Toshkent davlat yuridik universiteti


Mahsulot yetkazib berish shartnomasida javobgarlik


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Mahsulot yetkazib berish shartnomasida javobgarlik. Mahsulot yetkazib 
berish shartnomasi xo’jalik shartnomasi ekanligi va tadbirkorlik subyektlari 
tomonidan tuzilishi uning asosini tavakkalchilik tashkil etishini e’tirof etish kerak. 
Shu bois taraflar tomonidan shartnoma shartlarini buzilganda asosan etkazilgan 
zararni qoplash va neustoyka
8
shaklida amalga oshiriladi.
8
Shartnoma shartlarini buzganlik uchun javobgarlikga oid masalalarga bir necha bor yuqorida ham to'xtalib o'tildi. 
FKni qabul qilinishi bilan qonuniy neustoykalarni qo'llanishi ancha qisqardi. Uning o'rnini shartnomaviy neustoyka 
egalladi. Mahsulot yyetkazib berish shartnomasida asosan shartnomaviy neustoykani ikkala shakli qo'llanilishini 


38 
Mahsulot yetkazib beruvchining fuqarolik-huquqiy javobgarligi quyidagi 
asoslarga ko’ra vujudga keladi: 
– tovarlarni kechiktirganlik, ya’ni mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan 
tovarni sotib oluvchiga shartnomada nazarda tutilgan muddat o’tgandan so’ng, 
topshirishi (FKning 454-moddasi); 
– tovarlarni to’liq yetkazib bermaganlik, ya’ni mahsulot yetkazib beruvchi 
tomonidan sotib oluvchiga belgilangan muddatda tovarni shartnomada nazarda 
tutilganidan kam miqdorda topshirish (FKning 443-moddasi); 
– tegishli darajada sifatli bo’lmagan tovarlarni yetkazib berganlik (FKning 
451-moddasi); 
– tegishli darajada sifatli bo’lmagan tovarlarni yetkazib berganlik (FKning 
451-moddasi); 
– but bo’lmagan tovarlar yetkazib berganlik (FKning 452-moddasi). 
Mahsulot yetkazib berish shartnomasi bo’yicha sotib oluvchining 
javobgarligi esa quyidagi hollarda yuzaga keladi: 
birinchidan, qonun hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan asoslarsiz 
mahsulot yetkazib beruvchidan tovarni qabul qilib olmaganlik yoki tovarni rad 
etganlik (FKning 447-moddasi to’rtinchi qismi); 
ikkinchidan, tovarlarni shartnomada belgilangan muddatda, bunday muddat 
belgilanmagan bo’lsa, tovarlarning tayyorligi to’g’risida mahsulot yetkazib 
beruvchining bildirish xatini olganidan so’ng oqilona muddatda tanlab olmaslik 
(FKning 448-moddasi ikkinchi qismi); 
uchinchidan, shartnomada nazarda tutilgan tovarlar haqini to’lashdan asossiz 
bosh tortganlik yoki belgilangan muddatda to’lamaslik (FKning 449-moddasi 
uchinchi qismi); 
to’rtinchidan, shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, tovar 
keltirilgan ko’p marta ishlatiladigan idish va o’rash materiallarini mahsulot 
yetkazib beruvchiga belgilangan tartib va muddatlarda qaytarmaslik (FKning 450-
moddasi birinchi qismi); 
beshinchidan, shartnomani jiddiy ravishda buzganlik, shu jumladan tovarlar 
haqini to’lash muddatlarini bir necha bor buzish, tovarlarni bir necha bor olib 
ketmaslik (FKning 455-moddasi uchinchi qismi). 
Mahsulot yetkazib berish shartnomasi shartlarini buzganlik uchun 
javobgarlikni belgilash nafaqat O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi 
balki, ushbu shartnoma xo’jalik shartnomalar guruhiga kirganligi sababli “Xo’jalik 
yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida”gi 
29.08.1998 y. N 670-I Qonuni bilan ham tartibga solinadi.
Mahsulot yetkazib berish shartnomasida yoki qonun hujjatlarida boshqa 
tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, shartnomani bajarmaganlik yoki lozim darajada 
bajarmaganlik uchun “Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-
huquqiy bazasi to’g’risida”gi Qonunning 25–32-moddalarida quyidagi javobgarlik 
choralari qo’llanilishi belgilangan.
1. Mahsulotlarni yetkazib berish muddatlari kechiktirib yuborilgan, to’liq 
ko'rishimiz mumkin. Tovar yetkazib berishni yoki haqini to'lashni kechiktirgandan penya shaklida va tovar sifati, 
butligi va o'rami yuzasidan belgilangan shartlarni buzilganda jarima shaklida qo'llaniladi. 


39 
yetkazib berilmagan hollarda, mahsulot yetkazib beruvchi sotib oluvchiga 
kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi 
miqdorida penya to’laydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi yetkazib 
berilmagan tovarlar bahosining 50 foizdan oshib ketmasligi lozim. Penyani to’lash 
shartnoma majburiyatlarini buzgan tarafni tovarlarni yetkazib berish muddatlarini 
kechiktirib yuborish, to’liq yetkazib bermaslik oqibatida etkazilgan zararni 
qoplashdan ozod etmaydi. (“Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining 
shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida”gi Qonunning 25-moddasi.) 
2. Agar yetkazib berilgan mahsulotlar sifati, assortimenti va navi bo’yicha 
standartlar, texnik shartlar, namunalarga (etalonlarga) qonun hujjatlarida yoki 
xo’jalik shartnomasida belgilangan boshqa majburiy shartlarga mos kelmasa, sotib 
oluvchi mahsulotni qabul qilish hamda ularning haqini to’lashni rad etib, mahsulot 
yetkazib beruvchidan sifati, assortimenti va navi lozim darajada bo’lmagan 
mahsulotlar qiymatining 20 foizi miqdorida jarima undirib olishga, agar 
mahsulotlar haqi to’lab qo’yilgan bo’lsa, to’langan summani belgilangan tartibda 
qaytarishni talab qilishga haqlidir. Sifati, assortimenti va navi lozim darajada 
bo’lmagan mahsulotlar yetkazib berganlik uchun jarima mahsulot yetkazib 
beruvchidan aksteptsiz tartibda undirib olinadi. 
Jarimani undirish to’g’risidagi to’lov talabnomasi bank muassasasiga 
mahsulotlarning sifati, assortimenti va navi lozim darajada emasligi to’g’risidagi 
dalolatnoma tuzilgandan keyin o’n kun ichida taqdim etiladi. Jarimani undirish 
to’g’risidagi to’lov talabnomasi belgilangan o’n kunlik muddatni buzgan holda 
taqdim etilgan hollarda, jarimani undirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
(“Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi 
to’g’risida”gi Qonunning 26-moddasi.) 
3. But bo’lmagan mahsulotlar yetkazib berilgan taqdirda sotib oluvchi: 
-tovarlarni butlab berishni talab qilishga haqli. Mahsulot yetkazib beruvchi 
sotib oluvchining talabini olgan paytdan boshlab, agar taraflarning kelishuvida 
o’zga muddat belgilangan bo’lmasa, o’n besh kunlik muddat ichida tovarlarni 
butlab berishi shart; 
-bundan buyon tovarlar butlab berilguncha qadar ularning haqini to’lashdan 
bosh tortishga, agar tovarlarning haqi to’lab qo’yilgan bo’lsa, belgilangan tartibda 
to’langan summalar qaytarilishini talab qilishga haqli; 
-etishmayotgan qismlar qiymatini qo’shgan holda, mahsudot yetkazib 
beruvchidan but bo’lmagan tovarlar qiymatining 20 foizi miqdorida jarima 
undirishga haqli. 
Tovarlarni yetkazib beruvchi belgilangan muddatda tovarlarni butlab 
bermasa, sotib oluvchi but bo’lmagan tovarlarni qaytarib berishga hamda but 
bo’lmagan tovarlarni but tovarlarga almashtirishni talab qilishga haqlidir 
(“Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi 
to’g’risida”gi Qonunning 27-moddasi). 
4. Marka belgisi qo’yilmagan yoki lozim darajada markirovka qilinmagan 
tovarlarni, shuningdek idishsiz yoki o’ralmagan tovarlarni yoxud tegishli idishga 
joylanmagan yoki lozim darajada o’ralmagan tovarlarni yetkazib berganlik uchun 
mahsulot yetkazib beruvchi sotib oluvchiga bunday tovarlar qiymatining 5 foizi 


40 
miqdorida jarima to’laydi. Tovarlar qabul qilingandan keyin yana jo’natilishi yoki 
saqlanishi kerak bo’lgan hollarda sotib oluvchi jarima undirishdan tashqari, o’z 
kuchi bilan, lekin mahsulot yetkazib beruvchi hisobidan tovarlarni o’rashga va 
idishlarga joylashga, yoxud bir shahardagi mahsulot yetkazib beruvchidan 
tovarlarni o’rab berish yoki idishlarga joylab berishni talab qilishga haqlidir 
(“Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi 
to’g’risida”gi Qonunning 28-moddasi). 
5. Mahsulot yetkazib beruvchi talabiga binoan qo’yilgan Akkreditiv u amal 
qiladigan muddat ichida foydalanilmasa, mahsulot yetkazib beruvchi sotib 
oluvchiga akkreditivning foydalanilmagan summasining 5 foizi miqdorida jarima 
to’laydi. (“Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy 
bazasi to’g’risida”gi Qonunning 29-moddasi). 
6. Jo’natilgan tovarlarga oid to’lov yoki tovar-transport hujjatlarining 
nusxasini belgilangan muddatda yubormaganlik yoki tovarlar jo’natilganligi 
to’g’risidagi boshqa axborotni taqdim etmaganlik uchun mahsulot yetkazib 
beruvchi sotib oluvchiga axborot taqdim etilmagan har bir holat uchun yetkazib 
berilayotgan tovar qiymatining 1 foizi miqdorida jarima to’laydi (“Xo’jalik 
yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida”gi 
Qonunning 30-moddasi). 
7. Tovarlarni olib ketmaslik, shuningdek mahsulot yetkazib beruvchi 
shartnomada belgilangan muddatda (davrda) ularni yetkazib berganda tovarlarni 
olishni asossiz ravishda rad etganlik uchun sotib oluvchi mahsulot yetkazib 
beruvchiga tanlab olinmagan (o’z muddatida olinmagan) tovarlar qiymatining 5 
foizi miqdorida, tez buziladigan tovarlar bo’yicha esa - 10 foiz miqdorida jarima 
to’laydi. 
Tovarlar tanlab olinmagan (olish asossiz rad etilgan) hollarda, mahsulot 
yetkazib beruvchi jarima undirishdan tashqari, ushbu tovarlar mavjudligining 
kafolatlarini taqdim etgan holda, tanlab olinmagan (o’z muddatida olinmagan) 
tovarlar qiymati to’lanishi talab qilishga haqlidir (“Xo’jalik yurituvchi subyektlar 
faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida”gi Qonunning 31-moddasi). 
8. To’lov talabnomasi aksteptini asossiz ravishda butunlay yoki qisman rad 
etganlik, shuningdek hisob-kitobning boshqa shakllarida tovarlar haqini to’lashdan 
bosh tortganlik (bank muassasasiga to’lov topshiriqnomasini taqdim etmaganlik, 
chek bermaganlik, akkreditivni taqdim etmaganlik va hokazo) uchun sotib oluvchi 
mahsulot yetkazib beruvchiga o’zi to’lashni rad etgan yoki bosh tortgan 
summaning 15 foizi miqdorida jarima to’laydi. 
Yetkazib berilgan tovarlar haqini o’z vaqtida to’lamaganlik uchun sotib 
oluvchi mahsulot yetkazib beruvchiga o’tkazib yuborilgan har bir kun uchun 
kechiktirilgan to’lov summasining 0,4 foizi miqdorida, ammo kechiktirilgan to’lov 
summasining 50 foizidan ortiq bo’lmagan miqdorida penya to’laydi (“Xo’jalik 
yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida”gi 
Qonunning 32-moddasi). 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling