47
30 kun ichida kelishmovchiliklarni ko`rib chiqishi, kontrakt shartlarini boshqa taraf
bilan muvofiqlashtirish choralarini ko`rishi va unga davlat kontraktini kelishilgan
tahrirda qabul qilishi yoki kelishmovchiliklar bayonnomasini
rad etishi haqida
xabar berishi lozim. Bu muddat tugagach, manfaatdor taraf hal qilinmagan barcha
kelishmovchiliklarni 30 kunlik muddatda sud muhokamasiga topshirishi mumkin.
Davlat kontrakti davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish
to`g’risidagi buyurtmani joylashtirish tanlovi natijalari bo`yicha
tuziladigan
hollarda davlat kontrakti tanlov o`tkazilgan sanadan boshlab 30 kun ichida tuzilishi
lozim.
Agar davlat kontraktini tuzishi majburiy bo`lgan taraf uni tuzishdan bosh
tortsa, ikkinchi taraf boshqa tarafni davlat kontraktini
tuzishga majbur qilish
to`g’risidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqli bo`ladi
(460-modda).
Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasini tuzish
Do'stlaringiz bilan baham: