Toshkent davlat yuridik universiteti
Oldi-sotdi shartnomasining shakli
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
1.3. Oldi-sotdi shartnomasining shakli
Oldi-sotdi shartnomasining shakliga nisbatan bitimlarning shakli haqidagi qoidalar (FKning 108-112-moddalari), shuningdek, shartnomaning shakli haqidagi qoidalar (FKning 336-moddasi) qo`llaniladi. Bunda shartnomaning turi va tovarning o`ziga xos xususiyatlari muhim ahamiyatga ega. Oldi-sotdi shartnomasi shaklini belgilashda, birinchidan, fuqarolik muomalasining talablari, ikkinchidan esa, oldi-sotdi bitimlari qonuniyligining ustidan nazorat qilish zarurati, bunday munosabatlarda jamiyat manfaatlari yoxud ayrim shaxslar manfaati himoyasini ta’minlash zarurati bilan bog’liq holatlar belgilovchi omil bo`lib hisoblanadi. Masalan, naqd pul hisobiga amalga oshiriladigan chakana savdoda taraflarga qulaylik tug’dirish uchun oldi-sotdi shartnomasini maxsus rasmiylashtirish talab etilmaydi. Naqd pul baravariga tuziladigan va tuzilish vaqtining o`zidayoq ijro etiladigan oldi-sotdi shartnomasi, umumiy qoida bo`yicha summasidan qat’i nazar, og’zaki shaklda tuzilishi mumkin. Binobarin, savdo do`konlarida, bozorlarda tuziladigan oldi-sotdi shartnomalari tovarlarning xaridorlarga darxol topshirilgani va shu ondayoq haq to`langani sababli og’zaki rasmiylashtirilishi mumkin. Agarda oldi-sotdi shartnomasini amalga oshirishda haq to`lash va sotilgan 1 Комаров А. С. Ответственность в коммерческом обороте. –М.: Юр. Лит. 1996. -182 б. 13 tovarni topshirish bir vaqtning o`zida, sotuvchi va xaridor tomonidan muqobil ijro etilmasa, masalan, tovar haqini oldindan to`lash, nasiyaga tovar sotish, tovar haqini bo`lib-bo`lib to`lash (FKning 420-422-moddalari) hollarida shartnoma yozma ravishda tuzilishi maqsadga muvofiq yoxud bunday hollarda tegishli harakat- larning sodir etilganligi (masalan, pul oldindan to`langanligi, tovar nasiyaga sotilgani) fakti chek, jeton, tilxat orqali guvohlantirilishi lozim. Bu esa kelgusida taraflar o`rtasida nizolar kelib chiqishining oldini oladi yoxud bunday nizolarning adolatli hal etilishiga xizmat kiladi. Ko`chmas mol-mulk shu jumladan, turar-joylar oldi-sotdisi, avtomobillar, ov, o`q otar qurollari va sh.k. predmetlar oldi-sotdisi ustidan nazorat o`rnatish ijtimoiy ahamiyatga ega. Shu sababli ham bunday shartnomalar yozma tuzilishi, notarial guvohlantirilishi, maxsus davlat ro`yxatidan o`tkazilishi talab etiladi. Bunday hollarda shartnoma tegishli shaklda rasmiylashtirilmasligi uning haqiqiy sanalmasligi yoki qonunda belgilangan boshqa oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo`ladi. Bunday talablar tashqi savdo bitimlariga nisbatan ham qo`llaniladi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling