unda korxonaning aniqlangan kamchiliklari va yo`qotilgan 
mol-mulki to`g’risidagi ma’lumotlar ko`rsatilgan taqdirda, agar korxonani sotish 
shartnomasida bunday hollarda boshqa talablarni qo`yish huquqi nazarda tutilgan 
bo`lmasa, sotib oluvchi korxonaning xarid narxini tegishincha kamaytirishni talab 
qilish huquqiga ega. 
Sotib oluvchiga korxona tarkibida sotuvchining korxonani sotish 
shartnomasida 
yoki 
topshirish 
dalolatnomasida 
ko`rsatilmagan 
qarzlari 
(majburiyatlari) ham topshirilgan taqdirda, agar sotib oluvchi shartnoma tuzish va 
korxonani topshirish vaqtida bunday qarz (majburiyat) lar borligini bilganini 
sotuvchi isbotlamasa, sotib oluvchi xarid narxini kamaytirishni talab qilish 
huquqiga ega. 
Sotuvchi korxona tarkibida topshirilgan mol-mulkdagi kamchiliklar 
to`g’risida yoki topshirilishi lozim bo`lgan ayrim turdagi mol-mulkning bu 
tarkibda yo`qligi to`g’risida sotib oluvchidan bildirish xati olgan hollarda tegishli 
darajada sifatli bo`lmagan mol-mulkni darhol almashtirishi yoki sotib oluvchiga 
etishmayotgan mol-mulkni berishi mumkin. 
Agar korxonaning sotuvchi javobgar bo`lgan kamchiliklar tufayli korxonani 
sotish shartnomasida aytib o`tilgan maqsadlar uchun yaroqsizligi va bu 
kamchiliklar FKga, qonun hujjatlari yoki shartnomaga muvofiq belgilangan 
shartlarda, tartib va muddatlarda sotuvchi tomonidan bartaraf qilinmaganligi yoki 
bunday kamchiliklarni bartaraf qilib bo`lmasligi aniqlangan bo`lsa, sotib oluvchi 
korxonani sotish shartnomasini bekor qilish yoki o`zgartirishni va taraflar 
shartnomaga muvofiq bajarganlarini qaytarishni sud tartibida talab qilish huquqiga 
ega. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling