Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali nmkt 105-21-guruh talabasi Nabiyev Diyorbekning Asosiy texnologik jarayonlar va qurilmalar fanidan tayyorlagan taqdimoti
Download 0.84 Mb.
|
(Gulnoza) turba ichida turba
Ko‘p yo‘lli isitkichlarda trubalarni sektsiyalarga bulish uchun yoki muhitning harakat yo‘lining soni gaqarab, isitkichning kopkogi bilan trubat o‘rining orasiga ko‘ndalang to‘siqlar o‘rnatiladi. Bunda xar bir sektsiyadagi trubalarning soni bir xil bulishi kerak. Ko‘p yo‘lli isitkichlarda bir yo‘nalishli isitkichlarga nisbatan muhitlarning tezligi yo‘llarning soniga qarab proportsional o‘zgaradi.
Kojux-trubali isitkichlarda qobiq bilan trubalar orasidagi temperaturalarning farqiga qarab truba va qobiqning uzayishi xar xil bo‘ladi. SHuning uchun kojux-trubali isitkichlar konstruktsiyasiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: 1) ko‘zg‘almas to‘rli isitkichlar; 2)kompensatsiyalovchi qurilmali isitkichlar (bunday apparatlarda trubalarning turli darajada uzayishiga imkon bor).
Linzali kompensator isitkichlar trubalar va apparat devori o‘rtasidagi bosim 6105 N/m2 gacha bulganda ishlatiladi. Trubali to‘rli harakatlanuvchi isitkichlar temperaturalar farqi katta bulganda ishlatiladi. Bu isitkichda pastdagi truba to‘ri harakatchan bo‘lib, bunda trubalar to‘plami apparatning kobigida temperatura ta’sirida uzayganda xam bemalol harakat qiladi. Trubalarning uzayishini yukotuvchi kompensatsiyali isitkichlarning konstruktsiyasi murakkabdir. U– simon kojux-trubali isitkichlarda issiqlik ta’sirida trubalarning uzayishidagi kompensatsiyani truba qurilmalarining o‘zi bajaradi. SHuning uchun ularning konstruktsiyasi sodda bo‘lib, trubalar tuplami bitta ko‘zg‘almas to‘rga urnatiladi. Bu isitkichlarda trubalarning ichki yuzasini tozalash qiyin va trubalarni to‘rga joylashtirish juda murakkabdir. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling