Toshkent davlat yuridik universiteti


Mahsulot yetkazib berish shartnomasini bekor qilish tartibi


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Mahsulot yetkazib berish shartnomasini bekor qilish tartibi. Oldi-sotdi 
shartnomalarini bekor bo’lishining umumiy asoslari FKning 455-moddasida 
mahsulot yetkazib berish shartnomasi xususiyatlaridan kelib chiqib aniqlashtirildi. 


41 
Shunday qilib shartnomani bajarishdan bir tomonlama (to’liq yoki qisman) bosh 
tortishga taraflarning biri shartnomani jiddiy buzgan taqdirda yo’l qo’yiladi. 
Mahsulot yetkazib beruvchining mahsulot yetkazib berish shartnomasini 
buzishi quyidagi hollarda jiddiy deb hisoblanishi mumkin: 
-tegishli darajada sifatli bo’lmagan, sotib oluvchi uchun maqbul muddatda 
bartaraf qilib bo’lmaydigan kamchiliklarga ega bo’lgan tovarlarni yetkazib berish; 
-tovarlarni yetkazib berish muddatlarini bir necha bor buzish.
Sotib oluvchining mahsulot yetkazib berish shartnomasini buzishi quyidagi 
hollarda jiddiy deb hisoblanishi mumkin:
-tovarlar haqini to’lash muddatlarini bir necha bor buzish;
-tovarlarni bir necha bor olib ketmaslik.
Taraflarning kelishuvida mahsulot yetkazib berish shartnomasini bajarishdan 
bir tomonlama bosh tortish yoki uni bir tomonlama o’zgartirishning boshqa 
asoslari ham nazarda tutilishi mumkin. 
Agar mahsulot yetkazib berish shartnomasini bekor qilish yoki 
o’zgartirishning boshqa muddati bildirish xatida nazarda tutilmagan yoki taraflar 
kelishuvida belgilanmagan bo’lsa, shartnoma bir taraf boshqa tarafdan shartnomani 
bajarishdan to’la yoki qisman bir taraflama bosh tortish to’g’risida bildirish xati 
olgan paytdan boshlab o’zgartirilgan yoki bekor qilingan hisoblanadi. 
Shartnomani bekor qilish vaqtida zararni hisoblash hisoblash masalasi juda 
muhim ahamiyat kasb etadi.
Agar sotuvchi tomonidan majburiyat buzilganligi oqibatida shartnoma bekor 
qilinganidan keyin oqilona muddat ichida sotib oluvchi shartnomada nazarda 
tutilgan tovar o’rniga boshqa shaxsdan birmuncha yuqori, ammo oqilona bahoda 
tovar sotib olsa, sotib oluvchi sotuvchidan shartnomada belgilangan baho bilan 
uning o’rniga tuzilgan bitimdagi baho o’rtasidagi farqdan iborat zararni qoplashni 
talab qilishi mumkin. Agar sotib oluvchi tomonidan majburiyat buzilganligi 
oqibatida shartnoma bekor qilinganidan keyin oqilona muddat ichida sotuvchi 
tovarni boshqa shaxsga shartnomada nazarda tutilganidan birmuncha pastroq, biroq 
oqilona bahoda sotgan bo’lsa, sotuvchi sotib oluvchidan shartnomada belgilangan 
baho bilan uning o’rniga tuzilgan bitimdagi baho o’rtasidagi farqdan iborat zararni 
qoplashni talab qilish huquqiga ega. 
Agar yuqoridagi asoslar bo’yicha shartnoma bekor qilinganidan keyin uning 
o’rniga boshqa bitim tuzilmagan va tovarning joriy bahosi mavjud bo’lsa, taraf 
shartnomada belgilangan baho bilan shartnoma bekor qilingan paytdagi joriy baho 
o’rtasidagi farqdan iborat zararni qoplash to’g’risida talab qo’yishi mumkin 
bo’ladi. 
Tovar topshirilishi lozim bo’lgan joyda odatda o’xshash sharoitlarda bir xil 
tovar uchun undiriladigan baho joriy baho deb e’tirof etiladi. Agar bu joyda joriy 
baho mavjud bo’lmasa, tovarni tashish xarajatlaridagi farqni hisobga olgan holda 
boshqa joydagi uning o’rnini bosa oladigan oqilona joriy bahodan foydalanadi. 
Bunday talablarni qondirish o’z majburiyatini bajarmagan yoki lozim 
darajada bajarmagan tarafni boshqa tarafga etkazgan o’zga zararni qoplashdan 
ozod qilmaydi. (FKning 456-moddasi). 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling