8
huquqiy shartnoma.
Pudrat shartnomasining predmeti - moddiy ko`rinishga ega bo`lgan
ashyoni yaratish yoki ta’mirlash yoxud ishni natijasi.
Pudratchi - ishni bajaruvchi shaxs.
Rieltorlik faoliyati – yuridik va jismoniy shaxslarning ko`chmas mulk
obyektlari va ularga bo`lgan huquqlarga doir bitimlar tuzish bilan bog’liq
xizmatlarni shartnoma asosida ko`rsatish bo`yicha tadbirkorlik faoliyati. Rieltorlik
xizmatlari: ko`chmas mulk obyektlari va ularga bo`lgan huquqlarga doir bitimlarni
tuzish chog’idagi
vositachilik; ko`chmas mulk obyektlari va ularga bo`lgan
huquqlarning savdosini tashkil etish; ko`chmas
mulk obyektlarini ishonchli
boshqarish; ko`chmas mulk bozorida axborot va maslahat xizmatlari.
Sayyohlik xizmatlari - sayyohlik faoliyati
subyektlarini joylashtirish,
ovqatlantirish, transport, axborot, reklama xizmatlarini ko`rsatish
borasidagi,
shuningdek sayyohlik ehtiyojini qondirishga qaratilgan boshqa xizmatlar.
Subabonent — energiya bilan ta’minlovchi tashkilot roziligi bilan
iste’molchining tarmoqlariga bevosita ulangan va iste’molchi
bilan energiya
ta’minoti yuzasidan shartnoma tuzgan iste’molchi.
Tibbiy xizmat - davlat yoki xususiy amaliyot bilan shug’ullanadigan
shaxslar tomonidan ko`rsatiladigan tekin yoki haq evaziga ko`rsatiladigan
xizmatlar tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: