Toshkent Farmatsevtika instituti Tekshirdi: Hasan Abdurahmonov
Download 59.13 Kb.
|
“Falsafa turmus-WPS Office
SHuni ham aytish kerakki, falsafa barcha fanlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, ularning dalillari, xulosalarini sintez qilib, muayyan dunyoqarashni shakllantiradi va barcha fanlar uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Bugina emas, falsafa xatto mistika va din bilan ham aloqadordir. Demak, falsafa barcha yo‘nalishdagi fanlar va qarashlarni bir-biriga bog‘lovchi, ularni yo‘naltiruvchi alohida xususiyatga ega bo‘lgan fan hisoblanadi. Hamma insonshunoslik (gumanitar) fanlarning tadqiqot ob’ekti insonning ichki olami, ruxi va bu bilan bog‘liq bo‘lgan jamiyatning ma’naviy madaniyati hamda odamlarning o‘zaro munosabatlarining g‘oyaviy asosidir. Bu fanlar odamning ruxiy olamini matnlarda o‘rganadi. Odamzot fe’l-atvori imkoniyat darajasidagi o‘ziga xos matndir. Insonshunoslikda tadqiqotchi jonli odam ma’naviy olami, uning ruxi bilan to‘qnash keladi. Bunda tadqiqotchi o‘zi uchun qadriyatli dunyoqarash ta’sirida ish ko‘radi. O‘ar bir odam o‘zi bir kichik olam, uning narsa, hodisalarga o‘z qarashlari, baholashlari va shu asosda munosabat belgilashlari mavjud. Fan, avvalo falsafa bu individuallikning o‘ziga xos shakli va funksiyalarini o‘rganishi lozim bo‘ladi. Matnlarni o‘z ma’nosida anglash va qo‘llash uchun matnni tasdiq etish va begona individuallikka erishish san’ati sifatida germenevtika fani shakllangan. Germenevtika falsafa fanining tabiiy xususiyatlarini tushunishga imkon beradigan uslub (metod)lardan biridir. Matnlarni o‘z ma’nosida talqin etish va bahs-munozarali munosabatlar mohiyatini anglash san’ati sifatida germenevtika tadqiqotning falsafiy uslub (metod)lari bilan «qorishib» ketadi hamda o‘zi bilishning ratsional bosqichiga ko‘tarilib, falsafa maqomiga ega bo‘lib qoladi. Falsafa fan sifatida odam bilish faoliyatining yana bir turi bo‘lgan san’at bilan ham aloqadordir. Badiiy bilish shaxsiy tasnifga ega bo‘lgani sababli individual his-hayajonli komponent «ifoda ob’ekti»ning tarkibiy qismi bo‘lib qoladi.San’at voqelikni obrazli idrok etish, shu tufayli u voqelikning o‘zidagi go‘zallikni bilishga qaratilgandir. San’atkorning ongli, o‘zgarmas qarashlari ob’ektni bir butunlikda anglashga qaratiladi. San’atdagi donolik falsafadagi kabi individuallik bilan tutashib ketadi. Buyuk faylasuflarning asarlari ham san’atkorniki kabi insoniyat tarixining turli davrlari uchun qo‘yilgan xaykaldek hayotni, olamni bir butun holatda anglashga imkon tug‘diradi. Olam va odam munosabatlariga bir xil qarovchi san’atkor shaxsi bo‘lmaganidek, falsafiy fikrlashda ham aynan bir xil shaxs bo‘lmaydi. Ularning har qaysisida ham muayyan masala (ob’ekt)ga umumiy qarashlar bo‘lishi mumkin, ammo u umumiylik individual shaklda namoyon bo‘ladi. SHuning uchun ham bitta faylasuf asarlariga ixlosmand odamlar ham, ularni yoqtirmaydigan odamlar ham bir davrda yonma-yon yashaydilar. Faqat falsafada umuman olganda emotsional (his-hayajonli) quvvat san’atdagidan ozroq, ammo tabiiyotshunoslik va texnikashunoslik fanlaridan ancha ko‘proqdirki, shunga binoan, falsafiy fikrlash ham o‘ziga xos san’atga o‘xshab ketadi. Poetik va falsafiy asarlar muayyan bir davrdagi faqat taniqli shaxslarnigina qoniqtira oladi, boshqalarni esa qoniqtirmaydi, o‘zgacha aytganda, har ikkisiga munosabat odamlar didi, farosatiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Taiiyotshunoslik, texnikashunoslik fanlari asoslariga munosabatdaa san’atga va falsafaga xos reallikdan uzoqlashish xaqida gap bo‘lishi mumkin emas. Binobarin, falsafiy asarlar ham san’at asarlari kabi qiyofalikdir, odam-olam munosabatlariga shaxsiy qarashlar mevasidir. Olamning «falsafiy manzarasi»ni yaratishning o‘zi faylasufda go‘zallikni xis etish, olam ichiga kirib ketishni taqoza etadi. «Olam manzarasi»ning umumiy, falsafiy mazmunining o‘zi individ va insoniyat taqdirini baholash nuqtai nazaridan insoniy, emotsional munosabatni taqoza etadi. Ko‘pincha, ayniqsa SHarq falsafasi asarlari huddi badiiy asarlardek jozibali, inson qalbini o‘ziga rom etuvchan xususiyatga ega bo‘ladi. Zero, SHarq odamida obrazli tafakkur tarzi G‘arb odamiga nisbatan ustivorroq bo‘ladi. Ammo G‘arb odamlarida mantiqiy tafakkur tarzi SHarqqa nisbatan ustivorroq rivojlangandir.Download 59.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling