Kontraktastiya shartnomasini huquqiy asoslari. Qishloq xo`jalik
mahsulotlarini etishtirib berish, qayta ishlash va xarid qilish bilan bog’liq
munosabatlar normativ-huquqiy hujjatlarda mustahkamlangan.
Masalan: Fuqarolik kodeksi (465-467-moddalari), Yуr kodeksi, Mulkchilik,
Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari, Ijara, Qishloq xo`jaligi kooperativi
(shirkat xo`jaligi), Fermer xo`jaligi, Dehqon xo`jaligi, Suv va suvdan foydalanish
to`g’risida hamda Xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-
huquqiy bazasi to`g’risidagi qonunlar, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining
2003 yil 24 martdagi “Qishloq xo`jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng
muhim yo`nalishlari to`g’risida” PF–3226-son Farmoni, Vazirlar Mahkamasining
2003 yil 19 fevraldagi “Paxta xom ashyosi yetishtirishda bozor prinsiplarini
amalga oshirish va uni yetishtirishni tashkil yetishni yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to`g’risida” 93-son Qarori va 2003 yil 4 sentyabrdagi 383-son
Qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan
tayyorlov, xizmat ko`rsatish tashkilotlari o`rtasida shartnomalar, tuzish, ularni
ro`yxatdan o`tkazish, bajarish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringini olib
borish tartibi to`g’risida Nizom.
Kontraktastiya shartnomasiga muvofiq, qishloq xo`jalik mahsulotini
yetishtiruvchi qishloq xo`jaligi mahsulotini qayta ishlash yoki sotish uchun
bunday mahsulotni xarid qiladigan shaxsga – tayyorlovchiga shartlashilgan
muddatda topshirish (topshirib turish) majburiyatini oladi, tayyorlovchi esa bu
mahsulotni qabul qilish (qabul qilib turish), uning haqini shartlashilgan muddatda
muayyan bahoda to`lash (to`lab turish) majburiyatini oladi (FKning 465-
moddasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |