Toshkent Farmatsevtika instituti Tekshirdi: Hasan Abdurahmonov
Download 59.13 Kb.
|
“Falsafa turmus-WPS Office
Olam nima, undagi harakatlar negizida qanday quvvat yoki qudrat (energiya) yotadi, u qachon va qanday paydo bo‘lgan, odam ongi borliqni bilishga qodirmi, uni o‘z xoxishicha o‘zgartira oladimi yoki yo‘qmi kabi savollarga javob qidirish jarayonida dastavval mifologik, so‘ngra diniy dunyoqarashlar o‘z-o‘zidan shakllanib, odamlarning ijtimoiy muxitda bir-biri bilan xamkor-xamnafas bo‘lib yashashlari uchun ma’naviy-ruxiy shart-sharoit yaratildi. Bu dunyoqarashlar tufayli odam-olam munosabatlari insonparvarlik asosida rivojlanishi yo‘lida katta tarixiy tajribalar to‘plandiki, ularga tayanib turib ITI va Globallashuv jarayonida odamlar, elatlar, xalqlar, millatlar o‘zaro hamkor, hamnafas, do‘stona aloqalarda yashashlari uchun yangicha, tarafkashlikdan holi tafakkur tarzini shakllantirish, «odam-olam» munosabatlarini to‘la-to‘kis ilmiy o‘zanga burib yubora oladigan dunyoqarashga kuchli ijtimoiy extiyoj paydo bo‘lmoqda. CHunki ITI hamda odamzod ma’naviy olami qashshoqligi tufayli yuzaga kelayotgan muammolarni faqat ilmiy-falsafiy dunyoqarash orqali xal qilish mumkin, xolos. SHuning uchun falsafa mustaqil fan ekanligi, uning o‘z predmeti borligini tan olish dunyo miqyosida ham, mamlakatimiz ichida ham favqulotda muxim bo‘lib turibdi. Odamzotning aql-idroki, uning mevasi bo‘lgan fan-texnika va texnologiya muvaffaqiyatlari butkul oqilona ishlarga, faqat bunyodkorlikka, ezgulikning qaror topishiga burib yuborish mumkinmi-yo‘qmi, degan savolga faqat falsafa fani asosli javoblar topishi mumkin.SHu fanga ishonch va ixlos (e’tiqod) tufayli hozirgi zamon ilg‘or fan yutuqlari xulosalari va dalillariga asoslangan falsafiy dunyoqarashni qaror toptirish mumkin. Bu fanni rivojlantirish, uning kategorial bazasini mustaxkamlash orqali har bir jamiyatda ma’naviy qadriyatlarni barqaror qilish odam uchun oliy qadriyat ekanini xar bir individ ongiga etkazish va eng muximi, milliy, diniy, irqiy yoki boshqa tafovutlar tufayli xar qanday shakl-shamoyilda dushman obrazi yaratish siyosati va mafkurasining g‘ayriinsoniy moxiyatini fosh qilib tashlash mumkin. Dunyoda yigilib qolgan va tobora ko‘payib borayotgan muammolarni hamma elatlar, xalqlar, millatlar birgalikda, hamkor va hamnafas bo‘lgan sharoitda xal etish mumkin. Buning uchun odamzod ruxini poklashda barcha dinlarning namoyondalari va ilm-ma’rifat axllari birgalikda izlanishlari, bu yo‘nalish bo‘yicha o‘zaro ittifoq tuzishlari maqsadga muvofiqdir. SHunda falsafa fanining milliy va umumbashariy axamiyati beqiyos oshib ketadi.Download 59.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling