Toshkent davlat yuridik universiteti
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-§. TOVARLAR YETKAZIB BERISH BO`YICHA DAVLAT KONTRAKTI
Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 1. Kamalov O.A. Mahsulot yetkazib berish shartnomasi yuzasidan kelib chiqadigan majburiyatlar. – T.: IIV akademiyasi, 2015. – 136 b. 2. Kamalov O.A. Mahsulot yetkazib berish bo’yicha shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish. – T.: IIV akademiyasi, 2015. – 134 b. 4-§. TOVARLAR YETKAZIB BERISH BO`YICHA DAVLAT KONTRAKTI 43 Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish bo`yicha davlat kontrakti va davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasi tushunchasi va huquqiy belgilari. Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish bo`yicha davlat kontrakti asosida, shuningdek uning asosida tuziladigan davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadigan, davlat byudjeti va moliyalashning byudjetdan tashqari manbalari hisobiga ta’minlanadigan O`zbekiston Respublikasining ehtiyojlari davlat ehtiyojlari deyiladi. Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish borasidagi munosabatlarga mahsulot yetkazib berish shartnomasining qoidalari ham tatbiq etiladi. Bundan tashqari davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berishni tartibga soladigan boshqa qonun hujjatlar ham mavjud. Davlatning faoliyati fuqarolik huquqi bilan amalga oshiriladigan munosabat bilan cheklanmay, undanda kengroq munosabatlarni qamrab oladi. Davlatning asosiy funkstiyalaridan biri bu aholini turli tovarlarga bo`lgan ehtiyojlarini ta’minlash uchun barcha choralarni ko`rishidir. Ya’ni davlat bu ishlarni to`g’ri yo`lga qo`yish majburiyatiga ega. Hozirgi kunda buning umumiy ikki yo`li mavjud: - birinchidan, barcha ishlar davlat va uning mutasaddi tashkilotlari orqali bajarilishi; - ikkinchidan, tadbirkorlikka keng imkoniyat yaratib, bu ishlarni amalga oshirishni yuridik va jismoniy shaxslar ( yakka tadbirkorlar) ga yuklashi va ular faoliyatini qonunlar orqali tartibga solib, uni nazorat qilish orqali. Hozirgi kunda tadbirkorlikka keng imkoniyatlar yaratilayotgan bir vaqtda aholining turli xildagi tovarlarga bo`lgan deyarli barcha ehtiyojlarini tadbirkorlik subyektlari ta’minlamoqda. Ammo deyarli degan so`zning zamirida davlatning strategik ahamiyat kasb etadigan mahsulotlarni ya’ni turli yoqilg’i – moylash materiallari, oziq – ovqat mollari, dori – darmon vositalari va boshqa davlatning moddiy ehtiyojlarini ta’minlovchi tovarlarni, jumladan, tegishli iqtisodiy va siyosiy ( tashqi va ichki ) faoliyatni olib borish, davlat boshqaruv apparatini moddiy va texnik ta’minlash hamda saqlash, davlat xavfsizligi va mudofaa ishlari uchun, ularning qudratini oshirish uchun, ijtimoiy-madaniy ishlar uchun xullas barcha davlatning asosiy ehtiyojlarini ta’minlanishi uchun davlat o`zi sarf-xarajat qiladi. Ya’ni oldi-sotdi munosabatlarga bilvosita va bevosita kirishadi. Bevosita tovarlar yetkazib berish to`g’risidagi davlat kontrakti tuzish orqali. Bilbosita davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasi tuzish orqali. Ikkala shartnoma ham ulgurji oldi-sotdi shartnomasi turkumiga kiradi. Shuningdek ular xo`jalik shartnomasi hisoblanadi 9 . Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling