1-rasm. Dag‘al ozuqalarni tarqatish qurilmasini sxemasi
Dag‘al ozuqalarni tarqatishda ularning kerakli miqdorda to‘kilishi ozuqa tarqatkich kurakchalarining ish unumi, ularning aylanish tezligi va ozuqa tarqatkich harakat tezligining nisbati bilan tartibga solinadi.
Ozuqa tarqatkich bunkeridagi ozuqalarning kurakchalar ta’sirida harakatini tadqiq etish. Ozuqa tarqatkich bunkeridan ozuqaning ma’lum bir qismini kurakcha qamrab olib, old qismi bilan surib boshlaydi. Kurakcha aylanma harakatda ma’lum bir tezlikga ega bo‘lganligi sababli qamrab olingan ozuqa markazdan qochma kuch ta’sirida kurakcha bo‘ylab, uning uchi tomon siljiy boshlaydi. Bunda kurakcha bo‘ylab siljiyotgan ozuqaga markazdan qochma kuch , og‘irlik kuchi , ozuqa qatlamining qarshilik kuchi , Koriolis kuchi , normal reaksiya kuchi va ishqalanish kuchi ta’sir etadi (2-rasm).
Nazariy mexanika qonun-qoidalari asosida ushbu kuchlarni quyidagicha ifodalash mumkin: ; ; ; ; ; (bunda ; – kurakchalarning burchak tezligi, rad/s; – kurakchalar o‘rnatilgan valning radiusi, m; - kurakchaning uzunligi, m; – ozuqaning to‘planish koeffitsienti, 1/s; – ishqalanish koeffitsienti; – ozuqaning kurakcha bo‘ylab surilish tezligi, m/s) (2-rasm).
Mazkur kuchlar ta’sirida ozuqa bo‘lagining kurakcha bo‘ylab uning uchi tomon siljishining harakat differensial tenglamasini tuzamiz:
(1)
bunda va – tavsifli tenglamaning ildizlari;
C1 va S2 – integral doimiylari;
– harakat vaqti, s.
2-rasm. Ozuqa tarqatkich bunkerida kurakcha bilan surib borilayotgan ozuqa bo‘lagiga ta’sir etuvchi kuchlar sxemasi
Biz tarqatilayotgan ozuqa bir qismining vaqt bo‘yicha kurakcha tomonidan surib borilishining o‘zgarishini ifodalovchi tenglamani keltirib chiqardik. Ushbu tenglama yordamida ozuqa bo‘lagining kurakchalar ta’siridagi harakat tezligini aniqlash mumkin.
Bunda harakat tezligi quyidagi tenglama orqali aniqlanadi:
(2)
(1) va (2) ifodalardan vaqtni chiqarib tashlaymiz:
(3)
(4)
(4) ifodadan kurakcha old yuzasi bo‘ylab siljib borayotgan ozuqa bo‘lagining harakat tezligini aniqlashda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |