Toshkent davlat yuridik universiteti


 Ko`chmas mulkni sotish shartnomasining predmeti va bahosi


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

2. Ko`chmas mulkni sotish shartnomasining predmeti va bahosi 
Ko`chmas mulkni sotish shartnomasida shartnoma bo`yicha sotib oluvchiga 
topshirilishi lozim bo`lgan mulkni aniq berish imkonini beradigan ma’lumotlar, 
shu jumladan, ko`chmas mulk tegishli yer uchastkasida yoki boshqa ko`chmas 
mulkning tarkibida qanday joylashtirilganligini belgilash imkonini beradigan 
ma’lumotlar ko`rsatilishi shart. Masalan, Er kodeksining 18-moddasida belgi-
langan asoslar bo`yicha xususiylashtirilgan yer uchastkasi sotilganda u joylashgan 
hudud yerning toifasi, umumiy maydoni va chizma rejasi, inshootlar, noturarjoy 
imoratlar sotilganda uning manzilgohi, tayinlanish maqsadi, maydoni, necha qavat 
ekanligi haqidagi ma’lumotlar ko`rsatilishi lozim.
Ko`chmas mulk xususiy alomatlari bilan belgilanadigan mol-mulk 
bo`lganligi sababli, uning aynan xuddi ana shu sifat belgilari shartnomada aniq-
ravshan belgilanishi kerak. Bu holat taraflar o`rtasida har xil nizolar vujudga 
kelishining oldini oladi. Agar shartnomada ko`chmas mulk haqida yuqoridagi 
ma’lumotlar bo`lmasa, ko`chmas mulk haqidagi shartni taraflar o`zaro kelishib 
olmagan, shartnoma esa tuzilmagan hisoblanadi. Binobarin, ko`chmas mulkni 
sotish haqidagi shartnomaning muhim shartlaridan biri – shartnoma narsasi 
hisoblanadi. Ko`chmas mulkni sotish haqidagi shartnomada ana shu mulkning 
bahosi nazarda tutilgan bo`lishi shart (FK, 485-modda). Shartnomada taraflar 
yozma ravishda kelishgan ko`chmas mulkning bahosi to`g’risida shart bo`lmasa, 
uni sotish to`g’risidagi shartnoma tuzilmagan hisoblanadi. Binobarin, taraflar 
ko`chmas mulkning bahosi haqida o`zaro kelishuvga erishgan va bu kelishuv 
yozma shartnomada o`z ifodasini topgan bo`lishi lozim. Shartnomada baho 
haqidagi shart mavjud bo`lmasa, FKning 356-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan 
bahoni belgilash qoidalari qo`llanilmaydi. Qonunda yoki ko`chmas mulkni sotish 
shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, yer uchastkasida 
joylashgan bino, inshoot yoki boshqa ko`chmas mulkning shartnomada 
belgilangan bahosi ana shu ko`chmas mulk bilan birga topshirilayotgan yer 
uchastkasi tegishli qismining bahosini yoki unga bo`lgan huquqni o`z ichiga oladi.

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling