TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI
36
ko`p sohalarda ortga ketiSh bilan tarixda ma`lumdir.
SiYosiy haYot mayda mustaqil davlatlar vujudga keliShi bilan xarakterlansa-da, bu omilning o`zi madaniy
yuksaliSh uchun yetarli emas ekanligini namoYon etdi.
Iqtisodiy haYotda ham o`zaro uruSh-nizolardan hunarmandchilik, dehqonchilik savdo-sotiq iShlariga katta
zarar keltirdi, taShqi savdo aloqalari susaydi.
Albatta, bu ulkan hudud maydonlarida qadim zamonlardan buYon rivojlanib kelgan binokorlik,
me`morchilik, kitobat, badiiy ijod sohalari, zargarlik, kulolchilik, tikuvchilik, qozonchilik, pichoqchilik,
temirchilik kabi xalq amaliy san`ati turlari davom etdi. O`zaro uruShlar, qirg`inlar davrida ham xalq
san`ati o`lmadi, nodir mo`jizalar yaratiliShi tufayli jon saqladi.
Madaniy haYotda an`anaviy islom, aqidaparastlikning ta`siri kuchaydi, maorif, ma`rifat sohasida ham
asosan diniy ta`limotlar ustunlikni egallay boShladi, oldingi ma`naviy yutuqlarning ta`siri kamaydi, diniy
ilmlar yetakchi o`ringa chiqdi. Lekin, Shunga qaramay, madaniy haYotda qator ijobiy o`zgariShlar yuz
berganini ham ko`ramiz. Xususan, adabiYot, tarixiy ilmlar, san`atning ayrim turlari sohasida yirik adib,
Shaxslar yetiShib chiqdi. Tasavvuf ham o`zining oldingi ahamiyatini o`zgartirib, ijtimoiy rolini Yo`qota
bordi. O`zbek tilining mavqei kuchayib, undan adabiYotda borgan sari keng foydalanila boShlandi. XIX
asrning birinchi yarmida har uch xonlikda madaniyat, adabiYot va tarixnavislikda muhim jonlaniSh
vujudga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |