Тошкент ирригация ва қишлоқ ХЎжалигини механизациялаш муҳандислари институти


Download 0.66 Mb.
bet4/34
Sana18.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1576160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
Автореферат Худайназаров LOTIN 16 05 2023 2444sev

D.Sh. Chuyanov
Ilmiy daraja beruvchi ilmiy
kengash ilmiy kotibi, t.f.d., dotsent
Z.L. Batirov
Ilmiy daraja beruvchi ilmiy
kengash qoshidagi ilmiy seminar
raisi,t.f.d., dotsent


KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi)
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.
Ma’lumki, chorvachilik O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i hisoblanadi. Shu sababli Davlatimiz tomonidan chorvachilikni rivojlantirishga juda katta ahamiyat qaratilmoqda. “2017—2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” ning qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishga ham alohida urg‘u berilgan bo‘lib, uni amalga oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlarda chorvachilikni yanada rivojlantirish uchun mustahkam ozuqa bazasini yaratish, ozuqa ishlab chiqarishni ko‘paytirish va sifatli ozuqa bilan ta’minlash hisobiga yaqin vaqt ichida go‘sht ishlab chiqarishni 105,6 % ga, sut ishlab chiqarishni esa 108,1 % ga oshirish rejalashtirilgan.
Bugungi kunda O‘zbekistonda chorvachilik asosan shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida rivojlangan bo‘lib, ularda respublikamizdagi jami 13 mln. 154,3 ming bosh qoramollarning 12 mln. 169,2 ming boshi yoki 92,5 foizi, jami qo‘y va echkilarning 18 mln. 91,3 ming boshi yoki qariyb 80,5 foizi dehqon yoki shaxsiy uy xo‘jaliklarida boqilmoqda. Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklaridagi chorvachilik tarmog‘i chorva mollari bosh sonining kamligi va sarf xarajatlarning kam bo‘lishiga qaramasdan mahsuldorlikning yuqoriligi bilan ajralib turadi. Ammo mazkur xo‘jaliklarda asosiy muammolardan biri ularning talab va ehtiyojlariga mos texnika vositalari, jumladan, ozuqa tayyorlash qurilmalarining yo‘qligi sababli ishlab chiqarishning primitivligi va qo‘l mehnatining yuqoriligi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi1 Farmoni va 2017 yil 7 iyuldagi PQ–3117-son «Qishloq xo‘jaligida mashinasozlik sohasi ilmiy–texnikaviy bazasini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida», 2019 yil 18 martdagi PQ-4243-sonli «Chorvachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» va 2020 yil 29 yanvardagi PQ-4576-sonli «Chorvachilik tarmog‘ini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.
Bu xo‘jaliklarda chorva mollari asosan makkajo‘xori, beda va tabiiy o‘tlar (yontoq va x.k.) pichan va somon kabi dag‘al ozuqalar bilan boqiladi. Bunda dag‘al ozuqalarni maydalab, ularni omuxta yem bilan aralashtirib chorva mollarini boqish ularning mahsuldorligini ortishiga va yaxshi o‘sib rivojlanishiga olib keladi. So‘nggi paytlarda dag‘al ozuqalar asosan presslangan holda yig‘ilmoqda va ularni maydalash va tarqatish kichik oilaviy xo‘jaliklarda qo‘l kuchi bilan amalga oshirilmoqda.
Natijada ozuqaning 25-30 % ga yaqini chiqitga (nushxo‘rtga) chiqib ketib, nobudgarchiligi katta, ulardan foydalanish samarasi esa past bo‘lmoqda hamda ishning cho‘zilib ketishi va mehnat sarfining ortib ketishiga olib kelmoqda.
Shu paytgacha mavjud bo‘lgan RMM-F-6, SRK-11V, KTU-10A, ISRK-12 va boshqa tarqatgichlar yirik chorvachilik xo‘jaliklar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularning metall va energiya sig‘imi nihoyatda katta bo‘lganligi va narxi yuqoriligi sababli bugungi kunda chorva moli soni kam bo‘lgan oilaviy chorvachilik xo‘jaliklarda foydalanilganda samara bermaydi. Bu holat esa o‘z navbatida muammoga e’tibor qaratgan holda, ish unumi va energiya sarfi bo‘yicha oilaviy chorvachilik xo‘jaliklarini to‘la qanoatlantiradigan, ish sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha esa mavjud katta o‘lchamli mashinalardan qolishmaydigan, maydalangan dag‘al ozuqalarni sifatli tarqatib beradigan tarqatish qurilmasini ishlab chiqishni talab etadi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling