Toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Nazorat uchun savollar 
1. Kontraktastiya shartnomasining boshqa oldi-sotdi shartnomalaridan farqli, 
o`ziga xos xususiyatlarini izohlang. 
2. Kontraktastiya shartnomalarining bajarilishi yuzasidan monitoring olib 
borish tartibini tushuntiring. 
3. Fermer xo`jaligi bilan “Paxta tozalash zavodi” akstiyadorlik jamiyati 
o`rtasida kontraktastiya shartnomasi tuzilgan. Shartnomaga asosan fermer xo`jaligi 
paxta xom-ashyosini “Paxta tozalash zavodi” akstiyadorlik jamiyatiga yetkazib 
berish, jamiyat esa mahsulotni qabul qilish hamda uning haqini to`lash 
majburiyatini olgan. 
Fermer xo`jaligi tomonidan shartnomada belgilangan miqdordagi hamda 
navdagi paxta xom-ashyosi yetkazib berilmagan. Shu sababli “Paxta tozalash 
zavodi” akstiyadorlik jamiyati sudga murojaat qilib, fermer xo`jaligidan jarima va 
zarar undirishni so`ragan. 
Ishni ko`rishda fermer xo`jaligi jamiyat bilan kontraktastiya shartnomasi 
tuzilgan bo`lsada, ushbu shartnoma tuman qishloq va suv xo`jaligi bo`limida 
ro`yxatdan o`tkazilmaganligini, ro`yxatdan o`tkazilmagan shartnoma esa Fuqarolik 
kodeksiga muvofiq haqiqiy emas deb hisoblanishini bildirib, undirilishi so`ralgan 
jarima hamda zararni qanoatlantirish rad etilishi lozimligini bildirgan. 
Ushbu holatga huquqiy baho bering? 
4. Fermer xo`jaligi bilan “Paxta tozalash zavodi” akstiyadorlik jamiyati 
o`rtasida kontraktastiya shartnomasi tuzilgan. 
Kontraktastiya shartnomasi tuman qishloq va suv xo`jaligi bo`limida tegishli 
tartibda ro`yxatdan o`tkazilgan. 
Fermer xo`jaligi tomonidan shartnomada belgilangan miqdordagi paxta xom-
ashyosi yetkazib berilmagan. Shu sababli jamiyat sudga murojaat qilib, fermer 
xo`jaligidan jarima undirishni so`ragan. 
Birinchi instanstiya sudi ishni ko`rish jarayonida fermer xo`jaligi jamiyat 
bilan tuzilgan kontraktastiya shartnomasini bajarish maqsadida paxta ekini 
ekilganligini, ekinni parvarishlash ishlari to`liq amalga oshirilganligini, biroq ob-
havo yaxshi bo`lmaganligi sababli yaxshi hosil olinmaganligini, ob-havoning 
noqulay kelishi fors-major hisoblanishini, ushbu holatni engib bo`lmaydigan kuch 
holatlari(fors-major)ni tasdiqlash bo`yicha komissiya vakillari kelib ko`rganligini, 
shu sababli undirilishi so`ralgan jarimani qanoatlantirish rad etilishi lozimligini 
bildirgan. 
Ushbu holatga huquqiy baho bering? 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling