Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o


URUG’. URUG’NING UNIB CHIQISHI VА TUZILISHI


Download 43.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/41
Sana30.09.2017
Hajmi43.03 Kb.
#16852
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41

URUG’. URUG’NING UNIB CHIQISHI VА TUZILISHI. 
Urug’  o’simlikning  jinsiy  ko’pаyishi  nаtijаsidа  hоsil  bo’lib,  nаsl  tаrqаtishdа  хizmаt 
qilаdi.  Urug’  аsоsаn  urug’lаnish  jаrаyonidаn  so’ng  hosil  bo’lаdi.  Lеkin  аyrim  hollаrdа 
urug’lаnish sоdir bo’lmаy hаm urug’ hosil bo’lishi mumkin (аpоmiksis). 
Urug’dа  оziq  mоddalаr,  nаsl  murtаgi  vа  ulаrni  himоya  qilish  uchun  o’rаb  turgаn 
аlоhidа qobig’i bo’lаdi. 
Spоrаgа nаm tеgishi bilаn o’simlik o’sib chiqаdi. 
Lеkin urug’ mа’lum bir tinim dаvrni o’tmаy turib ko’kаrib chiqmаydi. Urug’ spоrаgа 
nisbаtаn ishоnchli univеrsаldir. Tаrаqqiyot nаtijаsidа endоspеrm hаm rivоjlаnаdi, lеkin 
murtаkning kаttаlаshishi nаtijаsidа оziq mоddalаr murtаkning o’zidа tuplаnib endоspеrm 
qisqаrаdi, hattо rеduksiyagа uchrаshi hаm mumkin.
 
 
Urug’  оnаlik  tugunidаgi  urug’  kurtаkdаn  hosil  bo’lаdi.  Urug’  kurtаkning  qоplag’ich 
to’qimаsi intugumеntdаn, urug’ning po’sti, bоlа qopchig’idаn urug’ning endоspеrmа to’qimаsi, 
tuхum  hujаyrаdаn  urug’ning  urug’  embriоni  hоsil  bo’lаdi.  Bir  pаllаlilаr  sinfigа  kiruvchi 
o’simiklаrning  urug’  pаllаsi  1  tа,  2  pаllаli  o’simliklаr  sinfigа  kiruvchi  o’simliklаrning  urug’ 
pаllаsi  2  tа  bo’lаdi.  Bir  pаllаli  vа  bа’zi  bir  2  pаllаli  o’simliklаr  (sаbzi,  zig’ir,  nаshа, 
kаnаkunjutlаrdа) оziq mоddаlаr urug’ning endоspеrmаsidа to’plаnаdi. 2 pаllаli o’simliklаrning 
ko’pchiligidа  endоspеrmа  bo’lmаidi.  Chunki  ulаrdа  endоspеrmа  urug’  pishgunchа 
embriоnning rivоjlаnishigа sаrf bo’lаdi. Bundаy o’simliklаrdа zаpаs оziq mоddаlаr urug’ning 
pаllаsigа  to’plаnаdi.  Mаsаlаn:  chigit,  lоviya,  оshqovоq,  nuхаt.  Nusеllus  оziq  mоddа  sifаtidа 
sаrflаnmаy  qolsа,  u  endоspеrm  kаbi  vаzifаni  bаjаrаdi.  Nusеllus  urug’dа  sаqlаnib  qolsа,  uni 
pеrispеrm  dеb  аtаlаdi.  Mаsаlаn;  Chinniguldоshlаr  (Caryophillaceae),  Ituzumdоshlаr 
(Solanaceae) оilаsi o’simliklаridа. 
G’аllаdоshlаrning urug’lаri bа’zаn qоbiqsimоn bаrggа o’rаlib, yopishib kеtgаn bo’lаdi. 
Mаsаlаn: аrpа, so’li, shоli. Bа’zilаridа yopishmаgаn – bug’dоy, jo’хоri. Urug’lаr оdаtdа mаydа 
bo’lаdi. Bа’zi o’simliklаrning urug’i kаttа bo’lаdi. Mаsаlаn: yong’оq, pаlmа, хurmо. Yovvоyi 
holdаgi  o’simliklаrning  urug’i  mаdаniy  o’simliklаrning  urug’igа  nisbаtаn  judа  ko’p  bo’lаdi. 
Mаsаlаn:  1  tup  shumgiya  (zаrаziха)  200  ming  dоnа  urug’  bo’lаdi.  Yovvоyi  gultоjхo’rоz 
500.000 dоnа urug’ bеrаdi. 
 
 
Urug’ning  unib  chiqashi  uchun  suv,  T
0
  ,  havоning  О
2
  bo’lishi  shаrt.  Suv  ishtirоkidа 
urug’dаgi оziq mоddаlаr eriydi, krахmаl shаkаrgа аylаnаdi. Suvni shimib оlgаn urug’ shishаdi, 
bukаdi,  nаtijаdа  po’stlоg’i  yorilib,  embriоn  o’sib  chiqаdi.  T°  esа,  urug’  хujаyrаsidаgi 
fеrmеntlаrni hаrаkаtgа kеltirаdi.  Fеrmеntlаr tа’siridа оziqli  mоddаlаr eriydi.  T° 3 tа dаrаjаgа 
bo’linаdi. 
1. Eng pаst dаrаjа - minimum 
2. O’rtа dаrаjа - оptimum 
3. Yuqоri dаrаjа - mаksimum 
Hаr хil o’simliklаr hаr-хil T° ni tаlаb etаdi. Mаsаlаn: Bеdа +1
0
+30° + 37° 
Bug’dоyning + 3° + 25° + 30° 
G’o’zа + 12° +32° + 40°;Оshqоvоq + 1° + 37° + 44°. 
Hаvоning  О
2
  o’simliklаrning  unib  chiqayotgаn  urug’ining  nаfаs  оlishi  uchun  zаrur. 
Unаyotgаn urug’ kuchli nаfаs оlаdi. Nisbаtаn оlgаndа оdаmning nаfаs оlishi bilаn tеng.  

152 
 
Tinim  holatdagi  urug’lar  har  xil  vaqtda,har  xil  holatda  chiqishi  mumkin.Bir  pallali 
o’simliklar  urug’ining  tinim  holati  juda  osonlik  bilan  nam  va  issiqlik  tasirida  rivojlanishga 
o’tadi.Ba’zi  urug’lar  sovuq  tasirida  unib  chiqsa,ba’zilari  iliq  suvda  ivitilgandan  so’ng  unib 
chiqadi.Tabiatda  shunday  urug’lar  borki,ularning  urug’  po’stini  mexanik  yo’l  bilan  tilinmasa 
unib  chiqmaydi.Ba’zi  bir  urug’lar  unuvchanligini  yuz  yillargacha  saqlab  qoladi  masalan: 
yantoq, ajriq. 
 
Nazorat savollari 
 
1.
 
Chаnglаnish dеb nimаgа аytilаdi vа ulаrning usullаri nеchа хil bo’lаdi? 
2.
 
Оtаlik chаngining tаrаqqiy etishi vа rivоjlаnishi qаndаy bоrаdi? 
3.
 
Оnаlik tugunchаsining rivоjlаnishi vа tuzilishi qandаy? 
4.
 
Urug’ kurtаk tuzilishi?  
5.
 
Qo’sh urug’lаnishning mоhiyati nimаlаrdаn ibоrаt? 
6.
 
Mеvа gulning qаysi qismidаn hosil bo’lаdi vа ulаrning хillаri? 
7.
 
Urug’ qаndаy qismlаrdаn hosil bo’lаdi? 
8.
 
Urug’ning unib chiqishi uchun qandаy shаrоitlаr kеrаk? 
 
 
Foydalaniladigan  asosiy  darsliklar  va  o‘quv   
qo‘llanmalar  ro‘yxati 
1.
 
Яковлев Г. П., Челомбитько В.A. Ботаника. – M.: “Высшая школа” ,  2001.-230 c. 
2.
 
Mustafaev  S.M., Ahmedov O‘.A.  Botanika. – T.: O‘zbekiston, 2005.- 435 b. 
3.
 
Mustafaev    S.M.,  Ahmedov  O‘.A.,    Samatova    SH.    O‘simliklar    sistematikasidan  
amaliy  mashg‘ulotlar. – T.:  “YUNAKS-PRINT” MCHJ  bosmaxonasi, 2007.- 127 b. 
4.
 
Ahmedov  O‘.A.,  Yulchieva  M.T. Botanika  fanidan  elaktron  darslik.-T.: 2008. 
5.
 
Pharmaceutikal Botany, a Text-Books for students of pharmacy and science. Published 
by forgotten books, 2013. – 
6.
 
V. Ch. Evans   Farmakognoziya. –Xalqaro nashr: Edinburg,  London Nyu– York, 
Filadelfiya,  Sidney, Toronto (16 nashr).- Saunders Elsevier Limited, 2009. 
7.
 
Hamidov A.,  Nabiev M.M. “O‘zbekiston  o‘simliklarini  aniqlagichi”.-T.: 1987.-235 b. 
8.
 
Василев  A.E.  “Морфология,  анатомия растений”. – M.: Изд-вo  “ Высшая школа 
”, 1988. -435 c. 
9.
 
Xolmatov  X.X.,  Karimova    S.U.,  Ahmedov    O‘.A.  va    boshqalar.    Dorivor  
o‘simliklarning    lotincha-o‘zbekcha-ruscha-arabcha    va    forscha-tojikcha    lug‘ati.-T.: 
X.F.  “Nizim”  bosmaxonasi,  2004. – 239 b. 
10.
 
Berezovskaya    T.P.,  Dmitruk    S.E.,  Grishinna    e.I.,    Belousov    M.V.    Osnovы  
farmatsevticheskoy  botaniki. – Tomsk:  Pechatnaya  manifaktura,  2004.-294 s. 
11.
 
Xolmatov    X.X.,    Ahmedov    O‘.  A.  Farmakognoziya.  1-2  qism.  –  T.:  “Ibn    Sino”  
nashiryoti, 2007.- 806 b. 
 
MA’RUZA – 14 
 
Yopiq urug’li o’simliklar tasnifi. Bir va ikki pallali o’simliklar. Magnoliyadoshlar
ayiqtovondoshlar, ko’knoridoshlar. 
                                    
Ma’ruzaning maqsadi: 
 

153 
 
Yopiq urug’li o’simliklar tasnifi. Bir va ikki pallali o’simliklar. Ikki pallali o’simliklardan 
magnoliyaguldoshlar, ayiqtovondoshlar va ko’knoriguldoshlar oilalariga xarakteristika. 
 
Reja: 
 
1.Yopiq urug’lilaring kelib chiqishi va tasnifi. 
2.Yopiq  urug’lilar  bo’limining  xilma-xilligi  sabablari  va  ularning  geografik-ekologik 
tarqalishi. 
3.Bir va ikki pallali o’simliklar. 
4.Ikki pallalilar sinfi – Dicotyledones. 
5.Magnoliyaguldoshlar oilasi tasnifi. 
6.Ayiqtovondoshlar oilasi tasnifi. 
7.Ko’knoriguldoshlar oilasi tasnifi. 
 
Tayanch iboralar:  Yopiq  urug’li  o’simliklar  tasnifi.  Bir  va  ikki  pallali  o’simliklarni 
far?lari.Urug’  murtak.  Ildiz  tuzilishi.  Anatomik  tuzilishi.  Poyalardagi  o’tkazuvchi  to’qima 
bog’lamlar.  Poya  va  ildizlarning  eniga  yo’g’onlashishi.  Barglarning  tuzilishi.  Barg 
qirralarining shakli, tomirlanishi. Gul qo’rg’on a'zolari.   Magnoliyadoshlar 
oilasi: 
magnoliya,  lola  daraxtlari,  ayiqtovondoshlar  oilasi:  ayiqtovon,  jungar  parpisi,  mushuk  o’ti, 
bahor adonisi.  Ko’knoridoshlar oilasi: ko’knori, lolaqizg’aldoq, shotara o’simliklar.Lotincha 
nomi, gеografik tarqalishi, morfologik tuzilishi. Gulining tuzilishi. Gul formulasi.  
 
Yopiq urug’li o’simliklar bo’limi – Agniospermatophyta yoki Anthophyta. 
Yopiq urug’lilar – hozir yer yuzidagi barcha o’simliklar orasida ustunlik qilayotgan eng 
katta bo’limdir. 
Ular  bir  qancha  belgilari  bilan  o’simliklar  olamining  boshqa  vakillaridan  keskin  farq 
qiladi.  
Gulli o‘simliklar yoki  yopiq urug‘li o‘simliklar, o‘simliklar  dunyosining eng  yosh  va 
keng  tarqalgan  guruxi  bo‘lib  xozirgi  geologik  davrining  xukmron  o‘simligi  hisoblanadi. 
Ularning  tuzilishi  nihoyatda  xilma-xilligi,  turlarning  ko‘pligi,  kishilar  va  xayvonlar    hayotida 
tutgan o‘rni bilan o‘simliklarning boshqa guruxlaridan keskin farq qiladi. Tarixiy manbalarga  
qaraganda yopiq urug‘li o‘simliklarning dastlabki vakillari mezazoy erasining yura davrlarida 
paydo bo‘la  boshlagan. Keyinroq davrlariga kelib ular yer yuziga keng tarqala boshlagan. 
       Yopiq urug‘li o‘simliklarning keng  tarqalishiga  asosiy  sabab  bu vaqtga kelib havoda 
quyuq  bulutlar  kamayib  havo  namligi  kamaygan,  quyosh  nuri  yerga  ko‘proq  tushgan. 
Yalang‘och urug‘larning  qurg‘oqchilikka  moslashgan igna barglardan boshqa vakillari nobud 
bo‘lgan.  Ular  o‘rniga  tuzilishi  va  biologik  xususiyatlari  bilan  yangi  muxitda,  ya’ni  qurg‘oq 
havoda  yashashga  moslashgan  yangi  yosh  tip-yopiq  urug‘lilar  keng  tarqala  boshlaydi,  juda 
qisqa vaqt ichida ular biosferani egallab shu davrning xukumron  o‘simliklar guruxiga aylandi. 
     
Yopiq urug‘lilar guruxiga 200 000 dan ortiqroq tur kiradi.  Bu  ochiq urug‘lilardan 400  
marta    ko‘proq  ekanli-gini  ko‘rsatadi.  Yalang‘och  urug‘lilarning  taxminan  500  turi  ma’lum. 
Yopiq  urug‘li  o‘simliklarning  vakillari  odam    uchun    oziq-ovqat,  xayvonlarga    yem-xashak, 
sanoat  uchun xom ashyo manbai bo‘ladi. Yer shari aholisining  asosiy  ovqati  bug‘doy, sholi, 
jo‘xori, kartoshka, mevalardan olma, o‘rik, uzum, qovun-tarvuz texnik o‘simliklardan g‘o‘za, 
zig‘ir,  lavlagi,  shakar  qamish  va  xilma  xil  dorivor    o‘simliklar  yopiq  urug‘li  o‘simliklarning 
vakillaridir. 
   Yopiq urug‘li o‘simliklarning ko‘payib, yer yuziga  tarqalishiga  asosiy sabab, ularning  
yashovchanligi,  qurg‘oqchilikka tez moslasha olishi.  Hozirgi  vaqtda ochiq  urug‘li o‘simliklar 
faqat daraxt va butalardan  iborat bo‘lsa, yopiq urug‘li  o‘simliklarning  turli  vakillari  mavjud. 
Shu bilan birga ular organlarida metamorfozalar ham mavjud. 
1.Yopiq  urug’lilarning  urug’i  meva  ichida  bo’ladi,  shuning  uchun  ham  bu  o’simliklar 

154 
 
“Yopiq urug’lilar” deb ataladi. 
2.Ularning changchi va urug’chidan tashkil topgan guli bor. Gullari juda xilma-xil, shakli 
bilan bir-biridan farq qiladi. 
3.Changlanishi  hamda  urug’  va  mevalarning  tarqalishi  turli  usullarda:  shamol, 
hasharotlar,  qushlar,  suv  orqali  amalga  oshadi.  Qariyb,  ularning  90%ga  yaqini  hasharotlar, 
10%i shamol yordamida changlanadi. 
4.Ularda qo’sh urug’lanish sodir bo’ladi va natijada faqat murtak emas, balki endosperm 
ham vujudga keladi. Ularning urug’lanishi uchun  
suvli muhit bo’lishi shart emas. Bu xususiyat faqat gulli o’simliklar ya’ni yopiq urug’lilar 
uchun xos. 
5.Yopiq  urug’lilarning  urug’  kurtagi  urug’ga,  tugunchasi  esa  mevaga  aylanadi,  urug’i 
mevabarglar ichida yetiladi. 
6.Yopiq  urug’lilar  boshqa  o’simlik  guruhlariga  nisbatan  juda  murakkab  morfologik  va 
anotomik tuzilishga ega. Yopiq urug’lilarning meva qobig’i bilan himoyalanganligi va boshqa 
bir  qator  o’ziga  xos  belgilari  bilan  ularning  o’zidan  oldingi,  biologik-morfologik  jihatdan 
ungacha  takomillashmagan  o’simliklarga  nisbatan  yerdagi  hozirgi  hayot  sharoitiga  yaxshi 
moslashgan, yuksak darajada tuzilgan o’simlik ekanligini ifodalaydi. Ularning hayot tarzi turli-
tumandir. 
Reproduktiv  yoki  generativ  organlarni  murakkablashishi  bilan  birga  yopiq  urug’lilarda 
morfologik  va  anatomik  o’zgarishlar  ham  sodir  bo’ladi.  Barglarida  simpodial  tomirlanish, 
poyalarining o’tkazuvchi sistemasida traxeidlarni asosiy vazifasini bajaradigan suv naylari va 
floemadagi  elaksimon  hujayralar  elaksimon  naylarga  aylanadi,  uning  yonida  yo’ldosh 
hujayralari paydo bo’ladi. 
Yopiq urug’li o’simliklar ikki sinfga : Ikki pallalilar va bir pallalilar sinflariga bo’linadi. 
Bu sinflarning har birining  o’ziga xos belgi, xususiyatlari yig’indisi bilan xarakterlanadi. 
Magnoliyatoifali  yoki  yopiq  urug’li  o`simliklar  o`zlarining  tuzilishi  va  tarqalishi 
bo`yicha  nafaqat  o`simiklar  dunyosida,  balki  butun  organik  olamdagi  eng  katta  gurux 
hisoblanadi.  Hozirgi  vaqtda ularning 250 mingdan ortiq turi ma`lum bo`lib, 533 ta oila va 13 
ming  turkumni  tashkil  etadi.  Bular  shakli  va  xajmi  bo`yicha  ham  eng  yirik  organizmlar 
hisoblanib,  ular  orasida  1sm.  dan  (suvda  o`suvchi  Lemna)  150  metr  balandlikdagi 
(Avstraliyada  o`suvchi  evkalipt)  o`lkan  daraxtlar  mavjud.  Gulli  o`simliklar  yoshi,  kelib 
chiqishi  bo`yicha  eng  yosh  Mezozoy  erasining  bo`r  davridan  boshlab  rivojlangan  o`simliklar 
hisoblanadi.  Hozirda  ular  Er  yuzi  bo`ylab  tarqalishi  va  tuzilishi  bo`yicha  eng  murakkab  va 
xilma–xil moslashuvga ega bo`lgan o`simliklar hisoblanadi. Ular dunyoning hamma qit`alarida 
ekvatorning  issiq  tropik  o`rmonlaridan  tortib,  Shimoliy  Arktika  muzliklarigacha  tarqalgan. 
ekologik nuqtai-nazardan ham ular turli xil sharoitlarda (muhitda) o`sishga mosshlashgan: issiq 
jazirama cho`ldan eng baland tog’ cho`qqilarigacha, chuchuk va sho`r suv xavzalaridan (ko`l, 
soy,  daryo,  dengiz,  okean)  boshlab  ohakli,  gipsli,  toshli  va  boshqa  jinslardan  iborat  bo`lgan 
joylarda  tarqalgan.  Gulli  o`simliklarning  bu  darajada  turlar  sonining  ko`p  bo`lishi,  shaklan 
xilma-xiligi, geografik va ekologik diapazonining kengligi ularning murakkab tuzilganligiga va 
qator o`ziga xos belgilarga ega ekanligiga olib kelgan. 
2. Gulli o`simliklar quyidagi belgilari bilan ochiq urug`li va sporali o`simliklardan 
farq qiladi: 
1.  Urug’ning  to`liq  ximoyalanganligi  (yopiqligi),  urug`  kurtagini  tuguncha  ichida 
joylashganligi. 
2. Bularda urug`chining va eng muhimi mevaning hosil bo`lishidir. 
3.  Bularda  haqiqiy  gulning  paydo  bo`lishi  bilan  changlanish  va  urug`lanishi  jarayonida 
qo`sh urug`lanishni amalga oshishidir (S.Navashin, 1898). 
  
4. Gulli o`simliklarda  gametofit nasl  ochiq urug`lilarga qaraganda o`ta qisqarganligi  va 
juda tez taraqqiy etganligi bilan ajralib turadi. 

155 
 
Gametofit  nasl-ayrim  jinsli.  erkak  gametofit-chang,  chang  naychasi  va  unda  harakat 
qilayotgan  vegetativ  va  generativ  xujayralardan  iborat.  Urg`ochi  gametofit-bu  urug`chidagi 
murtak xaltasi  va unda joylashgan 8-ta xujayradan (tuxum  xujayra markaziy xujayra,  antipod 
va sinergitlar) tashkil topgan. Sporofit nasl mohiyati jihatidan 2-ta o`simlikdan: asosiy o`simlik 
va zigota tarqqiyotidagi embriondan (murtak) iborat. 
5.  Ichki  anatomik  tuzilishi  bo`yicha  ular  rivojlangan  bo`lib,  ikkilamchi  yog`ochligida 
ksilema,  floema,  haqiqiy  o`tkazuvchi  naychalar  traxeyalar  va  yo`ldosh  xujayralarning 
bo`lishidir. 
6. Morfologik tuzilishi jihatidan bularning xilma-xil ko`rinishiga, turli hil moslamalarga 
egaligi va turli hil sharoitda yashovchanligidir. 
7.  Hayotiy  shakllarining  xilma  xil  bo`lishi  kelib  chiqishi  bo`yicha,  eng  yoshi–o`t 
o`simliklar ekanligi, bulardagi muhim belgi hisoblanadi. 
3. Gulli o`simliklarning kelib chiqishi. 
Gulli  o`simliklar  dastlabki  qazilma  holdagi  qoldiqlari  (changlari,  barglari)  Mezozoy 
erasining  oxiri  Bo`r  davrining  2-yarmiga  xos  yotqiziq-laridan  boshlab  uchray  boshlaydi. 
Umuman  shu  davridan  boshlab  gulli  o`simliklarga  mansub  paleobotanik  ma`lumotlar 
dunyoning ko`p joylaridan topilgan. Gulli o`simliklar filogeniyasining to`g`ri, ilmiy asosda hal 
qilishda  dastlab  qachon,  qaerda,  qanday  yo`l  bilan  gulli  o`simliklar  paydo  bo`lgan  degan 
savolga  javob  berish  bilan  oydinlashadi.Ko`pchilik  botanik  (palebotanik)  olimlar  tomonidan 
qachon  degan  savolga  «Mezozoy»  erasining  oxiri  bo`r  davrining  2-  yarimidan  boshlab  gulli 
o`simliklar paydo bo`lgan degan fikr bir xilda bildiriladi. 
Bunga  sabab  o`sha-  bo`r  davrida  er  planetasida  qator  kosmagonik  o`zgarishlar  bo`lgan, 
quyosh  radiatsiyasi  ko`chaygan,  havo  harorati  keskin  ko`tarilgan,  so`ng  yana  haroratning 
pasayishi kuzatilgan. Ayniqsa shimol tomonda erning juda ko`p qismi  «Buyuk muzlik» bilan 
qoplangan. Bu o`zgarishlar geograf, geolog, klimatolog, paleogeograf va boshqalar tomonidan 
tasdiqlangan. Shu sababdan ham bo`r davrida gulli o`simliklar paydo bo`lgan deb hisoblanadi. 
Qaerda? degan savolga hozirgacha turlicha fikrlar bildiriladi. Aksariyat palebotanik topilmalar 
ekvatorga  yaqin  bo`lgan  tropik  va  subtropik  xududlaridan  topilgan.  Paleobotanik  olimlar  A. 
Krshitofovich,  V.Sveshnikovalar  fikricha  gulli  o`simliklar  dastlab  qadimgi  Gondvana 
qit`asining  shimolida  paydo  bo`lgan  deb  qaraladi.  Ular  tomonidan  Shpitsbergan  oroli, 
Grelandiya hududlaridan topilgan gulli o`simliklarning changlari Bo`r davriga xosligi aytiladi. 
Bu yo`nalishda bir muncha to`liq, asosli fikrlarni taniqli paleobotanik olim A.Taxtadjyan 
(1964),  Toron  R.Thorne  (1976)  nazariyalari:  dastlab  paydo  bo`lgan  joy  qadimgi  Panfik 
qit`asining  tropik  hududlari  yoki  hozirgi  Osiyo  qit`asining  sharqiy-janubidagi  orollar-Yangi 
Zelandiya,  Yangi  Gvineya  qit`asining  Filippin,  ayniqsa  Fidji  orollari  hisoblanadi.  Chunki  u 
erda hozirda ham gulli o`simliklarning eng qadimgi va sodda tuzilgan vakillari ko`p uchraydi. 
Maslan: magnoliya, lola daraxti va boshqalar. 
Bular  qanday  yo`l  bilan  kelib  chiqqan?  Degan  savolga  ham  turli  fikrlar  bildiriladi. 
Ularning  filogeniyasining  hal  qilishidagi  muhim  masala  gulning  paydo  bo`lishini  hal  qilish 
bilan  bog`liq.  Bu  yo`nalishida  qator  fikrlar,  nazariyalar  o`rtaga  tashlangan.  Shulardan 
muhimlari quyidagilar: 
1.     Nemis, (Avstraliya) olimi P.Vettshteyn (1901) tomonidan fanga kiritilib keyinchalik 
«soxta-gul»- Pseudanthos – nazariya nomini olgan. Bu nazariyaga muvofiq gul ochiq urug`lilar 
vakili  bo`lgan  gnetumlar  (oraliq  formasi  efedralar)  qubbasining  shakl  o`zgarishdan  kelib 
chiqqan  deb  qaraladi.  Bulardagi  qubbalaridagi  ayrim  jinsli  bo`lishi,  to`liq  2  jinsli  gulning 
paydo bo`lishiga zamin bo`ldi deyishiga to`g`ri kelmadi. 
2.      Bu  nazariya  ingliz  paleobotaniklari  Arber,  Parkin  va  ular  bilan  deyarli  bir  vaqtda 
boshqa ingliz botaniklari Besi, Gallir (1869) ishlab chiqqan  «Chin  gul»  - Euanthos nazariya. 
Bu  nazariyaga  muvofiq  «2  jinsli  gul-bu  shakli  o`zgargan  bennettitlarning  2  jinsli  qubbasidir. 
Bennettitlarning  qubbalaridagi  mikrosporofil  bargchalarining  o`zgarshidan  changchilar, 
megasporafillarning o`zgarishidan urugchilar paydo bo`lgan» deb talqin qilinadi. 
Bu  nazariyani  to`ldiruvchi  yana  muxim  asos  shundaki,  bennettitlar  va  urug`li 

156 
 
paporotniklarning  yuqolib  ketgan  davri  (bo`r  davri)  gulli  o`simliklarning  paydo  bo`lishiga 
to`g`ri keladi.Akademik A.Taxtadjyan (1986) yuqoridagi «chin gul» nazariyasini ma`qullagan 
xolda,  «gul-bu  shakli  o`zgargan  bennettitlarning  2  jinsli  qubbasidir.  Bennettitlar  o`z  yo`lida 
urug`li  paporotniklardan  paydo  bo`lgan»  degan  to`ldirishni  kiritadi.  Lekin,  shuni  qayd  etish 
kerakki, shu kunga qadar bu fikrlar to`liq isbotini topmagan. Sababi, keyingi tekshirishlar shuni 
ko`rsatmoqdaki, gulli o`simliklarning ko`pchiligi uchun xos bo`lgan urug`dagi oqsil moddalar 
bennettitlar  urug`ida  yo`q  ekanligi  aniqlangan.  Gulli  o`simlikni  kelib  chiqishi  bo`yicha  yana 
ko`p  olimlar  o`z  fikrlarini  bildirganlar.  Masalan:  Nazariyotchi  botanik  olim,  O`rta  Osiyo 
florasining taniqli tadqiqotchisi M. G. Popov «Gulli o`simliklar gibridizatsiya – duragaylanish» 
yo`li bilan kelib chiqqan degan fikrni bildiradi. Bu gipoteza ham munozarali va ko`p isbot talab 
qiladi. 
 
Ikki pallalilar sinfi – Dicotyledones. 
 
Bu  sinf  vakillari  quyidagi  belgilar  bilan  xarakterlanadi:  murtagi  ikki  urug’pallali, 
urug’lari endospermsiz yoki endospermli va perspermli. Anatomik tuzilishi jihatidan birlamchi 
va  ikkilamchi.  Barglari  oddiy  va  murakkab.  Barg  qirralari  va  shakllari  har  xil.  Barg 
tomirlanishi  to’rsimon  tomirlangan.  Hayot  shakllari  daraxtsimon,  butasimon,  chalabutasimon 
va o’tsimon. Asosiy ildizi yaxshi rivojlangan. Kambiy qavati bo’lganligidan, tanasi ikkilamchi 
yo’g’onlashish  xususiyatiga  ega.  Naychalar  to’dasi  ochiq.  Gullari  besh  bo’lakli  tipda. 
Gulqo’rg’oni ko’pincha qo’sh bo’ladi. 
Biroq bu barcha belgilar emas, ammo ular ikki pallali o’simliklarni bir pallalilardan farq 
qilishga imkon beradi. Ikki pallali o’simliklarni birontasi bir pallalilar bilan chatishmaydi, hatto 
ular bir-biriga payvand qilinsa, payvand ham tutmaydi. 
 
Ikki pallalilarning ichki tuzilishi 
 
Bir pallalilar sinfi – Monocotyledones.  
 
Bu sinf vakillari yer yuzining hamma joylarida tarqalgan bo’lib, tarkibida 4ta kenja sinf, 
104 oila, 3000 avlod, va 63000 turni birlashtirgan. 
 Bir pallali o’simliklar o’ziga xos belgilari bilan  ikki pallalilardan farq qiladi. Bu  sinfga 
kiradigan o’simliklarning ichki tuzilishi ham bir-biridan farq qiladi. Ularning urug’ murtagi bir 
pallali. Urug’lari endospermli. Anatomik tuzilishi faqat birlamchi.  
 
Bir pallalilarning ichki tuzilishi 
 
Poyadagi o’tkazuvchi bog’lamlari  yopiq  (kambiysiz), kollaterial va tartibsiz joylashgan. 
Ularda poya va ildizlarining yo’g’onlashmasligiga sabab po’stloq bilan markaziy silindr qismi 
o’rtasida ikkilamchi paydo qiluvchi to’qima – kambiy qavatining bo’lmasligidir. Lekin ayrim 
bir pallalilardan yog’ochsimon dratsena, yukkalarda kambiyning hosil bo’lishi bilan birga ular 
eniga yo’g’onlashadi. Bir pallali o’simliklarning bir vaqt qurib qolishi tufayli poyasining pastki 
tomonidan qo’shimcha ildizlar o’sib chiqib sochma – popuk ildizni hosil qiladi. Barglari faqat 
oddiy,  qirralari  butun,  parallel  yoki  yoysimon  tomirlangan.  Barg  shakllari  lansetsimon, 
lentasimon,  chiziqsimon,  naychasimon,  tuxumsimon  bo’ladi.  Gulqo’rg’oni  oddiy,  asosan  uch 
a’zoli. Hayot shakllari o’t, qisman daraxtsimon o’simliklar.  
Hozirgi  yopiq  urug’lilardan  ko’p  mevalilar  (magnoliyagullilar, 
ayiqtovongullilar,  zirkgullilar)  va  ba’zi  boshqa  o’simliklar  eng  oddiy 
o’simliklar  hisoblanadi.  Ko’p  mevalilarning  juda  ko’p  oddiy  belgilari 
xos  bo’lgan  tipik  gulining  spetsifik  tuzilganligi  buning  isbotidir. 
Ularning  gul  o’rni  konussimon,  gultoji  ayrim  gulbargli,  gulbarglari 
ko’p,  ular  spiralsimon  joylashgan  va  hokazo.  Changchi  va 

157 
 
urug’chilarning ko’pligi bu o’simliklar uchun ayniqsa xarakterli. 
Ko’p mevalilar qabilasi – (Polycarpicae). 
Ko’p  mevalilar  qabilasi  23ta  oilani  o’z  ichiga  oladi.  Bu  qabilaga  kiruvchi  daraxtlardan 
magnoliyadoshlar,  lavrdoshlar,  zirkdoshlar,  o’t  o’simliklardan  esa  ayiqtovondoshlar  eng 
tipikdir.  
Ko’p mevalilarning gullari xilma-xil bo’lgani bilan ular sodda tipda tuzilgan.  
Biz faqat magnoliyadoshlar va ayiqtovondoshlarni ko’rib chiqamiz. 
Download 43.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling