Toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

 
Nazorat uchun savolllar: 
1. Energiya ta’minoti shartnomasining huquqiy belgilarini amaliy misollar 
bilan tushuntiring. 
2. Energiya ta’minoti shartnomasi shartlarini tanqidiy tahlil qiling. 
3. Energiya ta’minoti shartnomasiga ko`ra taraflarining huquq va 
majburiyatlarini tartibga solishni tahlil eting. 
4. “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” OAJ (Ta’minotchi) va 
“Gordorstroyremont” OAJ (Iste’molchi) o`rtasida elektr energiyasi yetkazib berish 
va undan foydalanish uchun shartnoma tuzilgan va o`nga ko`ra Ta’minotchi 
tutashtirilgan tarmoq orqali Iste’molchiga yil davomida 2 680 000 kVt.s miqdor 
(hajm)da elektr energiyasi berib turish, Iste’molchi esa qabul qilingan energiya 
haqini to`lash majburiyatini olgan. Ushbu shartnomaga asosan Ta’minotchi 
tomonidan elektr energiyasi yetkazib berilgan. Biroq, Iste’molchi tomonidan 
majburiyatlar tegishli ravishda bajarilmaganligi sababli 210 283 698 so`m qarz 
vujudga kelgan. Shuningdek, Iste’molchi tomonidan shartnomada ko`rsatilgan 
ўзгартиш киритиш тўғрисида”ги қонуни // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2012 й., 
16-сон, 176-модда. 


66 
miqdorga nisbatan 5 foizdan ortiq elektr energiyasi iste’mol qilingan va shu bois 
ta’minochi tomonidan 847 362 so`m miqdorda jarima hisoblangan. Iste’molchi 
tomonidan iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun o`z vaqtida to`lovni amalga 
oshirilmaganligi sababli, Ta’minotchi xo`jalik sudiga da’vo arizasi bilan murojaat 
qilib, Iste’molchi hisobidan 210 283 698 so`m asosiy qarz hamda 847 362 so`m 
jarimani undirishni so`ragan. Taraflar o`rtasida tuzilgan elektr energiyasi yetkazib 
berish va undan foydalanish to`g’risidagi shartnomaning 6.4-bandida Iste’molchi 
hisobot davrida shartnomada ko`rsatilgan miqdorga nisbatan 5 foizdan ko`p elektr 
energiyasi iste’mol qilinganda, hisob-kitob davrida shartnomada ko`rsatilgandan 
ortiq iste’mol qilingan jami hajm uchun belgilangan tarifning 50 foizi miqdorida 
Ta’minotchi foydasiga jarima to`lanishi belgilangan.
Mazkur vaziyatda energiya ta’minoti shartnomasining shartlarini tahlil eting. 
Javobingizni fuqarolik qonunchiligi normalari bilan asoslab bering.
5. “Samarqand elektr tarmoqlari” OAJ bilan “Chelak paxta tozalash zavodi” 
OAJ o`rtasida tuzilgan shartnomaga asosan da’vogar elektr energiyasi yetkazib 
berish, javobgar esa iste’mol kilingan elektr energiya haqini to`lab berish 
majburiyatini olgan. Da’vogar xodimlari tomonidan O`zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 22 avgustdagi 245-sonli qarori bilan 
tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari” talablarini bajarilishini 
nazorat qilish maqsadida javobgar tomonidan elektr energiyasidan foydalanish 
qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan tekshirish o`tkazilgan. Tekshirishda 
javobgarga qarashli elektr hisoblagichning vektor diagrammasi ko`rsatkichlari 
sxemasi noto`g’ri ulanganligi, hisob bo`yicha 16 sekundda 10 impuls berilishi 
kerak bo`lgan holda haqiqatda 26 sekundda 10 impuls berilganligi aniqlanib
sxemalar to`g’rilangan, ya’ni A – S; V – A; S – V tartibda joylari almashtirilganda 
vektor diagrammasi hisob bo`yicha 17 sekundda impuls berilganligi to`g’risida 
dalolatnoma tuzilgan. Da’vogar tekshirishda aniqlangan qoidabuzilish holatlari 
yuzasidan tuzilgan dalolatnomaga asosan javobgar tomonidan 3 yil muddatda sarf 
qilingan elektr energiya miqdorini qayta hisob-kitob qilib, Qoidalarning 63 va 76-
bandlariga asosan 342 866 034 so`m zararni ixtiyoriy ravishda to`lab berishni 
so`rab, unga talabnoma yuborgan. Javobgar tomonidan ushbu zarar summasi 
ixtiyoriy ravishda to`lab berilmaganligi bois, da’vogar xo`jalik sudiga da’vo arizasi 
bilan murojaat qilib, javobgardan 342 866 034 so`m zararni undirishni so`ragan. 
Taraflar o`rtasida tuzilgan shartnomaning 3.5-bandiga ko`ra, korxona har oyning 
25 
sanasigacha 
iste’molchi bilan birgalikda hisobga olish priborlari 
ko`rsatkichlarini yozib olish bilan bir vaqtda, hisoblagichlarning tartib raqamlarini 
hamda amalda iste’mol qilingan elektr energiyasi to`g’risidagi ma’lumotlarni 
ko`rsatgan holda hisobotni rasmiylashtirishi, hisobot asosida korxonaga tegishli 
hisob-kitobni amalga oshirishi va iste’molchi hisob-fakturani olishi belgilangan. 
Birinchi instanstiya sudi tomonidan sayyor sud majlisida joyiga chiqib 
ko`rilganida, javobgarga tegishli bo`lgan 2 dona zavod raqami 044558791 bo`lgan 
“Merkuriy-230” va zavod raqami 0056540 bo`lgan “Merkuriy-230” rusumli elektr 
hisoblagich 
priborlari 
“Chelak” nimstanstiyasida o`rnatilganligi, ushbu 
nimstanstiya “Samarqand elektr tarmoqlari” OAJ balansida ekanligi, nimstanstiya 
sim to`siq bilan o`rab qo`yilganligi, uning hududiga faqat jamiyat xodimlari bilan 


67 
birgalikda kirish mumkinligi aniqlangan.
Mazkur vaziyatga huquqiy baho bering. Javobingizni fuqarolik qonunchiligi 
normalari bilan asoslab bering. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling