Mahsulot yetkazib berish shartnomasining elementlari. Shartnoma
taraflari. Shartnomada sotuvchi sifatida mahsulot yetkazib beruvchi namoyon
bo’ladi. Mahsulot yetkazib beruvchi – tadbirkorlik faoliyati bilan
shug’ullanayotgan tovar ishlab chiqaruvchi yoxud tovarlarni sotib olib uni sotib
oluvchiga sotuvchi (jismoniy yoki yuridik) shaxs.
Sotib oluvchi – faqat tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun yoki
shaxsiy, oilaviy maqsadlarda, ro’zg’orda va shunga o’xshash boshqa maqsadlarda
foydalanish bilan bog’liq bo’lmagan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun tovar
mulk qilib oluvchi shaxs (jismoniy shaxs, yuridik shaxs va davlat).
Shartnoma predmeti – muomaladan chiqarilmagan har qanday ashyolar
shartnoma predmeti bo’la oladi. Ular aksariyat hollarda turiga xos alomatlari bilan
belgilanadi. Ammo qonun xususiy alomatlarga ega bo’lgan ashyolarni shartnoma
predmeti bo’lishiga to’sqinlik qilmaydi. Ko’pincha shartnoma tuzish vaqtida
mahsulot yetkazib beruvchi ushbu tovarga ega bo’lmaydi.
Fuqarolik kodeksining 437-moddasida shartnoma predmetini mahsulot
yetkazib beruvchi ishlab chiqaradigan yoki sotib oladigan tovarlar tashkil qilishi
aytib o’tilgan. Ammo ushbu qoidaga juda ham jiddiy qaramaslik lozim. Chunki
bizga ma’lumki mahsulot yetkazib beruvchiga qonunda nazarda tutilgan boshqa
yo’llar orqali (mahsulotni qayta ishlash, yuridik shaxsni qayta tashkil
qilinayotganda huquqiy vorislik asosida va boshqalar) ham mulkiy huquqlar o’tishi
mumkin.
Shuningdek,
tovarga
nisbatan
mulkiy
(va boshqa ashyoviy) huquqlarga ega bo’lmagan shaxslar ham ushbu shartnomada
mahsulot yetkazib beruvchi sifatida qatnashishi mumkin. Misol uchun nasiyaga
olingan tovarlar oldi-sotisida.
Shartnoma bahosi. Shartnoma bahosiga doir alohida qoida qonunlar bilan
belgilanmagan. Shartnoma predmeti – tovar bahosini belgilashda taraflar erkin
bo’lib, shartnoma bahosi taraflar o’zaro kelishuvi asosida, tovarning xususiyatidan
kelib chiqib belgilanadi. Oldi-sotdi shartnomalariga oid umumiy qoidalarga ko’ra
baho shartnomaning muhim belgisi hisoblanmaydi. Tovar bahosi taraflar o’zaro
kelishuviga ko’ra shartnomada aniq qiymat misolida ko’rsatilmasligi ham mumkin.
Jumladan, tovar etkazilib berilayotgan davrdagi bozor narxini nazarda tutishi
mumkin. Ammo ayrim turdagi tovarlarning narxlari (masalan, neft
Do'stlaringiz bilan baham: |