Toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Kontraktastiya 
shartnomasining 
predmeti 
bo`lib 
xom 
ashyo 
ko`rinishidagi yoki dastlabki ishlov berilgan qishloq xo`jalik mahsulotlari, ya’ni 
paxta, don, pilla, poliz ekinlari, sut, chorva mollari, parrandalar, mevalar 
hisoblanadi. Biroq, qishloq xo`jalik mahsulotlari shartnoma shartlariga asosan 
xo`jaliklar tomonidan dastlabki ishlov berilgan bo`lishi mumkin. 
Kontraktatsiya 
shartnomasi 
iqtisodiy 
mazmuni 
jihatdan 
oldi-sotdi 
shartnomasining bir turidir. Lekin u o`ziga xos huquqiy belgilari bilan boshqa 
shartnomalardan ajralib turadi. Jumladan, kontraktatsiya shartnomasi o`ziga xos 
bir qator muhim xususiyatlari bilan turdosh (oldi-sotdi, mahsulot yetkazib berish 
va boshqa) shartnomalardan farq qiladi: 
 
oldi-sotdi 
shartnomasining 
predmeti 
fuqarolik 
muomalasidan 
chiqarilmagan har xil mulklar bo`lishi mumkin. Kontraktatsiya shartnomasida esa 
faqat etishtirilgan va dastlabki qayta ishlangan qishloq xo`jalik mahsulotlarigina 
shartnoma predmeti hisoblanadi; 
 
oldi-sotdi sharnomasida taraflar sifatida har qanday jismoniy va yuridik 
shaxslar bo`lsa, kontraktastiya sharnomasida qishloq xo`jalik mahsulotini 
etishtiruvchi shaxslar, mahsulot xarid qiluvchi sifatida esa ma’lum faoliyat bilan 
shug’ullanuvchi yuridik shaxslar hisoblanadi; 
 
shartnomaning yana bir xususiyati uning ikkinchi tarafi bo`lgan 
tayyorlovchi tashkilotlarning mahsulot etishtiruvchi bilan bevosita hamkorligida 
ko`rinadi. 
Masalan, 
yuqoridagi 
Nizomning 
30-bandiga 
ko`ra, 
tayyorlovchi 
xo`jaliklarga topshiriladigan mahsulot uchun shartnomada belgilangan davrlarda, 
qishloq xo`jaligi mahsulotlari etishtirish muddatlariga muvofiq mahsulotlar 
qiymatining kamida 50 foizi miqdorida (chorvachilik mahsulotlari bo`yicha 
shartnomalarda ko`rsatilgan hajmlar qiymatining 25 foizi miqdorida) avans 
mablag’lari to`lash majburiyatini oladi; 
 
kontraktatsiya shartnomasida oldi-sotdi, mahsulot yetkazib berish 
shartnomalaridan farqli o`laroq tayyorlovchi zimmasiga ayrim qo`shimcha 
vazifalar yuklatiladi. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling