Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti
Download 78.32 Kb.
|
Insonning fiziologik va psixologik tavsiflarining xavfsizlikni ta’minlashdagi ahamiyati.
Eng qadimiy diniy ta’limot tangrichilik, zardo’shtiylik g‘oyalari hamon xalqimiz qalbida yashamokda. Barcha mutafakkirlarimizning ijodida axloqiy qadriyatlarni rivojlantirish muhim o’rin egallab kelgan. Islom dinining ma’naviy-axloqiy jihatlari ham markaziy osiyolik olimlar tomonidan takomiliga etkazilgan. Abu Lays Samarqandiyning axloqiy o’gitlari, Imom al-Motrudiyning iroda erkinligiga asoslangan Kalom ta’limoti, Imom Buxoriyning va at-Termiziyning hadislari, Burhoniddin Marg‘inoniyning «Hidoya»si, tasavvuf namoyandalari Ahmad Yassaviy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband va boshqalarning ta’limotlari tom ma’noda islom falsafasining mag‘zini tashkil etadi.Milliy ma’naviyatimiz ham mazmunan, ham shaklan boydir. Ammo uni kamsitishga, qadr-qimmatini erga urishga intilishlar mavjud. Bunday xatti-harakatlar ichki va tashqi ma’naviy tahdidlar shaklida namoyon bo’lmokda. Ichki tahdidlarni takabburlik (manmanlik), noprofessionallik, ta’lim-tarbiyaga yuzaki yondashish, tarixiy qadriyatlarga e’tiborsizlik va milliy nigilizm tashkil etadi. Tashqi tahdidlar esa yo’naltirilgan mafkuraviy xurujlar tarzida bo’lib, turli shakl va ko’rinishlarda namoyon bo’ladi.Mafkuraviy muxoliflarimiz mahalliy xalqning diniy e’tiqodini va tilini kamsitish asosida ularni G‘arbga yoki Sharqqa tobe qilishga urinishadi. Shu asosda bu xalqlar va dinlar orasiga nifoqsoluvchi, ularning tarixini ataylab buzib ko’rsatuvchi adabiyotlar nashr etilmokda. Masalan, tojikistonlik Rahim Masov tojik va o’zbek xalqlarining manfaatlarini bir-biriga qarama-qarshi qo`yuvchi maqola va kitoblar yozgan. Markaziy Osiyo xalqlarini turkiylar va forsiylarga ajratib, ular orasiga nifoq solib, har ikkala tomon ustidan hukmronlik qilishga da’vat etuvchi rejani rossiyalik politolog Aleksandr Dugin o’zining «Geopolitika asoslari» («Osnovi geopolitiki») nomli asarida ro`y-rost ilgari suradi. Bunday xatti-harakatlar O’rta Osiyo respublikalari orasida vujudga kelgan suv mojarasida ham yaqqol sezilmoqda. Bu haqda O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov 2009 yil 28 aprel kuni Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida bo’lib o’tgan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlarining kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuvida so’zlagan nutqida «Bu borada «bo’lib tashla va hukmronlik qil!» degan prinsip - eskidan ma’lum bo’lgan savdo amalga oshgudek bo’lsa, biz kimlarningdir qo’lida arzimas tangaga aylanib qolishimiz mumkin», - deb juda to’g‘ri ta’kidladi. Shuningdek, xalqimizning tarixiy xotirasini buzishga intilish diniy qadriyatlarini oyoqosti qilish, ma’naviy merosini qadrsizlantirishga intilishlar ham ma’naviy taxdidlar jumlasiga kiradi. 2005 yili «Bi-Bi-Si» teleradiokompaniyasi islom tarixiga oid «Islom - e’tiqod saltanati» deb nomlangan hujjatli film yaratdi. Unda islom dini va falsafasi ravnaqiga beqiyos hissa qo’shgan va bizning yurtimizdan chiqqan olimu fuzalolar haqida lom-mim deyilmagan.Download 78.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling