Toshkent davlat yuridik universiteti
Sotib oluvchining huquq va majburiyatlari
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
Sotib oluvchining huquq va majburiyatlari. Shartnomaga berilgan ta’rifni
tahlil etib, sotib oluvchi unga yetkazib berilayotgan tovar tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun mo’ljallangan bo’lishini talab etishga haqlidir. Bunday sotuvchi zimmasidagi majburiyat ushbu shartnomada mahsulot yetkazib beruvchi sifatida qatnashuvchi tarafning avvalo tadbirkorlik subyekti bo’lishi va ayniqsa ushbu faoliyat bilan shug’ullanish uchun vakolatli bo’lishi bilan izohlanadi. Tovarlar sotib oluvchiga vaqtida etkazilishi shart. Agar tovarning yetkazib berish muddati o’tkazib yuborilgan bo’lsa, sotib oluvchi ushbu tovarlarni qabul qilishni rad etishga haqli bo’ladi. Tovarlarni qabul qilishni rad etishning ham o’ziga xos tartibi mavjud. Rad etish bildirish xatini topshirish orqali amalga oshiriladi. Ya’ni sotib oluvchi tovar yetkazib beruvchini tovarlarni qabul qilmasligi haqida yozma holda xabardor qilishi talab etiladi. Bildirish xati ikki nusxada tuzilib, bittasi mahsulot yetkazib beruvchiga beriladi. Ikkinchisi esa ushbu bildirish xatini topshirilganligini tasdiqlash uchun sotib oluvchida saqlanadi. Mahsulot yetkazib beruvchi bildirish xati orqali xabardor qilinguniga qadar yetkazib bergan tovarlarini sotib oluvchi qabul qilishini va ularni haqini to’lashini talab qilish huquqiga ega. Yetkazib berilgan tovar haqini to’lashdan bosh tortishi yoki to’lashni kechiktirishiga qonun yo’l qo’yilmaydi. Bu borada ushbu norma dispozitivligini etiborda tutish lozim. Ya’ni shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilishi ham mumkin. Jumladan, shartnomada tovarlarni jo’natish raznoryadkasi bo’yicha shartnoma shartlarini aniq bajarilishi yuzasidan qat’iy shartlar belgilab qo’yilgan bo’lsa, tovarni qabul qilishni rad eta olmaydi. Rad etgan taqdirda mahsulot yetkazib beruvchi ko’rgan barcha 37 zararlarni qoplashi shart bo’ladi. Shu bois sotib oluvchi (oluvchi) shartnomaga muvofiq yetkazib berilgan tovarlarning qabul qilinishini ta’minlaydigan barcha zarur harakatlarni amalga oshirishi lozim. Jumladan yetkazib berilgan tovarlarni tez va sifatli qabul qilish uchun sharoitlarni yaratib qo’yishi. Tovarni turib qolmasligini ta’minlashi shart. Yetkazib berilgan tovarni tekshirib uning sifatini aniqlashni ham shu turdagi tovarlarni aniqlash va sifatini tekshirish uchun odatda ketadigan vaqtdan o’tib ketmasligini ta’minlashi kerak. Albatta bunday talablarni barchasini qonunda aks ettirilishi juda qiyin shu bois bunday talablar to’g’ri bajarilganini yoki bajarilmaganini aniqlash sotib oluvchi (oluvchi) tomonidan qabul qilingan (yoki qabul qilinishi kerak bo’lgan) tovarlarni qonun hujjatlarida (FKda, alohida qabul qilingan qonunlarda, VMning qarorlarida shuningdek turli nizomlarda), mahsulot yetkazib berish shartnomasida yoki ish muomalasi odatlarida belgilangan muddat (yoki maddatlar)da ko’zdan kechirishi talab etiladi. Ushbu ko’zdan kechirish natijasida tovarlar miqdori va sifati yuzasidan aniqlangan nomuvofiqliklari va kamchiliklari to’g’risida tovar yetkazib beruvchini darhol yozma ravishda xabardor qilishi lozim. Darhol degan so’zni izohlaganda shuni e’tiborga olish kerakki, sotib oluvchi o’zining maksimal imkoniyatlarini ishlatgan holda o’ta mas’uliyatlilik bilan bunga yondashib, imkoni boricha qisqa muddatda yozma (faks, internet, telegramma hamda pochta orqali) yoki zarurat taqazo etsa og’zaki (telefon orqali shuningdek modemogramma) shaklda zarur ma’lumotni taqdim etishi anglashiladi. Yetkazib berilgan tovarlar transport tashkilotidan olingan taqdirda sotib oluvchi (oluvchi) tovarlarning transport va yuk hujjatlarida ko’rsatilgan ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirishi, shuningdek bu tovarlarni transport tashkilotidan belgilangan qoidalarga rioya etgan holda qabul qilishi lozim. Transport tashkiloti yetkazib berilgan tovarga qo’yilgan talablar (tovar sifati, turi va assortimenti hamda ishlab chiqarish braki) uchun javob bermaganligi bois, sotib oluvchi mahsulot yetkazib berish shartnomasiga muvofiq mahsulot yetkazib beruvchi unga topshirish uchun yuborgan tovarlarni saqlash uchun mas’ul bo’lmaydi. Chunki uning majburiyati faqat tovarlarni unga qanday topshirilgan bo’lsa shunday topshirishdan iborat. Sotib oluvchi unga yetkazib berilgan tovarlarni qabul qilishni rad etgan taqdirda ushbu tovarlarning toki mahsulot yetkazib beruvchi olib ketmagunga (yoki olib ketish chorasini ko’rmagunga) qadar but saqlanishini ta’minlashi (mas’uliyatli saqlash) shart bo’ladi. Tovarlar yuzasidan e’tirozni va nima sababdan tovar rad etilayotganini darhol mahsulot yetkazib beruvchi xabardor bo’lishi yuzasidan barcha choralarni ko’rishi shart bo’ladi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling