Toshkent davlat yuridik universiteti


Shartnoma uch nusxada tuziladi va imzolanadi


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Shartnoma uch nusxada tuziladi va imzolanadi. Tuzilgan shartnoma 
imzolangan vaqtdan boshlab uch kun davomida tayyorlov yoki xizmat ko`rsatish 


53 
tashkilotlari tomonidan tuman qishloq va suv xo`jaligi bo`limiga ro`yxatdan 
o`tkazish uchun taqdim etiladi. Shartnoma tuman qishloq va suv xo`jaligi 
bo`limida belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tkaziladi. Agar shartnoma belgilangan 
talablarga muvofiq bo`lmasa, ro`yxatdan o`tkazishni rad etish to`g’risida qaror 
chiqariladi. Shartnomani ro`yxatdan o`tkazish rad etilgan taqdirda tayyorlov va 
xizmat ko`rsatish tashkilotlari shartnomadagi kamchiliklarni bartaraf etib, uch kun 
muddatda uni takroran taqdim etishi shart. 
Kontraktastiya shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Shartnoma taraflarning 
o`zaro erkinligi va kelishuviga muvofiq imzolanadi va taraflar yuridik shaxs 
bo`lsa, ularning muhri bilan yoki notarial idoralar tomonidan tasdiqlanadi. 
Kontraktastiya shartnomasi taraflarning kelishuviga binoan o`zgartirilishi 
mumkin. 
Kontraktastiya shartnomasi xo`jalik va tayyorlovchining kelishuviga ko`ra, 
qoida tariqasida bir yil muddatga tuziladi. 
Kontraktastiya shartnomasida quyidagi shartlar ko`rsatilishi lozim: 
mahsulotning nomi, assortimenti, miqdori (mahsulotlar turlari bo`yicha), 
sifati, narxi, shartnomaning umumiy summasi, yetkazib berish tartibi va shartlari, 
mahsulotni topshirish, qabul qilish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko`rsatish) 
punktlari va davrlari (muddatlari); 
tayyorlovchi tomonidan bevosita xo`jalikning o`zida qabul qilinib, 
o`zining yoki jalb etilgan transport bilan tashib ketiladigan mahsulot miqdori
qishloq xo`jalik mahsulotlarini xarid qilish hajmlariga muvofiq kontraktastiya 
shartnomasi bo`yicha sotilishi kerak bo`lgan mahsulotning xo`jalikda qayta 
ishlangan miqdori; 
idishga, markirovka qilishga, o`rash va joylashtirishga qo`yiladigan 
talablar; 
tayyorlovchining mahsulotni o`z vaqtida qabul qilish va belgilangan 
narxlar bo`yicha to`lashga doir majburiyatlari; 
hisob-kitoblar tartibi, shakli va muddatlari, tomonlarning to`lov, pochta 
hamda yuklab jo`natish rekvizitlari; 
qishloq xo`jaligi mahsulotlarini etishtirishni tashkil etishda va 
tayyorlovchining qabul punktida transportda tashishida xo`jaliklarga yordam 
ko`rsatish bo`yicha tayyorlovchining majburiyatlari; 
shartnoma majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada 
bajarmaganligi uchun tomonlarning mulkiy javobgarligi; 
nizolarni, fors-major holatlarni hal etish tartibi, tomonlarning manzillari, 
shartnoma tuzilgan sana va joy. 
Kontraktastiya shartnomasini bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga va 
uning shartlarini bir tomonlama o`zgartirishga yo`l qo`yilmaydi, qonun hujjatlari 
yoki shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Shartnomani bekor 
qilish yoki uning shartlarini o`zgartirish to`g’risida taklif olgan tomon taklif 
olingandan keyin besh kundan kechikmay javob berishi lozim. Agar belgilangan 
muddatda javob bermasa, taklif o`z-o`zidan qabul qilingan deb hisoblanadi. 
Tomonlar shartnomani bekor qilish yoki uning shartlarini o`zgartirish to`g’risida 
bir qarorga kelmasalar, taraflar o`rtasidagi nizo hal etish uchun belgilangan tartibda 


54 
“Viloyat va tumanlardagi raҳbarlar, birinchi navbatda tuman hokimlari 
shartnoma majburiyatlarining bajarilishini qattiq nazorat qilishlari kerak”. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling