Toshkent kimyo-texnologiya instituti «vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi» fakulteti «biotexnologiya» kafedrasi


Download 4.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/36
Sana06.11.2023
Hajmi4.48 Mb.
#1749917
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36
Bog'liq
Biologiya ma\'ruza 2022

Alkogolli ichimliklar 
Xilma-xil ichimliklar tayyorlashda biotexnologik usullardan foydalanish tobora oshib bormoqda. 
Alkogolli ichimliklar o‘zlarini belgilariga, ko‘rsatgichlariga qarab har xil guruhlarga bo‘linishlari mumkin. 
SHunday bo‘lsada, ularni texnologik parametrlariga qarab, fermentlangan va fermentlanmagan guruhlarga 
bo‘lish maqsadga muvofiq bo‘lur edi. Ichimlik tarkibidagi alkogolni miqdoriga qarab esa – konsentrlangan, 
distillirlangan va konsentrlanmagan guruhlarga bo‘lish mumkin. Fermentatsiya jarayoni (bijg‘ish) nafaqat 
spirt xosil bo‘lishni o‘z ichiga oladi. Bu jarayonda achitqi zamburug‘larni metabolik imkoniyatlaridan kelib 
chiqqan holda achiyotgan muhitda qator birikmalarni ketma-ket o‘zgarib turushlarini kuzatish mumkin. 
Zamonaviy biotexnologik usullar orqali (ularni yordamida) mana shu bijg‘ish jarayonida ishtirok 
etayatgorganizmni metabolik imkoniyatlarini yanada kengaytirish imkoniyatlari yaratiladi. Bu esa alkogolli 
ichimliklar tayyorlashda biotexnologiyani rolini aniqlab beradi. 
Ko‘pchilik alkogolli ichimliklar bashoqli o‘simliklarni urug‘ini yoki boshqa kraxmalsaqlovchi 
mahsulotlarni qayta ishlash orqali tayyorlanadi. Rossiya, Gollandiya, Olmoniya, Polsha, Skandinaviya 
mamlakatlari va boshqa ko‘pgina mamlakatlarda pivo va boshqa baquvvat ichimliklarni bashoqlardan 
tayyorlash ananaga aylangan. Evropani janubiy mamlakatlari: - Ispaniya, Italiya, Fransiya, Gretsiya, 
YUgoslaviya, Gruziya – bunday ichimliklarni asosan uzumdan tayyorlashadi. Har xil quvvatga ega bo‘lgan 
ichimliklarni har xil mevalar (olma, olxori, tut mevasi, shaftoli, tropik va subtropik o‘simlikrlarni mevalari) 
va asaldan tayyorlash ham ananaga aylanib bormoqda. 
Alkogolli ichimliklarni odatdan tashqari ko‘p xilda chiqarilishini bir necha sabablari bor. Bunday 
sabablardan asosiysi – ichimlik chiqarayotgan mamlakatni iqlim sharoiti bilan bog‘liq desa bo‘ladi. Osiyo 
mamlakatlarida alkogolli ichimliklar tayyorlash bo‘yicha katta tajribalar yo‘q. Odatda, qadimda sharof 
tayyorlangan (Bu ham iqlim bilan bog‘liq bo‘lsa ajab emas). Hozirda ishlab chiqariladigan ichimliklar 
tashqaridan keltirilgan texnologiyalar asosida tayyorlanadi, shuning uchun bo‘lsa kerak sifati bo‘yicha 
boshqa mamlakatlarda chiqariladiganlaridan ancha farq qiladi.
Alkogolli ichimliklarni ishlab chiqarish va sotish, o‘rta asrlardanoq mustahkam biznesga aylangan. 
Mana shuning uchun ham bunday ichimliklarni (vino, konyak, viski, vodka va x.k.) tayyorlash 
jarayonlariga biror-bir yangilik kiritish katta qarshiliklarga uchraydi. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, 
“qo‘l bola” ichimliklar tayyorlash muammosi butun dunyoda keng tarqalgandir. Afsuski, alkogolli 
ichimliklar tayyorlashda yagona halqaro nazorat tizimini tashkil qilish imkoniyati yaratilganicha yo‘q. 
Alkogolli ichimliklar tayyorlash uchun o‘simlik substratlaridan – mono-, di-, oligosaxaridlar va 
polisaxaridlardan (kraxmal, sellyuloza, ba’zida gemitsellyuloza) foydalaniladi. 
Polisaxaridlarni oldindan parchalashga (gidroliz) to‘g‘ri keladi. Bu jarayon esa, tegishli fermentlar 
yordamida (kraxmal – amilazalar; sellyuloza va gemitsellyuloza esa sellyulolitik fermentlar), kamdan kam 
hollarda konsentrlangan noorganik kislotalar (sulfat yoki xlorid kislotalari) ishtirokida amalga oshiriladi. 
Polimerlarni kislotalar yordamida parchalash odatda texnik maqsadlar uchun ishlatiladi. 
Sellyuloza – va gemitsellyuloza saqlovchi mahsulotlar ozuqa spirti tayyorlash uchun odatda yaroqsiz 
hisoblanadi va shuning uchun ham ular faqatgina texnik maqsadlar uchun spirt olishga ishlatiladi. 
Substratlarga tegishli ishlov berilgandan keyin (polisaxaridlar parchalangandan so‘ng), shakar 
eritmasiga achitqi zamburug‘i solinadi. Odatda bu maqsadda saxaromitsetlar (Sacharomyces sp.) 
ishlatiladi. 
Kamdan-kam hollarda bakteriyalardan – Zymomonas mobilis dan foydalaniladi. Bunday usul 
ko‘proq Markaziy Amerika mamlakatlarida ko‘proq ishlatiladi.
Saxaromitsetlar har xil monosaxaridlarni – glyukoza, fruktoza, galaktoza; va disaxaridlarni – 
saxaroza, maltozani etil spirtigacha bijg‘itib beradilar. 
Saxaromitsetlarni boshqa avlodga mansub bo‘lgan achitqi zamburug‘lariga nisbatan etil spirtiga 
chidamli ekanligi aniqlangan. Bijg‘ish jarayoni tugaganda aralashmada 14-16% gacha etil spirti to‘planadi. 
Bijg‘ib turgan muhitda etil spirtini bu miqdori achitqi zamburug‘ini o‘sishini to‘xtatadi, bu vaqtga kelib 
muhitni nordonligi ko‘tarilib boradi. Bunga sabab, saxaromitsetlar tomonidan sintez bo‘ladigan organik 


kislotalarni miqdorini oshishidir. Bijg‘ish jarayonida hosil bo‘lgan spirt eritmasini biologik xususiyati, 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri suyultirilgan spirt eritmasidan mana shu bilan farq qiladi. 
Texnologik siklni keyingi bosqichi – bu distillyasiyadir. Bu jarayon va unda ishlatiladigan asbob 
uskunalar ilmiy va texnikaviy adabiyotlarda keng yoritilgan. Distillyasiya – bu etil spirtni konsentratsiya 
qilish va uni toza fraksiyasini ajratishdir. Mana shu bosqich keng ma’noda alkogolli ichimliklarni sifatini 
belgilab beradi. 
Ba’zi bir hollarda tayyor mahsulotni organoleptik sifatlarini tuzatish maqsadida, etil spirtni o‘ziga 
xos hid va xushbo‘ylik beradigan moddalarda tindirib ham qo‘yiladi.
Odatda quvvatli ichimliklarda etil spirtini miqdori 20-50% orasida bo‘ladi. quvvatga soladigan 
ichimliklar va likerlar tayyorlanganida har xil o‘simliklarni gullaridan, barglaridan va mevalardan ajratib 
olingan xushbo‘y moddalardan foydalaniladi. Bu maqsadda sintetik moddalardan ham foydalanish yo‘lga 
qo‘yilgan. Quyida keltirilgan 2-jadvalda har xil fermentatsiya qilingan ichimliklar keltirilgan 3-jadvalda 
esa keng tarqalgan va milliy fermentlangan va distillangan (yoki etil spirti bo‘yicha konsentrlangan) 
ichimliklar keltirilgan. 
2-jadval.
Fermentlangan, distillanmagan alkogolli va alkogolsiz ichimliklar 
Substrat 
Ichimlik 
Ishlab chiqaradigan mamlakatlar 
Boshoqlilar, arpa (kraxmal) 
Pivo 
El 
Markaziy Evropa 
Belgiya, Germaniya, Kanada 
Arpa, sholi, javdar, shakar 
lavlagi 
Kvas 
Rossiya, Ukraina, Germaniya 
Proso 
Bouza 
Tumba 
Ukraina 
Indiya 
SHoli, mevalar, uzum, 
chiqindilari (grapagacha) 
Vodka 
Sake 
Sont 
YAqin sharq, Xindiston, Rossiya, Italiya, Gruziya 
YAponiya. 
Xindiston. 
SHoli 
Gang-chu 
Xitoy 
Uzum 
Vino 
YAqin sharq. Evropa, Xitoy, Avstraliya, Janubiy 
Amerika, AqSH, Markaziy Osiyo. 
Olma 
Sidr 
Buyukbritaniya, Fransiya. 
Asal 
Buyukbritaniya, Rossiya. 
3-jadval. 
Fermentlangan, quvvatli ichimliklar 
Substrat 
Mahsulot 
Substrat 
Mahsulot 




Melassa 
Rom 
Kartoshka, bugdoy, roj 
Vodka 
Agava 
Tekila 
Olhori 
Slivovitsa 
Arpa, kartoshka 
Akvatit 
Olcha 
Kirgi 
SHoli 
Xitoy brendisi 
Uzum 
Konyak (brindi) 
Nok 
Nok brindisi 
Arpa 
Viski 
Makkajo‘xori roj 
Burbon, viski 
2-ilova
Mavzu bo‘yicha nazorat savollari.
1. Ozuqa oqsillari xaqida nimalarni bilasiz?
2. Ozuqa moddalarni sanab bering?


3. Ozuqa moddalarni qaysi abektdan olinadi
4 Ozuqa fermentlarni xalq xo’jaligidagi ahamiyati? 
5. Ozuqa moddalaridan qanday oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqariladi?
3-ilova
Mavzu bo‘yicha foydalanilgan adabiyotlar.
1. Mirxamidova R., Vaxobov A.X., Davronov Q., Tursunboeva G.S. Mikrobiologiya va 
biotexnologiya asoslari. Darslik.Ilm ziyo.Toshkent-2014. 336 b. 
2. С.И.Колесников. Обшая биология. Учебного пособия. Москва. 2020 г. Стр 287.
3. Н.В.Чебишев. Биология. Учебник для студентов высших учебник заведений. 2016 г. Стр. 
640. 

Download 4.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling