Toshkent davlat yuridik universiteti
Shartnomaning shakli va tuzish tartibi
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sulpa in contrahendo
Shartnomaning shakli va tuzish tartibi. Mahsulot yetkazib berish
shartnomasini shakli va tuzish tartibiga doir masala FKda uning o’ziga xos xususiyatini inobatga olgan holda atroflicha ochib berilgan. Aksariyat hollarda ushbu shartnoma yozma shaklda tuziladi. Ammo shartnomalar shakliga nisbatan o’rnatilgan umumiy qoidalardan kelib chiqib, mahsulot yetkazib berish shartnomasi og’zaki shaklda tuzilishi ham mumkin. Uning faqat yozma shaklda tuzilishi shart deb belgilanishi noto’g’ri bo’ladi. Misol uchun shartnoma agarda eng kam oylik ish haqining 10 baravaridan kam summaga tuzilsa hamda shartnoma taraflari yuridik shaxs tuzmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslar bo’lsa ular o’rtasidagi shartnoma og’zaki shaklda tuzilishi mumkin. Bunda hech qanday qonunbuzarlikka yo’l qo’yilmagan bo’ladi. Amaliyotda bunga o’xshash holatlarni kuzatish mumkin. Ulgurji savdo bozorlarida savdo qilayotgan sotuvchi- tadbirkorlar sotib oluvchi-tadbirkorlarga aholiga do’konlari orqali sotishlari uchun tovarlari sotganda og’zaki shaklda shartnoma tuzilishini ko’p uchratganmiz. Ammo xo’jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini tartibga solish maqsadida FKda 439-moddasi o’rnatilgan bo’lib, uning talablari ushbu shartnomani yozma 34 shaklda tuzilish tartibini belgilaydi. Bu talablar taraflar shartnomani yozma shaklda tuzish uchun kelishganda va shartnoma shartlariga nisbatan o’rtaligida kelishmovchiliklar yuzaga kelganda amal qiladi. Jumladan, oferent yuborgan shartnoma loyihasining aksteptini emas, balki qarshi ofertani olganda 30 kunlik muddatda shartnoma shartlarini kelishish choralarini ko’rishi (imkoniyat bo’lsa, boshqa taraf bilan birgalikda) yoki shartnoma tuzishni rad etishini boshqa tarafga yozma ravishda bildirishi lozim bo’ladi. Albatta bunday 30 kunlik muddat oferent ilk bor yuborgan shartnoma loyihasini olgan aksteptantga ham beriladi. Ya’ni, mahsulot yetkazib berish shartnomasi shartlari bo’yicha kelishmovchiliklar bayonnomasini olgan, biroq shartnoma shartlarini kelishish choralarini ko’rmagan va shartnoma tuzishni rad etishni 30 kunlik muddatda boshqa tarafga ma’lum qilmagan taraf shartnoma shartlarini kelishib olishdan bosh tortish oqibatida etkazilgan zararni qoplashga majbur bo’ladi. Sulpa in contrahendo (so’zma so’z tarjima qilganda “shartnoma tuzish jarayonidagi ayb”) deb nomlangan bu holat shartnomadan tashqari zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar (delekt)ga misol bo’la oladi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling