Toshkent davlat yuridik universiteti


Tovarlar yetkazib berish to`g’risidagi davlat kontrakti va davlat


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Tovarlar yetkazib berish to`g’risidagi davlat kontrakti va davlat 
ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasining mazmuni. Bizga 
ma’lumki shartnomalarning mazmunini taraflarning huquq va majburiyatlari 


48 
tashkil etadi.
Davlat 
kontrakti 
shartlariga 
muvofiq 
tovarlar 
bevosita 
davlat 
buyurtmachisiga yoki uning ko`rsatmasi (jo`natish raznaryadkasi)ga muvofiq 
boshqa shaxs (oluvchi)ga yetkazib beriladigan hollarda kontraktni bajarish 
bo`yicha taraflarning munosabatlari FKning 437-456-moddalarida nazarda tutilgan 
qoidalar bilan tartibga solinadi. Ya’ni mahsulot yetkazib berish shartnomasiga oid 
qoidalar qo`llaniladi.
Agar davlat kontraktida sotib oluvchilarga tovarlar yetkazib berish mahsulot 
yetkazib beruvchi (ijrochi) tomonidan davlat buyurtmachisi belgilaydigan davlat 
ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomalariga muvofiq amalga 
oshirilishi nazarda tutilgan bo`lsa, davlat buyurtmachisi davlat kontrakti tuzilgan 
kundan boshlab kechi bilan 30 kunlik muddatda sotib oluvchining yetkazib 
beruvchi (ijrochi)ga biriktirilgani to`g’risida mahsulot yetkazib beruvchi-ijrochi va 
sotuvchiga bildirish xati yuboradi. 
Sotib oluvchi yetkazib beruvchi (ijrochi)ga biriktirilgani to`g’risidagi 
bildirish xati davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasini 
tuzishga asos bo`lib xizmat qiladi. 
Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar jo`natish raznaryadkalarida ko`rsatilgan 
oluvchilarga yetkazib berilgan hollarda, agar davlat kontraktida boshqacha hisob-
kitob tartibi nazarda tutilgan bo`lmasa, tovarlar haqi davlat buyurtmachisi 
tomonidan to`lanadi. 
Tovarlar sotib oluvchilarga davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish 
shartnomasi bo`yicha yetkazib berilgan hollarda, agar davlat kontraktida baho 
belgilash va hisob-kitoblarning boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo`lmasa, sotib 
oluvchilar tovarlar haqini davlat kontraktiga muvofiq belgilanadigan baholarda 
to`laydilar. 
Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish to`g’risidagi davlat 
kontrakti bo`yicha tovarlar haqi sotib oluvchi tomonidan to`langanda davlat 
buyurtmachisi sotib oluvchining ushbu majburiyati bo`yicha kafil deb hisoblanadi. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling