Toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

GLOSSARIY 
 
Ayirboshlash shartnomasiga ko`ra shartnomada qatnashuvchi har bir taraf 
boshqa tarafga bir tovarni boshqa tovarga almashtirish yo`li bilan mulk qilib 
topshiradi. 
Axborot xizmatlari - muayyan subyektlar tomonidan foydalanuvchilarni 
axborot bilan ta’minlash xizmatini ko`rsatish turi. 
Bosh pudratchi - ishning barcha qismlarini shaxsan bajarishni o`z 
zimmasiga olgan shaxs. 
Buyurtmachi - pudrat shartnomasi shartlariga asosan ish bo`yicha topshiriq 
beruvchi shaxs. 
Yordamchi pudratchi - pudratchi majburiyatlarining bir qismini bajarishni 
zimmasiga olgan shaxs. 
Yo`lovchi tashish shartnomasi bo`yicha tashuvchi yo`lovchini, yo`lovchi 
bagaj topshirgan bo`lsa – bagajni ham belgilangan manzilga eltib berish hamda 
bagajni olishga vakolat berilgan shaxsga topshirish majburiyatini oladi. Bunda 
yo`lovchi belgilangan yo`l haqini, bagaj topshirgan bo`lsa, bagaj tashish haqini 
ham to`lash majburiyatini oladi (FK, 710-modda). 
Ishning bahosi - pudratchining chiqimlari va unga to`lanadigan haq 
miqdori. 
Ishning sifati - shartnoma shartlariga, shartlar bo`lmaganida yoki to`liq 
bo`lmaganida esa, odatda tegishli turdagi ishlarga qo`yiladigan talablar yig’indisi. 
Ko`chmas mulk – yer uchastkalari, yer osti boyliklari, binolar, inshootlar
ko`p yillik dov-daraxtlar va yer bilan uzviy bog’langan boshqa mol-mulk, ya’ni 
belgilangan maqsadiga nomutanosib zarar yetkazmagan holda joyini o`zgartirish 
mumkin bo`lmaydigan obyektlar. 
Ko`chmas mulk oldi-sotdi shartnomasisotuvchi va sotib oluvchi 
o`rtasidagi fuqarolik-huquqiy munosabat bo`lib, unga ko`ra yer uchastkasi, bino, 
inshoot, kvartira yoki boshqa ko`chmas mulk sotib oluvchiga mulk qilib 
topshiriladi, sotib oluvchi buning uchun sotuvchiga tegishli haqni to`laydi.
Qurilish pudrati shartnomasi - korxonani, binoni (jumladan, uy-joy 
binosini) inshoatni yoki boshqa obyektni qurish yoki qayta qurish haqida 
shuningdek montaj, sozlash ishga tushurish va qurilayotgan obyekt bilan bevosita 
bog’liq bo`lgan boshqa ishlarni bajarish bo`yicha tuziladigan fuqarolik huquqiy 
shartnoma.

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling