Toshkent davlat yuridik universiteti


mahsulotlari va h.k.) davlat tomonidan qatiy qilib belgilanib qo’yilishi va


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

mahsulotlari va h.k.) davlat tomonidan qatiy qilib belgilanib qo’yilishi va 


33 
tartibga solib turilishi mumkin.
Shartnomaning muddati. Shartnoma muddati uning muhim shartlaridan 
biri hisoblanadi. Barcha oldi-sotdi shartnomalari kabi mahsulot yetkazib berish 
shartnomasida ham shartnoma shartlarini aniq bajarilishi uchun taraflar shartnoma 
muddatlarini aniq kelishib olishlari shart. Albatta shartnoma muddati deganda 
uning amal qilish muddatiga birinchi navbatda to’xtalish kerak bo’ladi. 
Shuningdek, mahsulot yetkazib berish shartnomasi xususiyatidan kelib chiqib
unda oraliq va shartnomaning muhim majburiyatlarini belgilab qo’yilishi uchun 
ishlatiladigan muddatlar mavjud bo’lishi mumkin. Yuqorida aytib o’tganimizdek, 
mahsulot yetkazib berish shartnomasi uzoq muddatli shartnomalardan biridir. 
Umumiy qoidaga ko’ra shartnoma asosan bir yilgacha bo’lgan muddatga yoki bir 
yildan ortiq muddatga yoinki taraflar o’zaro kelishuviga binoan boshqa muddatga 
tuzilishi mumkin. Shartnoma muddati shartnomaning muhim shartlaridan biri 
bo’lganligi tufayli qonun chiqaruvchi organ agarda shartnomada taraflar 
tomonidan muddat masalasi hal qilinmay qoldirilgan bo’lsa, ushbu shartnoma bir 
yilga tuzilgan deb hisoblanishi to’g’risidagi qoidani belgilab qo’ygan. 
Agar uzoq muddatli shartnomada yetkazib berilishi lozim bo’lgan tovarlar 
miqdori yoki shartnomaning boshqa shartlari bir yilga yoki undan ortiq muddatga 
belgalangan bo’lsa, shartnomada taraflarning bu shartlarni shartnomaning amal 
qilish muddati tugagunga qadar keyingi davrlar uchun kelishib olish tartibi 
belgilanishi lozim. Shartnomada bunday tartib bo’lmasa, shartnoma tegishlicha bir 
yilga yoki shartnoma shartlari kelishilgan mudlatga tuzilgan hisoblanadi. 
Uzoq muddatli shartnoma taraflaridan biri yetkazib berilishi lozim bo’lgan 
tovarlar miqdorini yoki shartnomaning boshqa shartlarini keyingi davrlar uchun 
shartnomada belgilangan tartibda kelishib olishni rad qilgan yoki undan bosh 
tortgan taqdirda boshqa taraf tegishli davrlarda tovarlarni yetkazib berish 
shartlarini belgilash to’g’risidagi yoxud shartnomani bekor qilish to’g’risidagi 
talab bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega (FK 438-modda). 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling