Toshkent davlat yuridik universiteti
“Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
“Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish
to`g`risida” gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26- maydagi “2017-2021-yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari Dasturi to`g`risida”gi Qarori 65 Mazkur norma bilan energiya ta’minoti shartnomasi bo`yicha majburiyatlarini buzgan energiya bilan ta’minlovchi tashkilot va abonentning javobgarlik chegarasi aniqlashtirildi. Agar energiya berishdagi uzilishlar quvvat va energiya etishmasligi sababli energiya bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan qonun hujjatlari asosida iste’molni tartibga solish natijasida yuz bergan bo`lsa, energiya bilan ta’minlovchi tashkilot aybdor bo`lgan taqdirdagina shartnoma majburiyatlarini bajarmagani yoki tegishli darajada bajarmagani uchun javob beradi. Tomonlardan birining energiya ta’minoti shartnomasi bo`yicha o`z majburiyatlarini bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi quyidagi sabablar tufayli yuz berishi mumkin: energiya miqdori, sifati, bahosi, texnik qurilmalardan tegishlicha foydalanish, qabul qilingan mahsulotlardan foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik va h.k. Masalan, energiya bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan beriladigan elektr energiyasining sifati to`g’risidagi shartnomalarga rioya qilmaslik ko`pincha iste’molchiga iqtisodiy zarar keltiradi. Elektr energiyasi bilan ta’minlash odatda mahsulotni iste’molchiga uzluksiz uzatish yo`li bilan amalga oshiriladi. Fuqarolik kodeksida energiya ta’minoti shartnomasining energiya miqdori to`g’risidagi sharti, energiya sifatiga qo`yiladigan talablarini buzishga oid javobgarlik belgilangan bo`lib, unga ko`ra agar energiya bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan tutashtirilgan tarmoq orqali abonentga energiya ta’minoti shartnomasida nazarda tutilgandan kam miqdorda energiya berilgan bo`lsa yoxud energiya bilan ta’minlovchi tashkilot energiya sifatiga qo`yiladigan talablarni buzgan taqdirda, basharti qonun hujjatlarida, shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa yoki u majburiyat mohiyatidan kelib chiqmasa, mazkur holat uchun oldi-sotdi shartnomasining tovar miqdori to`g’risidagi shartlarini buzish oqibatlari hamda tegishli darajada sifatli bo`lmagan tovarni topshirish oqibatlari qo`llanilishi belgilangan. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling