Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
Nazorat uchun savollar:
42 1.MEBSh o’zining murakkabligi, tuzilishida o’ziga xos tartibotga bo’ysunishi, shartnoma tuzish va bajarish muddatlarining alohida qoidalarga amal qilishi bilan ajralib turadi. Mahsulot yetkazib berish shartnomasini tuzish tartibi va muddatlari bilan turdosh shartnomalardan nimasi bilan farq qiladi. 2.MEBSh buzganlik uchun javobgarlik qoidalari bir vaqtning o’zida FK va joriy qonunlarda belgilangan. Aytingchi, bu borada Fk va joriy qonunlar o’rtasidagi nisbat qanday, MEBSh uchun qanday javobgarlik choralarini qo’llash ma’qulroq. Bu borada mamlakatimizda amalga oshirilgan eng muhim islohot nimadan iborat edi? 3. Ijtimoiy ta’minot listeyi akstionerlik jamiyati bilan tuzgan shartnomaga ko’ra, AJ 1 avgustgacha sinfxonalarga o’rnatish uchun AQShda ishlab chiqarilgan 15 ta kompyuter yetkazib berishi kerak edi. AJ o’z majburiyatlarini bajarmadi va listey unga nisbatan shartnomada nazarda tutilgan yetkazib berilmagan tovarlar miqdorining 4% miqdorida neustoyka to’lash to’g’risidagi da’vo qo’zg’atdi. Nizoni ko’rish jarayonida taraflar o’rtasida tuzilgan shartnomada yetkazib berilishi kerak bo’lgan kompyuterlarning aniq markasi, konfigurastiyasi va komplekti ko’rsatilmaganligi, shuningdek ularning sifatiga bo’lgan talab va ularni belgilash tartibi o’rnatilmaganligi aniqlandi. Shartnomada, shartnomaning predmeti va etkazilishi lozim bo’lgan tovar to’g’risidagi shartlar bo’lmaganligi tufayli xo’jalik sudi shartnomani tuzilmagan deb hisobladi va da’voni rad etdi. Shartnoma tuzilmagan deb hisoblanganda qanday huquqiy oqibat vujudga kelishi mumkin?Xo’jalik sudining qarori to’g’rimi? 4. Qandolatchilik kombinati xo’jalik sudiga zavod bilan kombinat o’rtasida tuzilgan un yetkazib berish to’g’risidagi shartnomaga o’zgartirish kiritish to’g’risida da’vo arizasi bilan murojaat qildi. Sotib oluvchi da’vo arizasida shartnomada nazarda tutilgan o’ziga yetkazib berishi kerak bo’lgan unning miqdori kam chiqqanda yoki sifati lozim darajada bo’lmaganda, kombinat tomonidan chaqirilgan zavod vakili kelmagan har bir holat uchun sankstiya belgilanishini taklif qildi, xo’jalik sudi da’vogarning talabini qanoatlantirdi va unning miqdori tejalishiga asos bo’ladi degan maqsadda shartnomaga zavod vakilining har bir kelmagan holati uchun jarima belgilash to’g’risidagi shartni kiritdi. Mahsulot yetkazib berish shartnomasida qo’shimcha sankstiyalar o’rnatish tartibi qanday? Xo’jalik sudi to’g’ri qaror chiqarganmi? Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling