Тошкент ирригация ва қишлоқ ХЎжалигини механизациялаш муҳандислари институти


Ozuqa tarqatgich qurilma to‘kish darchasining balandligi ozuqani tarqatish sifatiga ta’sirini tajribaviy o‘rganish


Download 0.66 Mb.
bet14/34
Sana18.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1576160
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34
Bog'liq
Автореферат Худайназаров LOTIN 16 05 2023 2444sev

Ozuqa tarqatgich qurilma to‘kish darchasining balandligi ozuqani tarqatish sifatiga ta’sirini tajribaviy o‘rganish.

1) makkajo‘xori 2) beda 3) somon
10-rasm. To‘kish darchasining balandligiga bog‘liq holda dag‘al ozuqalar
tarqatish miqdorining o‘zgarishi
Tadqiqotlarga asosan yuqoridagi tajrabadan ya’ni to‘kish darchasining eni 40 cm bo‘lganda to‘kish darchasining balandligi 20 cm dan 35 cm gacha o‘zgartirilib aniqlandi(10-rasm).
Yuqoridagi tajribalar natijalariga ko‘ra, maydalangan makkajo‘xori, beda va somon poyalarini talab darajasidagi to‘kish sifati to‘kish darchasining balandligi 30 cm bo‘lganda aniqlandi. Bunda tarqatiladigan massa miqdori kunlik bir martalik ratsion bo‘yicha 3 kg dan 5 kg gacha bo‘lgan miqdori makkajo‘xorida 4,35 kg/m, bedada 4,05 kg/m va somonda 3,55 kg/m ni tashkil etib, belgilangan talablar darajasida bo‘lishi aniqlandi.
Ammo to‘kish darchasining balandligi 35 cm bo‘lganda ozuqaning to‘kilishi me’yoridan ortib ketib ozuqaning isrofgarchiligi ortib ketadi. Shu sababli tarqatilayotgan ozuqaning isrofgarchiligi oshib ketmasligi uchun to‘kish darchasining balandligi 30 cm va eni 40 cm deb qabul qilish maqsadga muvofiq deb hisoblandi.
Ozuqa tarqatgich qurilma to‘kish novi qiyaligining ozuqani tarqatish sifatiga ta’sirini tajribaviy o‘rganish. Dag‘al ozuqalarni tarqatish qurilmasida ozuqalarning bir me’yorda tarqatilish sifati ko‘p jihatdan to‘kish novining qiyaligiga bog‘liq. Shu sabali to‘kish novining ozuqani tarqatish sifatiga ta’sirini tajribaviy o‘rganish uchun to‘kish novining qiyaligini 30O dan 45O gacha oraliqda o‘zgartirilib tajribalar o‘tkazildi(11-rasm).

1) makkajo‘xori 2) beda 3) somon
11-rasm. To‘kish novining qiyaligiga bog‘liq holda dag‘al ozuqalar
tarqatish miqdorining o‘zgarishi
Yuqoridagi diagrammadan ko‘rinadiki to‘kish novining qiyaligi 30O, 40O va 45O bo‘lganda ozuqaning o‘rtacha to‘kilish miqdori belgilangan talab darajasiga mos kelsada, lekin ozuqani bir xil me’yorda tarqatisha notekis tarqatishi aniqlandi.
Shu sababli to‘kish novining qiyaligi 35O bo‘lishi maqul deb qabul qilindi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling