Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
Nazorat uchun savollar:
1. Bugungi kunda chakana oldi-sotdi shartnomasini nafaqat FK bilan balki bir qator qonun osti hujjatlari bilan tartibga solinadi. Amaldagi qonunchilik bilan chakana oldi-sotdi munosobatlarining tartibga solinishi (bozor va yarmarka qoidalari)ni tavsiflang. 2. Chakana oldi-sotdi shartnomasida tovarni sotishning bir qator usullari qo`llaniladi. Mazkur usullarni tavsiflangan va ular o`rtasida o`xshash va farqli jihatlarni yoriting. 3. Fuqaro Qosimov “El-Quvvat” do`konidan Koreyada ishlab chiqarilgan “LG” muzlatgichini sotib oldi. Muzlatgichga do`kon tomonidan bir yil kafolat berildi. Oradan to`qqiz oy o`tgach muzlatgich buzilib qoldi. Fuqaro Qosimov muzlatgichni kafolat ustaxonasiga kafolat taloniga asosan bepul tuzatish uchun topshirdi. Ustaxonada kerakli ehtiyot qismlar yo`qligi sababli, muzlatgichni olti oy muddat davomida tuzatishdi. Fuqaro Qosimov o`z muzlatgichini olib ketishga kelganda ustaxonada muzlatgichga berilgan kafolat muddati o`tganligini aytib, undan remont (tuzatish) uchun haq to`lashni so`rashdi. Ushbu vaziyatda ustaxona xodimlari harakatlari to`g’rimi? Javobni asoslang. Fuqaro Qosimov majburiyatni o`z vaqtida bajarish uchun qanday ta’minlash usulini qo`llashi mumkin? 4. Iste’molchi–sotib oluvchi 2 oy oldin sotib olingan changyutgichni almashtirib berilishini talab qildi. Uning aytishicha changyutgich changni yomon yutmoqda va uni sozlab bo`lmadi. Ushbu xolatni kafolat muddatida xizmat ko`rsatadigan ustaxonaning ma’lumotnomasi tasdiqladi. Sotuvchi sotib oluvchining talablariga qo`shilmay changyutgichni tuzatib berish va tuzatishga nisbatan kafolat berishni taklif qildi. Va changyutgichni to`liq ta’mirlash uchun ustaxona kafil bo`lishini talab qildi. Bunday vaziyatda ustaxona kafil bo`la oladimi? Javobni asoslang. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling