Toshkent Farmatsevtika instituti Tekshirdi: Hasan Abdurahmonov
Download 59.13 Kb.
|
“Falsafa turmus-WPS Office
Xulosa: a)”falsafa” va “falsafa fani” tushunchalaridagi umumiylik va ayrimlikni anglash bagoyat muxim axamiyatga molikdir; b)falsafa fanining o‘z tadqiqot soxasi (predmeti) borki, shu orqali u boshqa fanlardan ajrab turadi; v) falsafiy dunyoqarash ham milliy, ham umumbashariy moxiyatga egadir; g) falsafa fani bir qator funksiyalarni bajaradi va shular orqali ijtimoiy muammolarni xal etish yo‘llarini izlaydi va topadi. Falsafa fani uzoq tarixiy davrlarni bosib o‘tdi. Olamni ilmiy bilish ehtiyoji undan turli fanlar ajralib chiqishiga sabab bo‘ldi. Tabiiyotshunoslik va insonshunoslik fanlarining shakllanishiga ilg‘or falsafiy qarashlar qanchalik ijobiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, o‘z navbatida boshqa fanlar, hatto siyosiy va mafkuraviy qarashlar ham tarixan falsafiy qarashlarga o‘z ta’sirini o‘tkazib kelmoqdalar.Falsafiy fikrlar olam hodisotlari sababli bog‘lanishini izlash, haqiqatni topishga bo‘lgan odamzotdagi kuchli intilish tufayli rivojlanib bordi. Dunyoqarash strukturasida bilish sub’ektlarining tubdan yangicha qarashlarga ega bo‘lishi afsonaviy (mifologik) qarashlar o‘rnini tom ma’noda ilmiy yo‘nalishlar egallay boshladi. Umuman olam va unga odam munosabatlari haqida mifologik va diniy dunyoqarashlar doirasiga sig‘maydigan yangicha g‘oyalar, nuqtai nazarlarning paydo bo‘lishi natijasida tabiiyotshunoslik fanlari, so‘ngra jamiyatshunoslik, insonshunoslik, texnikashunoslik fanlari yuzaga keldiki, bular olam to‘g‘risidagi an’anaviy tasavvurlar o‘rnini egallay boshladi.Falsafiy bilimlar o‘zining vujudga kelishi va rivojlanish jarayonida tabiiyotshunoslik fanlari bilan qorishib ketdi. Falsafa gorizontal bo‘yicha tabiiyotshunoslik fanlari bilan tutashadi, vertikal bo‘yicha esa ijtimoiy-gumanitar fanlar sirasiga kirib, yo mafkuralashadi, yoki mafkuraning ilmiy yo‘nalish olib, real voqelikka muvofiq kelishiga imkon tug‘diradi. Falsafa bilishning turli sohalaridagi ma’lumotlarni yig‘ib, ularni qayta muhokamada o‘tkazadi. SHu jarayonda olamning yangi umumiy manzarasi to‘g‘risidagi tasavvurlar o‘zgarib boradi. Masalan; «atom», «modda», «narsa» v.b. haqidagi ilmiy ma’lumotlar, energiyaning saqlanish va boshqaga aylanish, butun dunyo tortilish qonunlari kabi tabiiyotshunoslik fanlariga doir tushunchalar falsafa fanining ilmiy salohiyatini oshiradi. SHuni ta’kidlash lozimki, «atom» haqidagi fikr falsafiy qarashlar natijasi bo‘lsa-da, ammo uning mazmun-mohiyati eksperemental tarzda tabiiyotshunoslik fanlari tomonidan isbotlandi. Erning dumalog‘ligi, o‘z o‘qi atrofida aylanishi to‘g‘risidagi ilmiy-taxminlar ham faylasuflar ijodi edi. Ammo u tabiiyotshunoslik fanlari tomonidan o‘z isbotini topgach, dunyoqarashda jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi.Download 59.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling