Toshkent davlat yuridik universiteti
Kim oshdi savdosi, tovar birjalarida savdo-sotiq shartnomalari
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
2.2. Kim oshdi savdosi, tovar birjalarida savdo-sotiq shartnomalari Tovar mulkdori yoki mulkiy huquq egasi yoxud ixtisoslashgan tashkilot kim oshdi savdosining tashkilotchisi bo`lishi mumkin. Kim oshdi savdosining tashkilotchisi sud qarorlarini ijro etish uchun (musodara qilingan, majburiy tartibda haq undirishga qaratilgan ashyolarga, garov ashyolari va h.k) ham kim oshdi savdosi tashkil etadi. Kim oshdi savdosi bo`yicha ixtisoslashgan tashkilot tovar mulkdori (mulkiy huquq egasi bilan shartnoma tuzish asosida ish olib boradi, ular nomidan yoxud o`z nomidan harakat qiladi. Kim oshdi savdosi auksion yoki tanlov shaklida o`tkaziladi. Kim oshdi savdosining shakli, agarda qonunda boshqacha tartib belgilangan bo`lmasa, sotiladigan ashyoning mulk yoxud mulkiy huquq egasi tomonidan belgilanadi. Xaridor sifatida faqat bir ishtirokchi qatnashgan auksion yoki tanlov o`tkazilmagan hisoblanadi. Auksionlar va tanlovlar ochiq yoki yopiq bo`lishi mumkin. Ochiq auksion yoki tanlovda hamma qatnashishi mumkin. Yopiq auksion va yopiq tanlovda shu maqsad uchun maxsus taklif etilgan shaxslargina qatnashadilar. Agar qonunda boshqacha tartib belgilangan bo`lmasa, tashkilotchi kim oshdi savdosi o`tkazilishi haqida kamida o`ttiz kun oldin xabar qilishi kerak Xabarda kim oshdi savdosining joyi, vaqti va shakli, kim oshdi savdosiga nima qo`yilgani, shu 29 jumladan, kim oshdi savdosida qatnashishni rasmiylashtirish tartibi, boshlang’ich narx haqida ma’lumotlar mavjud bo`lishi shart. Umumiy qoidaga ko`ra, kim oshdi savdosi tashkilotchisi auksion o`tkazishdan xohlagan vaqtda, lekin u o`tkaziladigan kundan kamida uch kun oldin bosh tortishga haqli. Kim oshdi savdosining tashkilotchisi uni o`tkazishdan bosh tortish haqida muddatlarga rioya qilmagan hollarda ishtirokchilarning haqiqiy (real) ko`rgan zararini to`lashi lozim. Yopiq auksion yoki yopiq tanlovda tashkilotchi kim oshdi savdosidan qaysi muddatda bosh tortganligidan qati nazar, o`zi taklif etgan ishtirokchilarning real zararini to`lashi lozim. Kim oshdi savdosining qatnashchilari kim oshdi savdosi haqida xabarda ko`rsatilgan miqdorda, muddatlarda va tartibda zakalat puli to`laydilar. Kim oshdi savdosida qatnashgan, lekin g’olib chiqmagan ishtirokchilarga zakalat puli qaytariladi. G’olib chiqqan shaxsning puli tovar bahosi uchun to`lanadigan haq tartibiga kiritiladi. Kim oshdi savdosida eng yuqori narx taklif qilgan qatnashchi g’olib hisoblanadi va u bilan oldi-sotdi shartnomasi tuziladi. G’olib bilan tashkilotchi o`rtasida kim oshdi savdosi natijalari haqida bayonnoma imzolanadi. Agar g’olib bayonnomani imzolashdan bosh tortsa, bergan zakalatidan mahrum bo`ladi. Agar tashkilotchi bayonnomani imzolashdan bosh tortsa, zakalat summasini ikki barobar qilib qaytaradi. Qonunda belgilangan qoidalar buzib o`tkazilgan kim oshdi savdosi manfaatdor shaxs talabi bilan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Masalan, kim oshdi savdosi haqida noto`g’ri ma’lumot berilsa yoki qatnashchilar oldindan til biriktirib olgan bo`lsalar va h.k. Kim oshdi savdosini haqiqiy emas deb topish g’olib bilan tuzilgan shartnomaning haqiqiy emasligiga sabab bo`ladi (FKning 381-moddasi). Birjalar ham oldi-sotdi shartnomalarini tuzadigan maxsus tuzilma hisoblanadi. Fond birjalarida qimmatli qog’ozlar oldi-sotdisi amalga oshiriladi. Fond birjalarining faoliyati “Qimmatli qog’ozlar bozori to`g’risida”gi qonun bilan tartibga solinadi. Tovar birjalarida esa mol-mulk sotiladi. Birjalarda oldi-sotdi shartnomalarining xususiyatlari, eng avvalo, birja faoliyatining o`ziga xosliklari bilan belgilanadi (kim oshdi savdosi, bitimlarni makler yozuvlar orqali rasmiylashtiradi, birja sotishga qo`yiladigan mol-mulklar savdosi va h.k). Birjalarga oldi-sotdi shartnomalariga nisbatan FKning tegishli normalari, “Birjalar va birja faoliyati to`g’risida”gi qonun qo`llaniladi. Muayyan birjada taqdim etilgan tovarlar oldi-sotdisi bo`yicha birja vositachilari o`rtasida tuzilgan birja savdo-sotig’i qoidalariga muvofiq amalga oshirilgan va belgilangan tartibda birja ro`yxatidan o`tgan bitimlar, summasidan qati nazar, notarial idoradan tasdiqlanmaydi (ko`chmas mol-mulk korxonalar oldi- sotdisi bundan mustasno). Birja bitimining mazmuni (tovarning nomi, narxi, ijro o`rni va muddatidan bo`lak) oshkor etilishi mumkin emas. 30 Bitimlarda: bor (mavjud) tovarlarning oldi-sotdi bitimlari, shu jumladan, tovarlarni darhol berib yuborish yoki yetkazib berish yoxud tovarga egalik huquqini beruvchi hujjatlar topshirishni ham ko`zda tutuvchi oldi-sotdi bitimlari; forvard bitimlar, ya’ni bor (mavjud) tovarni yetkazib berish muddatlarini kechiktirgan holda xarid qilish va sotishga doir bitimlar; fyuchers bitimlar, ya’ni standart kontraktlarga doir bitimlar; optsion bitimlar, ya’ni tovarlarni yoki tovarlar yetkazib berish kontraktlarini belgilangan narxlar bo`yicha kelgusida xarid qilib olish yoki sotish huquqlariga doir oldi-sotdi bitimlari va sh.k. tuzish mumkin. Forvard, fyuchers, opstion bitimlar tuzilganda birja o`zining hisob-kitob markazlari orqali bitimlar ijrosini kafolatlashi shart. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling