Toshkent davlat yuridik universiteti


Tovarlar yetkazib berish to`g’risidagi davlat kontrakti va davlat


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Tovarlar yetkazib berish to`g’risidagi davlat kontrakti va davlat 
ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasining bahosi. Tovarlar 
yetkazib berish to`g’risidagi davlat kontraktida baho masalasiga oid o`ziga xos 
qoidalar mavjud. Albatta barcha oldi-sotdi shartnomalari singari davlat kontraktida 
ham tovar bahosini belgilashda taraflar erkindirlar. Ammo davlatgagina xos 
bo`lgan ustivorlik, sotib olish maqsadini o`ziga xos xususiyatilaridan kelib chiqib 
sotuvchiga taqdim etiladigan imtiyozlar evaziga bozor narxidan ancha arzon 
narxlarda tovarlarni sotib olishi mumkin. Misol uchun, davlat ehtiyojlari uchun 
sotib olinadigan tovarlarga nisbatan ayrim soliqlardan ozod holda ishlab chiqarilish 
tan narxida yoki respublikaga kirib kelish narxida (bojxona to`lovlaridan holi) 
sotib olishi mumkin.
Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasida shartnoma 
bahosi taraflar o`zaro kelishuvi asosida, tovarning xususiyatidan kelib chiqib 
belgilanadi. Oldi-sotdi shartnomalariga oid umumiy qoidalarga ko`ra baho 
shartnomaning muhim belgisi hisoblanmaydi. Tovar bahosi taraflar o`zaro 
kelishuviga ko`ra shartnomada aniq qiymat misolida ko`rsatilmasligi ham mumkin. 
Jumladan, tovar yetkazilib berilayotgan davrdagi bozor narhini nazarda tutishi 
mumkin.
Shuni alohida takidlash lozimki, ayrim turdagi tovarlarning narxlarini davlat 
qatiy qilib belgilab qo`ygan bo`lsa ana shu narxlar asosida sotuvchidan sotib olishi 
mumkin. Sotuvchi tomonidan davlat belgilagan narxlarda ushbu tovarlar 
sotilmaydigan bo`lsa davlat keskin choralarni, jumladan jazo choralarini ko`rishi 
mumkin. Sotuvchiga tovarlarni davlat belgilan naxlarda sotishi unga zarar 
keltiradigan bo`lsachi degan o`rinli savol tug’ilishi mumkin. Ammo davlat 
tadbirkor (ishlab chiqaruvchi, sotuvchi)ni bunday hollarda zarar ko`radigan 
vaziyatga solib qo`yishi mumkin emas. Agar tadbirkor zarar ko`rganini isbotlasa 
uni ko`rgan zararini davlat to`liq hajmda qoplab beradi. Bunday ayrim turdagi 
tovarlarni narxini qat’iy qilib belgilanishidan asosiy ko`zlangan maqsad, ushbu 
tovarlar narxini bozorda asossiz oshirib sotilishini oldini olish va aholining sotib 
olish qobiliyatidan kelib chiqib uni tartibga solishdir.
Tovarlar yetkazib berish to`g’risidagi davlat kontrakti va davlat ehtiyojlari 
uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasining muddati. Shartnoma muddati uning 
muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Barcha oldi-sotdi shartnomalari kabi tovarlar 
yetkazib berish to`g’risidagi davlat kontrakti va davlat ehtiyojlari uchun tovarlar 
yetkazib berish shartnomasida ham shartnoma shartlarini aniq bajarilishi uchun 
taraflar shartnoma muddatlarini aniq kelishib olishlari shart. Albatta shartnoma 
muddati deganda uning amal qilish muddatiga birinchi navbatda to`xtalish kerak 
bo`ladi. Shuningdek, tovarlar yetkazib berish to`g’risidagi davlat kontrakti va 
davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasining o`ziga xos 


46 
xususiyatidan kelib chiqib, unda oraliq va shartnomaning muhim majburiyatlarini 
belgilab qo`yilishi uchun ishlatiladigan muddatlar mavjud bo`lishi mumkin. 
Yuqorida aytib o`tganimizdek, tovarlar yetkazib berish to`g’risidagi davlat 
kontrakti va davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasi uzoq 
muddatli shartnomalardan hisoblanadi. Umumiy qoidaga ko`ra shartnoma asosan 
bir yilgacha bo`lgan muddatga yoki bir yildan ortiq muddatga yoinki taraflar 
o`zaro kelishuviga binoan boshqa muddatga tuzilishi mumkin. Shartnoma muddati 
shartnomaning muhim shartlaridan biri bo`lganligi tufayli qonunshunos agarda 
shartnomada taraflar tomonidan muddat masalasi hal qilinmay qoldirilgan bo`sa, 
ushbu shartnoma bir yilga tuzilgan deb hisoblanishi to`g’risidagi qoidani belgilab 
qo`ygan.
Agar uzoq muddatli shartnomada yetkazib berilishi lozim bo`lgan tovarlar 
miqdori yoki shartnomaning boshqa shartlari bir yilga yoki undan ortiq muddatga 
belgilangan bo`lsa, shartnomada taraflarning bu shartlarni shartnomaning amal 
qilish muddati tugagunga qadar keyingi davrlar uchun kelishib olish tartibi 
belgilanishi lozim. Shartnomada bunday tartib bo`lmasa, shartnoma tegishlicha bir 
yilga yoki shartnoma shartlari kelishilgan muddatga tuzilgan hisoblanadi. 
Uzoq muddatli shartnoma taraflaridan biri yetkazib berilishi lozim bo`lgan 
tovarlar miqdorini yoki shartnomaning boshqa shartlarini keyingi davrlar uchun 
shartnomada belgilangan tartibda kelishib olishni rad qilgan yoki undan bosh 
tortgan taqdirda boshqa taraf tegishli davrlarda tovarlarni yetkazib berish 
shartlarini belgilash to`g’risidagi yoxud shartnomani bekor qilish to`g’risidagi 
talab bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega. (FK 438-modda) 
Tovarlar yetkazib berish to`g’risidagi davlat kontrakti va davlat ehtiyojlari 
uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasining shakli va tuzish tartibi. Tovarlar 
yetkazib berish to`g’risidagi davlat kontrakti va davlat ehtiyojlari uchun tovarlar 
yetkazib berish shartnomasining shakli va tuzish tartibiga doir masala FKning 
mahsulot yetkazib berish shartnomasiga oid umumiy qoidalarda nazarda tutilgan 
normalar asosida belgilanadi.
Tovarlar yetkazib berish to`g’risidagi davlat kontrakti va davlat ehtiyojlari 
uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasi yozma shaklda tuziladi.
Davlat kontraktini tuzish tartibi davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib 
berish shartnomasini tuzish tartibidan farq qiladi. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling