Toshkent Farmatsevtika instituti Tekshirdi: Hasan Abdurahmonov


Download 59.13 Kb.
bet8/14
Sana28.12.2022
Hajmi59.13 Kb.
#1014570
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
“Falsafa turmus-WPS Office

Bilish voqelikdagi anglangan aniq xissiy va tushunchaviy timsollarni qabul qilib olish, xotirada saqlash, qayta ishlash va sistemalashtirishga qaratilgan faoliyatdir. Bilimlarning rivoji va ularni sistemaga solish jarayonida ilm-fan paydo bo‘ladi. Mifologik va diniy dunyoqarash ishonchga asoslansa, fan ilmiylik mezonlariga amal qiladi. Ular: a) ob’ektiv (xolis)lik tamoyili; b) ratsionallik yoki dalillash (isbotlash) tamoyili; v) essensial yo‘nalishi yoki ob’ektning mohiyatini ochish tamoyili; g) bilimlarni sistemalash yoki nazariy shaklga solish tamoyili; d) ilmiy haqiqatlarni tekshirish mumkinligi tamoyili. Fanga doir bu tamoyillar to‘laligicha falsafiy bilimlarni, ayniqsa ontologiya, gnoseologiya, antropologiya va metodologiyaga ham taalluqlidir. SHu ma’noda falsafani ilmiy bilimlarning bir turi, ya’ni tabiiyotshunoslik fanlari qatoriga kiritish mumkin. Biroq, falsafa ijtimoiy fan hamdir; jamiyat, uning taraqqiyot qonunlari, ijtimoiy borliq, individual va ijtimoiy ongni ham o‘rganadi. U xuquqshunoslik, siyosatshunoslik, iqtsodiy fanlar bilan ham tutashib ketadi. Barcha ijtimoiy fanlar tarixiy aspektda muayyan mafkura bilan o‘zaro aloqada mavjud bo‘ladi. Binobarin, falsafaning biron-bir oqimi ijtimoiy hayotga munosabatda mafkura bilan bog‘lanadi. Ijtimoiy hodisalarga mafkuraviy yondashuv esa ma’lum darajada uni ilmiylikdan uzoqlashtiradi. Zero, mafkura ijtimoiy borliqni muayyan-sotsial guruhlar, sinflar, millatlar manfaatlari ko‘zgusi orqasidan qarab ifodalashdir. Mafkura mazmunini siyosiy g‘oyalar tizimi va amaliy harakatlar dasturi tashkil etadi. Mafkuraning falsafaga ta’siri ayrim falsafiy oqimlar o‘rtasida murosasizlik vaziyatini vujudga keltiradi. Bu hol bir ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardan boshqasiga o‘tilayotganda falsafaga nisbatan salbiy yondashuvlarni vujudga keltiradiki, bu falsafaning fan sifatida tan olmaslik oqibatidir. Ammo muayyan tarixiy davrda mafkura bilan bog‘lanib ketgan falsafiy oqimni falsafa fani bilan aynanlashtirib bo‘lmaydi, ya’ni ayrim (bo‘lak) oqimni butun (falsafa fani) bilan almashtirish haqiqatga xilofdir.


Download 59.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling