To‘kish novining qiyaligi va uzunligini aniqlash. Ozuqa tarqatkich bunkerining to‘kish darchasidan chiqqan maydalangan dag‘al ozuqa to‘kish novi ustida o‘z og‘irlik kuchi ta’sirida harakatlanib, oxurga to‘kilishi uchun to‘kish novi ma’lum bir qiyalikga ega bo‘lishi kerak bo‘ladi.
To‘kish novining qiyaligi ni maydalangan dag‘al ozuqaning harakat tenglamasidan aniqlaymiz:
. (13)
Ushbu shartga ko‘ra, maydalangan dag‘al ozuqa to‘kish novi ustida erkin harakatlanib, yerga to‘kilishi uchun to‘kish novining qiyaligi ozuqaning novga ishqalanish burchagi dan katta bo‘lishi kerak.
Tajriba natijalariga ko‘ra maydalangan dag‘al ozuqalarning ishqalanish burchagi 29o ekanligini hisobga olsak, u holda ozuqa tarqatgich to‘kish novining qiyaligi bo‘lishi kerakligini bilib olamiz.
Yerga to‘kilgan dag‘al ozuqa uyumi vertikal va qurilma yo‘nalishiga perpendikulyar tekislikdagi kesimi uchburchak ko‘rinishida bo‘ladi. Bu uchburchak 6-rasmda ABC orqali belgilangan.
6-rasm. To‘kish novi va yerga to‘kilgan ozuqa uyumi sxemasi
To‘kish novining uzunligini quyidagi shart bilan aniqlaymiz:
. (14)
Agar ; ; ; ; bo‘lganda to‘kish novining uzunligi uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak: va .
Dissertatsiyaning «Tajribaviy tadqiqotlar» deb nomlangan to‘rtinchi bobida chorva mollari uchun dag‘al ozuqalarni bir tekisda sifatli tarqatishning murakkabligi ushbu jarayonni amalga oshiradigan tarqatgich qurilmani faqatgina nazariy tadqiqotlar natijalari bilan ishlab chiqish imkonini bermaydi. Jarayonning mohiyatini yanada yaxshiroq ochib berish va tarqatgichning ratsional parametrlarini aniqlash uchun keng qamrovli tajribaviy tadqiqot natijalari keltirilgan.
Ozuqa tarqatgich qurilmaning ozuqa tarqatish rotori aylanishlari va kurakchalari sonining ozuqani tarqatish sifatiga ta’sirini tajribaviy o‘rganish. Ozuqa tarqatgich qurilmada dastlab maydalangan makkajo‘xori, so‘ngra esa beda va somon tarqatildi.
Tajribalar rotorning soni oshgani sari tarqatiladigan ozuqalarning miqdori ham ortib borishi aylanishlar kuzatildi(7-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |