Тошкент ирригация ва қишлоқ ХЎжалигини механизациялаш муҳандислари институти


Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi


Download 0.66 Mb.
bet8/34
Sana18.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1576160
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34
Bog'liq
Автореферат Худайназаров LOTIN 16 05 2023 2444sev

Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Tadqiqot natijalari 6 ta xalqaro va 2 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida muhokamadan o‘tkazilgan.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 12 ta ilmiy ish chop etilgan, shulardan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya komissiyasining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarni chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 3 ta maqola, jumladan, 2 tasi respublika va 1 tasi xorijiy jurnallarda e’lon qilingan hamda O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligiga ixtiroga patent olish uchun 1 ta talabnoma jo‘natilgan.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya tarkibi kirish, beshta bob, umumiy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat. Dissertatsiyaning hajmi 115 betni tashkil etgan.
Dissertatsiyaning asosiy mazmuni
Kirish qismida o‘tkazilgan tadqiqotlarning dolzarbligi va zarurati asoslangan, tadqiqot maqsadi va vazifalari, ob’ekti va predmetlari tavsiflangan, mavzuning respublika fan va texnologiyalari taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi ko‘rsatilgan, tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon etilgan, olingan natijalarning nazariy va amaliy ahamiyati yoritilgan, tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilganligi, ishning aprobatsiya natijalari, e’lon qilingan ishlar va dissertatsiyaning tuzilishi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.
Dissertatsiyaning “Masalanning holati, tadqiqot maqsadi va vazifalari” deb nomlangan birinchi bobida jahonda va mamlakatimizda chorva mollari va ularni boqishining bugungi holati, chorva mollariga oziqalarni, jumladan, maydalangan oziqalarni tarqatib berishda qo‘llaniladigan tarqatigichlar tahlili keltirilgan, ozuqalarni tarqatish va ularni amalga oshirishda qo‘llaniladigan qurilmalarni ishlab chiqish bo‘yicha ilgari olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari tahlil etilgan, tadqiqotning maqsad va vazifalari asoslangan.
Dissertatsiyaning Kichik chorvachilik xo‘jaliklarda chorva mollarini boqishda ishlatiladigan ozuqa turlari va ularning fizik-mexanik xossalari deb nomlangan ikkinchi bobida chorva mollarini boqishda ishlatiladigan ozuqa turlari, dag‘al ozuqalarning o‘lcham-massa ko‘rsatkichlari, hajmiy massasi, sochiluvchanligi, ishqalanish xossalarini aniqlashga doir tadqiqot natijalari hamda ozuqalarni tarqatishga qo‘yiladigan zootexnik talablar keltirilgan.
Maydalangan somonning massasi tahlil etilganida, umumiy massasi 1000,0 g yoki 100 foiz deb qabul qilingan somonning 129,9 g yoki 12,9 foizini 30 mm gacha bo‘lgan fraksiyalar, 820 g yoki 82,0 foizini 30-50 mm gacha bo‘lgan fraksiyalar, 50,1 g yoki 5,01 foizini 50 mm dan katta bo‘lgan fraksiyalar tashkil etishi, maydalangan bedaning 149,2 g yoki 14,92 foizini 30 mm gacha bo‘lgan fraksiyalar, 810,9 g yoki 81,09 foizini 30-50 mm gacha bo‘lgan fraksiyalar, 39,9 g yoki 3,99 foizini 50 mm dan katta bo‘lgan fraksiyalar tashkil etishi, maydalangan makkajo‘xorining 145,6 g yoki 14,56 foizini 30 mm gacha bo‘lgan fraksiyalar, 809 g yoki 80,9 foizini 30-50 mm gacha bo‘lgan fraksiyalar, 45,4 g yoki 4,54 foizini 50 mm dan katta bo‘lgan fraksiyalar tashkil etishi aniqlandi.
Tajriba natijalariga ko‘ra dag‘al ozuqalarning hajmiy massasi ya’ni maydalangan somonning o‘rtacha qiymati 64,7 kg, o‘rtacha kvadratik chetlanishi 4,35, variatsiya koeffitsenti 6,72 % ni, maydalangan bedaning o‘rtacha qiymati 114,5 kg, o‘rtacha kvadiratik chetlanishi 5,13, variatsiya koeffitsenti 4,48 % ni va maydalangan makkajo‘xorining o‘rtacha qiymati 125,3 kg, o‘rtacha kvadratik chetlanishi 3,68, variatsiya koeffitsenti 2,94 % ni tashkil qiladi.
Maydalangan somonning o‘rtacha uyumlanish burchagi 29O, uning o‘rtacha kvadratik chetlanishi 3O, variatsiya koeffitsenti 10,53 % ni, maydalangan bedaning o‘rtacha uyumlanish burchagi 32O, o‘rtacha kvadratik chetlanishi 2O, variatsiya koeffitsenti 8,84 % ni va maydalangan makkajo‘xorining o‘rtacha uyumlanish burchagi 34O, o‘rtacha kvadratik chetlanishi 4O, variatsiya koeffitsenti 11,67 % ni tashkil qiladi. Ishqalanish burchagi esa somonda o‘rtacha 34O ni, maydalangan bedalarda 31O ni va maydalangan makkajo‘xorilarda 31O ni tashkil etishi ma’lum bo‘ldi.
Dissertatsiyaning «Ozuqa tarqatish qurilmasining parametrlari va ish rejimlarini nazariy tadqiq qilish» deb nomlangan uchinchi bobida dastlab ixcham variantdagi yengil konstruksiyaga ega dag‘al ozuqalarni tarqatish qurilmasi konstruksiyasi va texnologik sxemasi ishlab chiqilgan (1-rasm).
Dag‘al ozuqalarni tarqatish qurilmasining ish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi.
Ozuqalar bunker 1 ga yuklanadi va tutqich 2 dan ushlab, g‘ildiraklar 4 lar orqali ozuqa tarqatgich harakatlantirilib ozuqa tarqatish joyiga olib boriladi hamda ishga tushirish tugmasi 3 orqali elektrodvigatel 5 ishga tushiriladi. Bir vaqtning o‘zida harakat elektrodvigatel 5 dan tasmali uzatma 6 orqali chervyakli reduktor 7 ga uzatiladi. O‘z navbatida chervyakli reduktor 7 aylanishlar sonini bir necha marotaba kamaytirib harakatni rotor 8 ga uzatadi. Rotor 8 ning valiga kurakchalar 9 o‘rnatilgan bo‘lib, bir vaqtda rotor 8 ning vali bilan kurakchalar 9 birga aylanadi. Kurakchalar 9 aylanishi natijasida ozuqalar bunker 1 ning markazidan kurakchalarning uchki qiya qismi 10 ga tomon harakatlanishni boshlaydi. Shu bilan birga ozuqalar kurakchalar 9 bo‘ylab kurakchalarning qiya uchi 10 ga tomon jadallik bilan siljib to‘kish darchasi 11 dan chiqa boshlaydi. To‘kish darchasi 11 dan chiqqan ozuqalar to‘kish novi 12 orqali oxurga kelib tushadi. Kurakchalar 9 ning uchi 10 ning qiya joylashuvi bir vaqtning o‘zida kurakchalarning ozuqani surishini va tashqariga chiqarishini yaxshilaydi.

1-bunker; 2-tutqich; 3-ishga tushirish tugmasi; 4-g‘ildiraklar; 5-elektr dvigatel; 6-tasmali uzatma; 7-chervyakli reduktor; 8-rotor; 9-kurakcha; 10-kurakchaning uchki qiya qismi; 11 va 12 - to‘kish darchasi va novi; 13-oxur.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling