Toshkent davlat yuridik universiteti


Tovarlar yetkazib berish to`g’risidagi davlat kontrakti va davlat


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Tovarlar yetkazib berish to`g’risidagi davlat kontrakti va davlat 
ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasida javobgarlik. Davlat 
kontraktining bajarilishi yoki bekor qilinishi munosabati bilan etkazilgan zararni 
qoplash agar davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish to`g’risidagi qonun 
hujjatlarida yoki davlat kontraktida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, 
davlat kontraktining bajarilishi munosabati bilan mahsulot yetkazib beruvchi 
(ijrochi)ga etkazilgan zarar davlat kontraktiga muvofiq tovar topshirilgan kundan 
e’tiboran ko`pi bilan o`ttiz kun ichida davlat buyurtmachisi tomonidan qoplanishi 
lozim. 
Davlat kontraktining bajarilishi munosabati bilan mahsulot yetkazib beruvchi 
(ijrochi)ga etkazilgan zarar davlat kontraktiga binoan qoplanmagan taqdirda 
mahsulot yetkazib beruvchi (ijrochi) davlat kontraktini bajarishdan bosh tortishga 
va davlat kontrakti bekor qilinganligi tufayli kelib chiqqan zararning qoplanishini 
talab qilishga haqli. Jumladan, ushbu asoslar bo`yicha davlat kontrakti bekor 
qilinganida mahsulot yetkazib beruvchi davlat ehtiyojlari uchun tovar yetkazib 
berish shartnomasini bajarishdan bosh tortishga haqli. Mahsulot yetkazib 


49 
beruvchining bunday bosh tortishi tufayli sotib oluvchiga etkazilgan zarar davlat 
buyurtmachisi tomonidan qoplanadi (464-modda). 
Tovarlar yetkazib berish to`g’risidagi davlat kontrakti va davlat 
ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasini bekor qilish tartibi. 
Sotib oluvchi biriktirish haqidagi bildirish xatida ko`rsatilgan tovarlardan 
hamda ularni yetkazib berish shartnomasini tuzishdan to`liq yoki qisman bosh 
tortish huquqiga ega. Bunday holda mahsulot yetkazib beruvchi (ijrochi) bu haqda 
darhol davlat buyurtmachisiga ma’lum qilishi lozim va davlat buyurtmachisidan 
boshqa sotib oluvchini o`ziga biriktirish to`g’risida bildirish xati berishni talab 
qilish huquqiga ega. 
Davlat buyurtmachisi mahsulot yetkazib beruvchi (ijrochi)ning bildirish 
xatini olgan kundan boshlab kechi bilan 30 kun ichida yo mahsulot yetkazib 
beruvchi (ijrochi)ga boshqa sotib oluvchini biriktirish to`g’risida bildirish xati 
beradi, yoki mahsulot yetkazib beruvchi (ijrochi)ga tovarlarni kim olishi 
ko`rsatilgan jo`natish raznaryadkasini yuboradi, yoxud tovarlarni qabul qilish va 
haqini to`lashga roziligini xabar qiladi. 
Davlat buyurtmachisi ushbu majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, mahsulot 
yetkazib beruvchi (ijrochi) yo davlat buyurtmachisidan tovarlarni qabul qilish va 
haqini to`lashni talab qilish, yoki tovarlarni o`z ixtiyori bilan realizastiya qilib, 
tovarlarni realizastiya qilish bilan bog’liq oqilona xarajatlarni davlat buyurtma-
chisiga yuklash huquqiga ega. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling