Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
Shartnomaning mazmuni. Ma’lumki, har qanday fuqarolik-huquqiy
shartnomalarning, shu jumladan mahsulot yetkazib berish shartnomasining mazmunini taraflarning huquq va majburiyatlari tashkil etadi. Sotuvchining majburiyatlariga sotib oluvchiga tovarlarni to’liq barcha kerakli jihozlari va hujjatlari bilan kelishilgan miqdorda, assortimentda va komplektda, belgilangan sifatdagi, o’ramdagi va turdagi shuningdek uchinchi shaxslarning huquqlaridan xoli holda topshirishi kiradi. FKning 440, 441 va 442-moddalari mazmunidan mahsulotni yetkazib berish sotuvchining zimmasida ekanligi anlashiladi. Shunday ekan bundan kelib chiqib agar tovarni yetkazib berilishi haqida shartnomada hech qanday shartlar belgilanmagan bo’lsa tovarni yetkazib berish majburiyati sotuvchi zimmasida bo’ladi. Mahsulot yetkazib beruvchi shartnomada belgilangan shartlarga muvofiq yetkazib berishi lozim. Jumladan, tovarlarni birdaniga hammasini yetkazib berish majburiyati yuklatilgan bo’lsa, ularni shartnomada belgilangan vaqtda, uning sifatiga, assortimentiga va boshqa tovarga nisbatan belgilangan talablarga javob beradiganini sotib oluvchiga yetkazib beradi. Agar taraflar tovarlarni shartnomaning amal qilish muddati mobaynida turkum-turkum qilib yetkazib berishni nazarda tutgan bo’lsalar va unda alohida turkumlarni yetkazib berish muddatlari (yetkazib berish davrlari) belgilangan bo’lsa ushbu belgilangan muddatlar etazib berishi shart. Agarda bunday muddat belgilanmagan bo’lsa, tovarlar har oyda bir xil turkumlarda yetkazib berilishi lozim. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ushbu munosabatni tartibga solishga qaratilgan qonun hujjatlarida hamda majburiyatning o’ziga xos mohiyati va mazmuni yoki ish muomalasi odatlari boshqacha tartibni nazarda tutmagan bo’lsa yuqoridagi muddatlarda, nazarda tutilgan bo’lsa ushbu shartlarga asosan amalga oshirilishi kerak. Shartnomada mahsulot yetkazib berish davrlarini belgilash bilan bir qatorda tovarlarni yetkazib berish (o’n kunlik, sutkalik, soatlik va hokazo) jadvali ham 35 belgilanishi mumkin. Bunday jadvallarni belgilanishi juda muhim sababi ushbu shartnoma tovarlar oldi-sotdisini ta’minlovchi asosiy xo’jalik shartnomasi bo’lgani tufayli uning qoidalari qanchalik aniqlik bilan tuzilsa, majburiyatlar aniq belgilansa shartnoma yuzasidan tushunmovchiliklar bo’lmasa tovarlarning savdo aylanmasi shunchalik tez bo’ladi natijada barcha foyda ko’radi. Tovarlar shartnomada belgilangan muddatdan oldin yetkazib berilishiga faqat sotib oluvchining roziligi bilangina yo’l qo’yiladi. Bunga sabab mahsulot yetkazib berilganda uni saqlash, realizastiya qilish tegishli tayyorgarlikni va xarajatlarni talab qiladi. Tovar muddatidan ilgari yetkazib berilishi sotib oluvchiga turli muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Misol uchun saqlash uchun joyi va imkoniyati bo’lmasligi mumkin. Shuningdek yuqorida aytganimizdek sotib oluvchi rozi bo’lsa, ya’ni unga tovarlarni mudddatidan oldin yetkazib berilishi hech qanday muammolarni yuzaga keltirmasa, balki aksincha juda xaridorgir tovar bo’lsa uni qabul qilishga hech ikkilanmaydi. Muddatidan oldin yetkazib berilgan va sotib oluvchi tomonidan qabul qilingan tovarlar keyingi davrda yetkazib berilishi lozim bo’lgan tovarlar miqdoriga kiritiladi. Shartnomada tovarlarni yetkazib berish tartibini kelishib olinishi juda muhim. Aksariyat hollarda bunday majburiyat mahsulot yetkazib beruvchi zimmasiga yuklatiladi. Tovarlarni yetkazib berish mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan tovarlarni shartnoma bo’yicha sotib oluvchiga yoki shartnomada oluvchi sifatida ko’rsatilgan shaxsga jo’natish (topshirish) yo’li bilan amalga oshiriladi. Mahsulot yetkazib berish shartnomasida tovarlarni oluvchilarga jo’natish to’g’risida sotib oluvchining sotuvchiga ko’rsatmalar berish huquqi (jo’natish raznaryadkasi) nazarda tutilgan hollarda, mahsulot yetkazib beruvchi tovarlarni jo’natish raznaryadkasida ko’rsatilgan oluvchilarga jo’natadi (topshiradi). Jo’natish raznaryadkasi – mahsulot yetkazib beruvchiga yozma shaklda sotib oluvchi tomonidan belgilangan shaxslarga topshirish uchun yetkazib berilishi kerak bo’lgan tovarlarni bir yo’la yoki belgilangan grafik asosida ortib yuborish (jo’natish) yoki topshirish bo’yicha ko’rsatmani o’zida ifoda etadi. Bu esa o’z navbatida, mahsulot etazib beruvchiga ham qulayliklarni keltirib chiqaradi. Jumladan, mahsulot yetkazib beruvchi tovarlarni aniq, o’z vaqtida yetkazib berishi belgilansa boshqa tomondan qulayligi o’z ishini tartibli olib borishga asos bo’ladi. Bu esa, bir yo’la bir necha mijoz buyurtmasini vaqt va transport xarajatlarini kamroq qilgan holda yetkazib berilishiga olib keladi. Shuningdek, shartnoma shartlariga rioya qilinishi ta’minlanadi va bir qatorda tovarni yetkazib berilganlik uchun qo’shiladigan qiymati kamayishi hisobiga tovarlar tannarxining ham kamayishiga olib keladi. Jo’natish raznaryadkasining mazmuni va muddati mahsulot yetkazib berish shartnomasida belgilanadi. Ayrim hollarda jo’natish raznaryadkasini yuborish muddati shartnomada nazarda tutilmasligi ham mumkin 7 . Bunga sabab shartnoma konsensual xarakterda bo’lganligi tufayli va shartnoma mazmunidan kelib chiqib 7 Mahsulot yetkazib berish shartnomasi tovarlarni turkum-turkum qilib yetkazib berish sharti bilan bir oydan kam muddatga tuzilgan bo'lsa tovarlarni shartnomada taraflarning kelishuviga ko'ra, agar bunday kelishuv bo'lmasa bunday muddatlar ish muomalasi odatlariga ko'ra belgilanishi kerak bo'ladi. 36 sotib oluvchi ushbu muddatni aniq belgilashga ikkilanishi mumkin. Bunday hol- larda sotib oluvchi zimmasiga mahsulot yetkazib beruvchini mahsulot yetkazib berish davri boshlanishidan kamida 30 kun oldin jo’natish raznaryadkasining aniq muddatlarni ma’lum qilishi ya’ni yuborishi lozim bo’ladi. Sotib oluvchining belgilangan muddatda jo’natish raznaryadkasini taqdim qilmasligi mahsulot yetkazib beruvchiga yo mahsulot yetkazib berish shartnomasini bajarishdan bosh tortish, yoki sotib oluvchidan tovarlar haqini to’lashni talab qilish huquqini beradi. Bundan tashqari mahsulot yetkazib beruvchi jo’natish raznaryadkasini taqdim qilmaslik tufayli etkazilgan zararni to’lashni talab qilishga haqli (FK 441-modda). Tovarlarni olib borib berish yetkazib beruvchi tomonidan ularni mahsulot yetkazib berish shartnomasida nazarda tutilgan transportda va unda belgilangan shartlarda jo’natish yo’li bilan amalga oshiriladi. Mahsulot yetkazib beruvchi sotib oluvchiga shartnomada belgilangan miqdordagi tovarlarni yetkazib berishi shart. Tovar miqdorini aniqlash usullari oldi-sotdi shartnomasiga nisbatan o’rnatilgan umumiy qoidalar bilan deyarli bir xil. Ammo mahsulot yetkazib berish shartnomasida tovarning miqdorini aniq shartnomada belgilanganidek etkazilishini ta’minlash qoidalaridan chetga chiqish mumkin. Ya’ni mahsulotni yetkazib berilishi holatidan kelib chiqib uning miqdori aniqlanishi mumkin. Misol uchun qoplanmagan (50 yoki 100 kg.dan alohida qoplarga solinmagan ya’ni rasfasofka qilinmagan) 10 tonna stement yoki 1 stisterna o’simlik yog’ini yetkazib berilayotganda plyus-minus 0,1% dan 5% gacha kam yoki ko’p yetkazib berilishi mumkin. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling