Toshkent davlat yuridik universiteti
Tashqi savdo munosabatlarida oldi-sotdi shartnomasining huquqiy
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
1.2. Tashqi savdo munosabatlarida oldi-sotdi shartnomasining huquqiy asoslari Oldi-sotdi shartnomasi nafaqat mamlakat ichki muomalasida, balki tashqi iqtisodiy munosabatlarda ham eng ko`p qo`llaniladigan shartnoma hisoblanadi. Ushbu shartnoma xalqaro miqyoslarda keng qo`llanilayotgani sababli ham xalqaro tashkilotlar tomonidan uning huquqiy negizlari shakllantirilishiga alohida ahamiyat berilmoqda. Jumladan, 1980-yili Venada qabul qilingan BMTning Tovarlarni xalqaro oldi-sotdi shartnomalari haqidagi konvensiyasi, savdo-sotiqda qo`llaniladigan «Inkoterms» atamalarini talqin etish bo`yicha xalqaro qoidalar, shuningdek iste’molchilarning huquqlari haqida xalqaro-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilgan. Vena Konvensiyasi xalqaro savdo-sotiqda ko`pchilik tomonidan qo`llaniladigan o`ziga xos umumiy (universal) huquqiy hujjat sifatida muhim ahamiyatga ega. Ushbu Konvensiyada umumiy huquq va Qit’a huquqi tizimlarini savdo-sotiq bo`yicha shartnomalarining turlicha yondashuvlarini, ziddiyatlarini yumshatib, huquqiy-texnik jihatdan murosaga keltirish va umumiy qoidalar ishlab chiqilishiga erishilgan. Vena Konvensiyasi turli mamlakatlardagi subyektlar o`rtasidagi tovarlar oldi-sotdisini tartibga solishga qaratilgan umumiy va yagona me’yorlarni o`zida mujassamlaydi. Konvensiya, asosan, tadbirkorlik sohasidagi xalqaro oldi-sotdi shartnomalarini tartibga soladi, shu sababli ham shaxsiy, oilaviy yoxud uyda foydalanish uchun tovarlar xarid qilishda qo`llanilmaydi. Ayni vaqtda, Konvensiya undiruvga qaratilgan mol-mulkni auksionlarda sotishga, qimmatli qog’ozlar, aksiyalar, ta’minlov qog’ozlari va muomala hujjatlari, suv transporti va havo transporti kemalari, elektr energiyasi sotib olishga nisbatan ham qo`llanilmaydi. Vena Konvensiyasi faqat oldi-sotdi shartnomasining tuzilishini va ushbu shartnoma asosida taraflarda huquq va majburiyatlar vujudga kelishini tartibga soladi. Shu sababli ham agarda boshqacha qoida belgilanmagan bo`lsa, u shartnomaning o`zi, uning shartlari haqiqiyligi, shuningdek sotilgan tovarga nisbatan mulk huquqi haqida shartnoma belgilagan oqibatlarga taalluqli emas. Shu bilan birga, Konvensiya sotuvchining tovar biror shaxsning sog’lig’ini shi- kastlanishi yoxud o`limiga sabab bo`lgan holatlar uchun javobgarlik masalalariga ham qo`llanilmaydi. Konvensiyaning 11-moddasiga asosan oldi-sotdi shartnomasi yozma shaklda tuzilishi shart qilib qo`yilmagan, umuman shartnoma shakliga nisbatan talablar mavjud emas. Shartnomaning mavjudligi yo`l qo`yiladigan dalillarning barchasi, shu jumladan, guvoh ko`rsatuvlari orqali ham isbotlanishi mumkin. Vena 12 Konvensiyasida oldi-sotdi shartnomasining tuzilishi masalalari hal etilgan, sotuvchi va xaridor majburiyatlari, taraflar tomonidan shartnoma shartlari buzilganda huquqiy muhofaza vositalari belgilab qo`yilgan, shuningdek unda tovar shikastlangan yoki nobud bo`lgan hollarda xaridorga zarar tahlikasi (xavf-xatari) qanday o`tishi haqidagi qoidalar taraflarni javobgarlikdan ozod qilish asoslari va sh.k me’yorlar mavjud. Konvensiyaning 28-moddasiga asosan tuzuk taraf shartnoma shartlarini buzgan tarafdan majburiyatni asl (natura) holicha bajarish yoxud etkazilgan zararlarni to`la qoplashni talab qilishga haqli 1 . Ma’lumki, oldi-sotdi shartnomasida qo`llaniladigan iboralar turli mamlakatlarda turlicha talqin etiladi. Binobarin, tashqi savdo munosabatlaridagi subyektlar o`rtasida bu borada turli anglashilmovchiliklar, nizolar kelib chiqishi mumkin. Bularning oldini olish uchun “Inkoterms” savdo-sotiq iboralarini talqin etish bo`yicha xalqaro qoidalar ishlab chiqilgan. Qachon sotuvchi o`z majburiya- tini bajargan hisoblanishi va demak sotilgan tovarning shikastlanishi yoki nobud bo`lishi natijasida vujudga keladigan zarar va xarajatlar qachondan boshlab xaridor zimmasiga yuklanishi qoidalarini belgilovchi franko turlarining yagona talqini ham “Inkoterms”da mustahkamlab qo`yilgan. Bundan tashqari, tegishli shartnoma turida tovarni sug’urtalash, tovarning eksporti uchun bojni kim (xaridor yoki sotuvchi) to`lashi masalalari ham nazarda tutilgan. Taraflar «Inkoterms» qoidalari orqali o`zlari uchun ma’qul variantlarni tanlab olishlari mumkin. «Inkoterms»ni qo`llash tadbirkorlarga turli mamlakatlar savdo-sotiq amaliyotidagi tafovutlar, bunday farqlar natijasida kelib chiqadigan nizolar va ularni sud tartibida hal etishdash vujudga kelishi mumkin bo`lgan muammolar va qiyinchiliklarni bartaraf etish imkonini beradi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling