Тошкент фармацевтика институти
Lifangit-limfa tomirlarining, limfadenit
Download 0.53 Mb.
|
birinchi tibbiy yordam fanidan maruza matni
Lifangit-limfa tomirlarining, limfadenit esa limfa bezlarining yallig‘lanishidir. Yiringli jarayonlarning asorati sifatida rivojlanadi. Bemorlar SHikastlangan soxada achishish, qichishga shikoyat qiladilar, yiringli o‘choqdan limfa tugunlari tomon yo‘nalgan qizil chiziqlar hosil bo‘ladi, ular og‘riqli bo‘lib, kattalashadi, zichlashadi. Ularning atrofidagi teri qizargan, bir qancha vaqt o‘tgach flyuktuatsiya kuzatiladi.
Davolashda asosiy yiring o‘chog‘ini tugatish, antibakterial terapiya, immobilizatsiyadan foydalaniladi. Absess-yiringni to‘qima va a’zolarda chegaralangan to‘planishidir. Asosiy qo‘zg‘atuvchisi safilakokklar. YAralanganda, mikrotravmalarda, muolajalar qilishda aseptika qoidalari buzilganda kelib chiqadi. og‘riq, teri qizarishi, flyuktuatsiya kuzatiladi. Tana harorati ko‘tariladi. Flegmona-teri osti yoki mushak aro to‘qimasining tarqalgan yiringli yallig‘lanishi. Klinik belgilari: teri qizarishi, yuqori harorat, og‘riq, SHikastlangan a’zo faoliyatini buzilishi. Absess va flegmonani davolash shakllanib bo‘lgan yiringni kesish, ulgan to‘qimalarni olib tashlash, vodorod peroksid, furatsilin bilan yarani yuvish, drenaj yoki gipertonik eritmali tampon qo‘yishdan iborat. Antibiotiklar, safilakokka qarshi γ-globulin, dezintoksikatsiya maqsadida qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklar yuboriladi. Sepsis-og‘ir infeksion kasallik bo‘lib, ko‘pincha yiring chaqiruvchi mikroblar keltirib chiqaradi. Sepsis to‘g‘ridan-to‘g‘ri rivojlansa birlamchi, yiringli kasalliklardan so‘ng kelib chiqsa ikkilamchi deyiladi. Sepsis organizmni infeksiyaga qarshi qobiliyati pasayganda, yiringli yallig‘lanishlar butun tana bo‘ylab tarqalib ketishi natijasida ro‘y beradi. Septitsemiya va septikopiemiya farqlanadi. Metatsazlarsiz o‘tkir sepsis-septitsemiyada yuqori harorat (40-410 S), kunlik haroratni farqi kichik bo‘lishi (10 S), metatsazlarda esa (septikopiemiya) ertalabki va kechqurungi haroratlar orasida farq katta bo‘lishi kuzatiladi. Teri oqargan, petexial toshmalar, pulsni kuchsizligi, arterial bosim pasaygani aniqlanadi. Qonda leykostitoz, serillikka tekshirilganda mikroblar o‘sishi aniqlanadi. Eng og‘ir asorati septik shok hisoblanadi. Davolashda bemorni kaloriyali, vitaminli ovqatlantirishga e’tibor berish kerak. YOtoq yaralarini oldi olinadi. Sepsisni keltrib chiqargan o‘choq bartaraf etiladi. Antibiotiklar, immunostimulyatorlardan foydalaniladi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling