Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kontraktatsiya shartnomasi tuzish, o`zgartirish va bekor qilish tartibi.
Masalan,
tayyorlovchi zimmasiga qishloq xo`jalik mahsulotini 52 etishtiruvchidan u joylashgan yerda qabul qilish majburiyati yuklatiladi. Agar qishloq xo`jalik mahsulotini tayyorlovchi ko`rsatgan yoki joylashgan yerda qabul qilib olishga kelishilgan bo`lsa, mahsulotni qabul qilib olishdan bosh tortishga yo`l qo`yilmaydi; kontraktatsiya shartnomasi davlat tomonidan o`rnatilgan rejaga asoslangan bo`ladi. Shartnoma predmeti, uning miqdori, bahosi va boshqa shartnoma shartlari oldindan belgilanadi. Agar xo`jalik bilan tayyorlovchi o`rtasidagi munosabatlar davlat rejasiga asoslanmagan bo`lsa, vujudga kelgan shartnoma munosabatlari oldi-sotdi yoki mahsulot yetkazib berish shartnomasi maqomiga ega bo`ladi; davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish bo`yicha davlat kontrakti shartnomasi bilan kontraktastiya shartnomasining farqi shundaki, kontraktastiya shartnomasi xo`jalikning tashabbusi bilan, davlat buyurtmasidan ortiqcha etishtirilgan mahsulotlarni sotish uchun tuziladi va unda mahsulotni xarid narxi kelishilgan miqdorda belgilanadi. Davlat kontrakti bo`yicha tuzilgan shartnomada esa davlat vakolat bergan tayyorlovchi tashkilot tomonidan xo`jaliklar bilan belgilangan miqdorda va xarid narxida amalga oshiriladi; kontraktatsiya shartnomasi bo`yicha majburiyatlarni bajarmaganlik uchun dehqon, fermer va shirkat xo`jaliklarining javobgarligini hal yetishda xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlarning o`z majburiyatlarini qay darajada bajarganliklari ham e’tiborga olinadi. Xususan, Nizomning 79-bandida xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlarning ham javobgarligi belgilangan. Kontraktatsiya shartnomasi tuzish, o`zgartirish va bekor qilish tartibi. Kontraktatsiya shartnomalarini tuzish bevosita xo`jaliklarda amalga oshiriladi. Kontraktatsiya shartnomalari, shuningdek moddiy-texnika resurslari yetkazib berish va xizmatlar ko`rsatish (ishlarni bajarish) yuzasidan tuzilgan shartnomalar xo`jaliklarning biznes-rejalarida nazarda tutilgan hajmlardan kelib chiqqan holda, agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish boshlanishidan bir oy oldin, ammo kalendar yil boshlanishidan kechikmay tuzilishi lozim. Shartnoma tuzishda tayyorlovchi vakolatli vakilini xo`jalikka yuboradi. Tayyorlovchi kontraktastiya shartnomasi loyihalarini xo`jaliklarga, agar ular shartnoma tuzishga rozi bo`lsalar, pochta orqali yuborishi mumkin. Xo`jalik tayyorlovchining vakili xo`jalikka kelgan kundan boshlab yoki shartnoma loyihasi pochta orqali olingandan keyin yetti kun mobaynida shartnomani imzolashga va uni tayyorlovchiga qaytarishi shart. Agar shartnoma shartlari bo`yicha xo`jalikda e’tirozlar paydo bo`lsa, xo`jalik xuddi shu muddatda kelishmovchiliklar bayonnomasini tuzadi va imzolangan shartnomani kelishmovchiliklar bayonnomasining ikki nusxasi bilan birgalikda tayyorlovchiga yuboradi. Tayyorlovchi kelishmovchiliklar bayonnomasini olgach besh kun ichida uni ko`rib chiqishga qabul qilingan takliflarni shartnomaga kiritishga, nizoli masalalarni esa xuddi o`sha muddatda ko`rib chiqish uchun xo`jalik sudiga berishga majburdir. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling