Тошкент фармацевтика институти


Download 0.53 Mb.
bet57/89
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#204961
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   89
Bog'liq
birinchi tibbiy yordam fanidan maruza matni

Anaerob infeksiyalar

Gazli gangrena-ko‘proq Clostridium perfringens turiga mansub mikroblar qo‘zg‘atadi. Bu mikroblar axlat, go‘ng, chang, odamning iflos terisida juda ko‘p bo‘ladi. Gazli gangrena rivojlanishiga magitsral tomirlarni zararlanishi, suyaklarni ochiq sinishida etarlicha immobilizatsiya qilinmaslik, yaraning ifloslanishi, mushakda jarohat bo‘lishi, to‘qimalardagi kislorod tanqisligi, ochlik, sovuq qotish, organizm qarshiligini pasayishi va b. ta’sir ko‘rsatadi.

Klinik belgilari yaralanishdan 3-4 kun o‘tgach yuzaga chiqa boshlaydi. YArada qattiq tortishadigan og‘riq paydo bo‘lishi va yaralangan bemor umumiy ahvolining yomonlashishi, qo‘zg‘alish, yuz oqarishi, tilning quruqlashishi datslabki belgilar hisoblanadi. Keyinchalik yara sohasi quriydi, to‘qimalar tezlik bilan shishadi va atsa-sekin qo‘l yoki oyoqning hamma eriga tarqaladi, mushaklar rangi o‘zgaradi (qaynatilgan go‘shtga o‘xshab qoladi) va terida har xil rangdagi dog‘lar paydo bo‘ladi. Teri osti kletchatkasida gaz bo‘lganligidan ushlab ko‘rilganda g‘ijirlagandek bo‘ladi. Bundan tashqari yaradan yomon hid keladi, atrofiga po‘fakchalar toshadi, mushaklar iriydi. Bemorning ahvoli zaharlanish tufayli yomonlasha boradi. Ayni vaqtda yumshoq to‘qimalar o‘la boshlaydi, gangrena yuqoriga ko‘tarilib boradi.

Gazli gangrenaga jarrohlik usuli bilan davo qilinadi, ya’ni SHikastlangan sohaning terisi mushaklar yo‘nalishi bo‘ylab kesiladi. Agar bu choralar yordam bermasa, qo‘l yoki oyoq amputatsiya qilinadi. Bundan tashqari antibiotiklar, qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklar qo‘yish va b. choralar ko‘riladi. Maxsus davosi 50000 AB gangrenaga qarshi zardob yuborish hisoblanadi. Bemor alohida palatada parvarishlanadi. Uning yarasiga tekkan narsalar tashlab yuboriladi.

Oldini olish uchun yumshoq to‘qimalar SHikastlanganda, suyaklar singanda mushaklar orasiga gangrenaga qarshi (3000 birlik zardobni 100-150 ml serillangan fiziologik eritmada eritib) zardob yuboriladi hamda yaralar o‘z vaqtida birlamchi jarrohlik qayta ishlovi o‘tkaziladi.



Qoqshol-o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, uni terida, odamlar kiyimida, erda bo‘ladigan qoqshol tayoqchalari keltirib chiqaradi. SHuning uchun ham teri yoki shilliq pardaning har qanday kichik kichik SHikastlanishi natijasida qoqshol tayoqchasi odam organizmiga shu jarohatlar orqali tushishi mumkin. Qoqsholning belgilari o‘ziga xos bo‘lib, asosan yarada tortishadigan og‘riq paydo bo‘lishi hamda mushaklarning, hatto kuchsiz taassurotda ham (tovush, yorug‘lik tushishi, tegi shva boshqalar) tortishib qolishi va natijada tirishib qolishidan iborat bo‘ladi. Tirishish asosan chaynash mushaklaridan boshlanadi (trizm), keyin mimika mushaklariga (sardonik kulish), ensa mushaklariga hamda badanning hamma mushaklariga tarqaladi. Bemor majburiy holatni egallaydi (opitsotonus). Tana harorati 40-420 S gacha ko‘tariladi, nafas va puls tezlashadi, bemor ko‘p terlaydi, behol bo‘lib qoladi, ichki a’zolarida spazm paydo bo‘ladi.

Davolashda tanaga kuniga 3-4 l suyuqlik kiritiladi. Nafas yo‘llarida asoratlar yuzaga kelmasligi uchun antibiotiklar, tirishishlarni oldini olish uchun miorelaksantlar-diplatsin, ditilin, neyroleptiklar-aminazin, antigitsamin dorilar-dimedrol, supratsin, qoqsholga qarshi zardob (venaga200000 AE kuniga) yuboriladi.

Qoqsholni oldini olish uchun har qanday SHikastlanishlarda teri ostiga maxsus zardob va anatoksin qilinadi. Zardobning bir profilaktik dozasi 1500 AB ni tashkil qiladi, agar yara tuproq yoki changli kiyim bilan ifloslangan bo‘lsa 3000 AB yuboriladi.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling