Тошкент ирригация ва қишлоқ ХЎжалигини механизациялаш муҳандислари институти


Download 0.66 Mb.
bet7/34
Sana18.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1576160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34
Bog'liq
Автореферат Худайназаров LOTIN 16 05 2023 2444sev

Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
chorva mollariga ozuqalarni bir me’yorda tarqatadigan kichik hajmli energiya-resurstejamkor ozuqa tarqatish qurilmasi ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan ozuqa tarqatkich kichik chorvachilik xo‘jaliklarida qo‘llanilganda dag‘al ozuqalarni kam sarf xarajatlar ozuqalarni mexanizatsiyalashgan usulda tarqatish hisobiga mehnat sarfi va foydalanishdagi xarajatlarni kamayishi aniqlangan.
Tadqiqot natijalarini ishonchliligi. Izlanishlarning zamonaviy va samarali uslub vositalaridan foydalangan holda o‘tkazilganligi, qurilmaning parametrlari va ish rejimlarini nazariy jihatdan asoslash, nazariy va amaliy tadqiqotlar natijalarining o‘zaro adekvatligi, ishlab chiqilgan qurilma sinovlarining ijobiy natijalari va amaliyotga joriy etilganligi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati dag‘al ozuqlarni tarqatish qurilmasi hamda ozuqa tarqatkich ish sifat ko‘rsatkichlarining ishchi qismlar parametrlari va ish rejimlariga bog‘liqligini ifodalovchi mexanik-matematik modellar, analitik va empirik bog‘lanishlar ishlab chiqilganligi va ulardan shunga o‘xshash boshqa turdagi qurilmalarni ishlab chiqishda foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati kichik chorvachilik xo‘jaliklari uchun moslab ishlab chiqilgan dag‘al ozuqalarni tarqatkich ozuqa tarqatish jarayonlarini kam material, energiya va mehnat sarfi bilan bajarishi hisobiga foydalanishdagi sarf-xarajatlar hamda mehnat sarfini kamayishiga erishilganligi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik chorvachilik xo‘jaliklari uchun ozuqalarni tarqatish texnika vositalarining ilmiy-texnik yechimlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
oilaviy chorvachilik xo‘jaliklari uchun ozuqa tarqatkichga dastlabki talablar va texnik topshiriq ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 10 oktabr №07/24-04/7310-son ma’lumotnomasi). Natijada kichik xo‘jaliklar uchun energiya-resurstejamkor ozuqa tarqatkich qurilmasini yaratishga erishilgan.
kichik hajmli ozuqa tarqatish qurilmasi Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani hamda Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 10 oktabr №07/24-04/7310-son ma’lumotnomasi). Natijada kichik chorvachilik xo‘jaliklarida ozuqa tarqatish jarayonini mexanizatsiyalash hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar 1,7 martagacha kamayishiga erishilgan;
dag‘al ozuqalarni tarqatish qurilmalarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari «BMKB-Agromash» AJda ishlab chiqarish jarayoniga joriy etilgan («BMKB-Agromash» AJning 2022 yil 1 avgust №01/178-son ma’lumotnomasi). Natijada kichik chorvachilik xo‘jaliklari uchun ozuqa tarqatishda qo‘llaniladigan yuqori samarali qurilmasini ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling