Toshkent Farmatsevtika instituti Tekshirdi: Hasan Abdurahmonov


Download 59.13 Kb.
bet10/14
Sana28.12.2022
Hajmi59.13 Kb.
#1014570
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
“Falsafa turmus-WPS Office

Falsafaning yana bir tomoni shuki, unda narsa, hodisalarni tajriba yo‘li bilan emas, undan tashqarida – aql-idrok va faxm-farosat bilan mantiqan bilishga moyillik kuchli bo‘ladi. Buni fanda transsentalistik qarash deyiladi. Darhaqiqat olamda tajriba doirasiga sig‘maydigan, undan tashqaridagi narsa va hodisalar ham bo‘ladi. Zero, olam mohiyat e’tibori-ila mo‘‘jizadir. Masalan, kosmosda, boshqa yulduzlarda hayot borligini hozircha tajriba yo‘li bilan bilib bo‘lmaydi, ammo insoniyat fan-texnika sohasida to‘plagan tajribasiga tayanib turib, taxminan faraz qilib, uni mantiqan asoslay oladi. Bu esa yangi kashfiyotlar uchun o‘ziga xos yo‘l ochadi. YOki muhabbat xis-tuyg‘usini tajriba yo‘li bilan isbotlash qiyin. Odam o‘z «Meni»ni, chin hayoti, huzur-xalovati, orzu-armonlarini o‘zida emas, balki seviklisi – «Unda» ko‘radi, uning uchun yashaydi, o‘z hayot ma’nosini uningsiz tasavvur eta olmaydi.

CHin muhabbat xis-tuyg‘usi har bir insonga bitmas-tuganmas quvvat (energiya) beradi, uni aql bovar qilmaydigan jasoratlarga, qahramonliklarga chorlaydi. SHuning uchun I.Kant «transsendental» so‘zidan «transsendent» so‘zini farqlashni maslahat beradi, ya’ni «transsendent»ga ko‘ra, bilish qiyin, ammo ishonish predmeti bo‘ladigan narsalar, xodisalar ham borki, ularni matematik o‘lchovlar doirasiga sig‘dirib bo‘lmaydi.Odamzot olamni to‘la-to‘kis bila olmaydi, faqat uning ayrim tomonlarining ichiga kirib boradi. qaerdaki, aql ojiz bo‘lib qolgan vaqtda va joyda transratsionallik yordamga keladi. Uning yordamida biz olam va qalbimizning birinchi asoslarini anglashga qodir bo‘lamiz. Borliq bilan qadriyat birligini anglash natijasida inson ma’naviy borlig‘iga ega bo‘lish mumkinligiga ishonch hosil etamiz. Masalan, xudoni bilish, ko‘rish mumkinmi? Ammo uni qadrlash, sevish, ishonish, unga o‘zini tavakkul qilish orqali odamzot o‘z borlig‘ini topishi mumkin. YOki bo‘lmasa, ezgulik yovuzlik ruhi ustidan tantana qilishiga ishongan odam o‘z-o‘zini anglab, hayot ma’nosini tushunib etadi va o‘zidan yaxshi nom qoldirish, saxovatli bo‘lish orqali chinakam borlig‘ini topa oladi. Odamzot o‘z kichik olami – «Men»ni katta odam – «U» - transsentent bilan bog‘lash orqali o‘z-o‘zini, inson zotiga mansubligini bilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Transsentlanish esa mistika bilan tutashib ketadi. Mistikani ko‘pincha faqat din bilan bog‘lashadi, bu, to‘g‘ri emas. N.A.Berdyaev mistikaning 2 ta tipi borligiga e’tiborni qaratadi: a) ruhiy tajribaga asoslangan; b) aql-idrok, bilishga asoslangan mistika. Mistika olamda sirli narsalar borligiga ishonchdir, biz bilishga ulgurmagan barcha narsa, hodisa aslida mo‘‘jiza sifatida namoyon bo‘ladi. Xaqiqiy mistika realizm bo‘lib, u olamning bizga ma’lum bo‘lmagan birinchi asoslarini bilishga qaratilgandir. Meditatsiya inson o‘z-o‘zini, ruxini poklash yo‘li bo‘lib, mistika bilan meditatsiyaning qo‘shiluvidan ilmiy-falsafiy imon yuzaga keladi. Bu imon orqali inson o‘z ichki olamini munavvar qilishga intiladi. Falsafa donolik, donishmandliknig o‘zi bo‘lib qolmay, yana hayot xaqida turmush tajribasiga tayanib donishmandlarcha fikrlash, donishmandlarcha yashashga intilishdir. SHu ma’noda falsafiy bilimlar egasi bo‘lmagan cho‘pon yoki dehqon ham o‘z aql-idroki, hayotiy tajribasi asosida dono fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lishi mumkin. SHuning uchun falsafaning tili sodda, ravon va ommaga tushunarli bo‘lgandagina u e’tiborli bo‘la oladi. Muayyan fan professori o‘z ixtisosligi bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lishi, ammo hayot va uning ma’nosi xaqida donishmandlarcha fikrlay olmasligi mumkin. Zero, donishmandlik hayotiy tajribaga asoslangan chuqur aqldir. Faylasuf esa olam, unda odamning o‘rni xaqidagi bilimlarni muayyan tizimga soladi, olamni falsafiy idrok etishga imkon tug‘diradigan tushunchalar, kategoriyalar, tamoyillar, qonunlar, uslub (metod)lar haqida bilim berib, kadrlarda falsafiy fikrlash qobiliyati shakllanishiga yordamlashadi.


Download 59.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling