Toshkent davlat yuridik universiteti
Tovarlar yetkazib berish to`g’risidagi davlat kontrakti va davlat
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi huquqiy belgisi
Tovarlar yetkazib berish to`g’risidagi davlat kontrakti va davlat
ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasining huquqiy belgilari. 9 Ushbu shartnoma ho'jalik shartnomasi hisoblanganligi tufayli bu munosabatlar O'zbekiston Respublikasining “Ho'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g;risida”gi qonuni bilan tartibga solinadi. 44 Tovarlar yetkazib berish to`g’risidagi davlat kontrakti va davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasi huquqiy belgilari oldi-sotdi shartnomasining umumiy qoidalarida belgilangan huquqiy belgilar bilan bir xil. Jumladan, Birinchi huquqiy belgisi shartnoma ikki tomonlamaligi. Ya’ni shartnomada ishtirok etayotgan ikkala tarafda ham huquq, ham majburiyat yuzaga keladi. Ikkinchi huquqiy belgisi shartnoma haq baravariga tuziladi. Uchinchi huquqiy belgisi konsensual shartnomalar turiga kiradi. Ya’ni, taraflar o`zaro kelishgan va ular o`rtasidagi ushbu kelishuv qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shaklda rasmiylashtirilgan paytdan boshlab taraflarda huquq va majburiyatlar yuzaga keladi. Tovarlar yetkazib berish to`g’risidagi davlat kontrakti va davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasining o`ziga xos hususiyatlari. 1. Shartnoma predmeti bo`lgan tovar bilan birga unga bo`lgan mulkiy huquq ham sotuvchidan sotib oluvchi (davlat) ga o`tadi. 2. Shartnomada sotuvchi sifatida faqat tadbirkor (yuridik va jismoniy shaxs) qatnashsa, sotib oluvchi sifatida esa tovarlar yetkazib berish to`g’risidagi davlat kontraktida davlat buyurtmachisi (O`zbekiston Respublikasi) va davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomalari faqat davlat (shuningdek, maxsus vakolatli davlat tashkilot va muassalari) ishtirok etadi. 3. Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasi mahsulot yetkazib berish shartnomasining bir turi bo`lib hisoblanadi. Sotuvchi ishlab chiqaradigan yoki sotib oladigan tovarlarni yetkazib berishi yuzasidan shartnoma tuzadi. 4. Shartnoma asosan uzoq muddatga tuziladi. 5. Shartnoma ko`p hollarda tendir ya’ni tanlov asosida tuziladi. Bunda davlat organi davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish yuzasidan tanlov e’lon qiladi va tanlovda g’olib chiqqan shaxs bilan davlat kontrakti tuziladi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling