Toshkent Farmatsevtika instituti Tekshirdi: Hasan Abdurahmonov
Download 59.13 Kb.
|
“Falsafa turmus-WPS Office
Falsafa fan sifatida mavjud narsa va hodisalarning eng umumiy aloqadorligi va rivojlanish qonunlarini, odam-olam munosabatlarining tub mohiyatini bilishga imkon yaratadi. Bu haqda ¤rta asrning mashhur faylasufi, «Ikkinchi muallim» nomi bilan jahonga tanilgan olim Abu Nasr Forobiy bunday deydi: «Mavjudot haqidagi bilim qo‘lga kiritilsa, shu haqda ta’lim berilsa, mavjudotdan bo‘lgan narsaning zoti bilinsa, narsaning ma’nosi tushunilsa, ishonchli dalil-hujjatlar asosida shu narsa haqida miyada bir turli ishonch va tasavvur paydo bo‘lsa, mana shu ma’lumotga doir fanni falsafa deymiz. Falsafa bilimi ochiq-oydin ishonchli dalil-hujjatlarga ega bo‘ladi.Odamlar falsafa yo‘li bilan isbot etilgan mavjud narsa haqida to‘la ishonch va qanoatga ega bo‘ladilar».1 Bu fikrlardan ko‘rinib turibdiki, vatandoshimiz Abu Nasr Farobiy o‘z xulosalarida falsafa fan sifatida ilm-fan dalillariga asoslanishi, odam-olam munoabatlari shulardan kelib chiqadigan ishonch va qanoatga tayanish lozimligiga e’tiborni qaratgan. Falsafa fanining qonunlari, kategoriyalari, tushunchalari, tamoyillari va falsafiy bilish metodlari shakllanishi uzoq tarixiy davrni o‘z ichiga oladi. Ana shular orqali olamni, unda odamning o‘rnini falsafiy anglash imkoniyati vujudga keladi. Biz yashayotgan tarixiy davrda barcha kadrlar o‘zlarida falsafiy (donishmandlarcha) fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lishlari ijtimoiy taraqqiyotda inson omilining o‘rni va rolini ilmiy anglab olishlari uchun kafolat bo‘ladi. Falsafa fan sifatida boshqa fanlardan ustun xam, kam ham emas. Moxiyatan falsafa fani predmetining aniqlanishi boshqa fanlardan farq qilmaydi. CHunki istagan fanni olmang, uning predmetining aniqlanishi uzoq tarixiy davrlarni o‘z ichiga olganining guvohi bo‘lasiz. «Falsafa» atama sifatida tarixan turlicha ma’nolarda qo‘llab kelindi. Jahondagi juda ko‘p olimlarning asrlar davomidagi izlanishlari, tadqiqotlari natijasi sifatida «olam-odam» munosabatlariga ilmiy-falsafiy yondashuvga imkon tugdiradigan o‘z tushunchalari, kategoriyalari, qonunlari, uslublari, tamoyillari aniq-ravshan bo‘lgach, nemis faylasufi Gegel tomonidan ularni muayyan bir tizim (sistema)ga solish boshlandi.Download 59.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling