Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
tartibi. Agar davlat kontraktida shartnoma loyihasini tayyorlashning boshqacha
tartibi nazarda tutilgan bo`lmasa yoki shartnoma loyihasi sotib oluvchi tomonidan taqdim qilingan bo`lmasa, mahsulot yetkazib beruvchi (ijrochi) biriktirish to`g’risidagi bildirish xatida ko`rsatilgan sotib oluvchiga davlat buyurtmachisidan bildirish xati olingan vaqtdan boshlab, 30 kundan kechiktirmay davlat ehtiyojlari uchun tovar yetkazib berish shartnomasining loyihasini yo`llashi lozim. Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasining loyihasini olgan taraf kechi bilan 30 muddatda uni imzolaydi va shartnomaning bir nusxasini ikkinchi tarafga qaytaradi, shartnoma shartlari bo`yicha kelishmovchiliklar bo`lganda esa xuddi shu muddatda kelishmovchiliklar bayonnomasini tuzadi va uni imzolangan shartnoma bilan birgalikda boshqa tarafga yuboradi. Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasini kelishmovchiliklar bayonnomasi bilan olgan taraf 30 kun ichida kelishmovchiliklarni ko`rib chiqishi, shartnoma shartlarini boshqa taraf bilan muvofiqlashtirish choralarini ko`rishi va unga shartnomani kelishilgan tahrirda qabul qilishi yoki kelishmovchiliklar bayonnomasini rad etishi haqida xabar berishi lozim. Manfaatdor taraf hal qilinmagan kelishmovchiliklarni 30 kunlik muddatda sud muhokamasiga topshirishi mumkin. Agar mahsulot yetkazib beruvchi (ijrochi) davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasini tuzishdan bosh tortsa, sotib oluvchi mahsulot yetkazib beruvchi (ijrochi)ni sotib oluvchi ishlab chiqqan shartnoma loyihasi shartlarida shartnoma tuzishga majbur qilish haqidagi talab bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega (462-modda). Yuqoridagi solishtiruvdan ko`rinib turibdiki qonunshunos muddatlarni belgilashda juda qulay va to`g’ri echimga kelgan. Ya’ni shartnomani tuzish, e’tiroz bildirish, bekor qilish va zararlarni undirishga oid talablarni qo`yish uchun 30 kunlik muddatlarni belgilagan. Umuman olganda tovarlar yetkazib berish to`g’risidagi davlat kontrakti va davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasini tuzish tartibining bir biridan farqi yo`q. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling